O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi toshkent moliya instituti mustaqil ish


Download 0.91 Mb.
Sana07.12.2020
Hajmi0.91 Mb.
#162162
Bog'liq
12 yil


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MUSTAQIL ISH

Sirtqi SBA 60-guruh talabasi

Zuparova Dildora

Mavzu: Film Solomon Nortapning “12 yil qullikda” hujjatli kitobi uchun esse

Solomon Nortap (1807–1863 yillar) – Amerikaning shimolidagi Saratoga-Springs shahrida yashagan qora tanli, savodli erkin fuqaro (o‘sha paytlari mamlakat janubida qullik tizimi hali saqlanib turardi), skripkachi, fermer. U 1828 yili uylanadi, tez orada farzand ko‘radi.

Nortap o‘zining erkin fuqaro ekanligini aytishga urinadi, biroq buning evaziga shafqatsiz kaltaklanishlarga, xo‘rlanishlarga duchor bo‘ladi. Xullas, bir yumalab haq-huquqsiz qulga aylanib qolgan Solomon 12 yil bu azob-uqubatni boshidan kechiradi, bir necha marotaba qochishga urinadi, ammo har gal qo‘lga tushib, ayovsiz jazolarga giriftor etiladi.

Uning 1 o’g’k va 1 qizi bo’ladi.1841 yili ikkita quljallob uni ish berish bahonasida Vashingtonga taklif qiladi va uchrashuv chog‘ida narkotik moddalar berib, hushdan ketkazib qo‘yishadi. So‘ng Solomon shu holida Yangi Orleanga olib kelinadi-da, Luizianadagi plantatsiyalardan birining egasiga yangi ism bilan qul qilib sotib yuboriladi.

Nihoyat oilasi, do‘stlari, Nyu-York shtati gubernatori ko‘magida Nortap 1853 yilning yanvar oyida ozodlikka chiqib, uyiga qaytib keladi.

Nortap Vashingtondagi quljalloblarni sudga beradi, ammo ishni yutqazadi. Zero, o‘sha paytlarda amalda bo‘lgan qonunlar qora tanlining oq tanliga qarshi guvohlik berishiga yo‘l qo‘ymasdi.

Shundan so‘ng Solomon Nortap o‘zining qullikda ko‘rgan-kechirgan do‘zax azoblarini qog‘ozga tushirdi va o‘sha yilning o‘zida “12 yil qullikda” nomi bilan e’lon qildi. Bu bilan ham kifoyalanib qolmagan sobiq qul mamlakatning shimoli-sharqida qullikda o‘tkazgan uqubatli yillari haqida ma’ruzalar o‘qidi.

Nortapning o‘limi sanasi va sababi haqida turli taxminlar bor. Ayrim tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, qullikka qarshi ayovsiz kurashchiga aylangan Solomon aynan qul savdogarlari tomonidan yana o‘g‘irlangan va o‘ldirib yuborilgan…

Xo‘sh, bugun, XXI asrning o‘n to‘rtinchi yiliga kelib, deyarli 170 yil burun ro‘y bergan voqealar nima uchun sahnalashtirildi, nima uchun film bu qadar yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘ldi? Axir “12 yil qullikda” kartinasi Oskardan tashqari, Independent Spirit Award – mustaqil kinochilarning besh mukofotini (eng yaxshi stsenariy, rejissura, operatorlik ishi…), Critics Choicening bosh mukofotini, AQSH prodyuserlari gildiyasining mukofotlarini qo‘lga kiritdi va bu ro‘yxat davom etmoqda. Bulardan tashqari film eng ko‘p ijobiy taqrizlar olgan kartina sifatida yana bir rekordga erishib ulgurdi.

Solomon Nortap rolini ijro etgan aktyor Chivetel Ejiofor eslaydi: “Suratga olishning birinchi kuni paxta dalasiga chiqdik; 42 daraja issiq, soya joyning o‘zi yo‘q edi. Men bunaqangi issiqda qanday qilib ishlash mumkinligini tasavvur ham etolmadim. Biroq ayni paytda qahramonim aynan qanday sharoitlarda mislsiz azoblarni boshidan o‘tkazganligini his qila boshladim…”

Keling, aktyorning ushbu dil so‘zlarini tayanch nuqtasi sifatida qabul qilaylik-da, “12 yil qullikda” filmining bevosita va bilvosita o‘zimizga daxldor bo‘lib ko‘ringan ayrim o‘rinlari borasida to‘xtalaylik.

Kartinada qullar eng qiynalgan, mashaqqat chekib ishlagan epizodlar paxta terimi bilan bog‘liq. Stsenariy muallifi Jon Ridli bilan rejissyor Makkuin ishni boshlashlaridan oldin Amerikaning janubiy shtatlarida o‘sha paytlari mavjud qulchilik tizimini puxta o‘rganisharkan, aynan paxta ishlab chiqarish tufayli bu tizim vujudga kelganligi va gullab-yashnaganligi haqidagi xulosaga kelishdi. Tasavvur eting: XIX asrning o‘rtalari, texnika yo‘q, shtatlar farovonligiga xizmat qiladigan paxta hosili qo‘lda terib olinadi. Va shafqatsiz espluatator, qamchisidan qon tomadigan quldorlar mutlaqo haq-huquqsiz qullarga kunlik norma belgilashadi: kuniga 200 funtdan! 200 funtdan-a!

Filmni tomosha qilarkanmiz, nechukdir quloqlarimiz tagida yana bir o‘tli sas yangrayotganday bo‘laverdi. Ha, bu ulug‘ adibimiz Odil Yoqubovning sho‘ro davri intihosi ibtidosida, SSSR xalq deputatlarining birinchi s’yezdida so‘zlagan, qoraya boshlagan sokin osmonda nogoh chaqnagan chaqindek taassurot uyg‘otgan otashin nutqi (Axir yodimizda-ku: “Saratonning jaziramasida xudoning bergan kuni o‘n ikki soatlab qirt-qirt zahmat chekish, hatto, dam olish kunlari, bayram, ta’til nimaligini bilmasdan ter to‘kayotgan dehqon… Oftobning zahri tufayli, zaharli ximikatlarning huda-behuda qo‘llanilishi tufayli rak, oshqozon-ichak va sariq kasalliklari, ayollarning kamqonligi va boshqa xastaliklar behad urchidi… Otam zamonidagiday tappi qalab, qozon qaynatishadi… Qaddi basti nechundir yashin urgan qayinlarni eslatuvchi shu ayollarning barkashday qoraygan yuzlariga ko‘zim tushsa, ko‘zlarimdan beixtiyor yosh tirqiraydi… Ko‘zlari to‘la mung, armon va hasrat…”). Keling, ko‘pchiligimiz o‘qigan, eshitgan ushbu iztirob va alamga to‘la ma’ruzadan kichik bir iqtibos keltiraylik: “… Janubiy Amerikadagi toshbag‘ir oq tanli fermerlar tutgan yo‘lni bir eslaylikmi-a. Ular paxta plantatsiyalarida o‘zlari ishlashni istashmadi, bu zahmatdan xotin, bola-chaqasini ham xalos etish uchun, borib Afrikadan necha yuz ming qora tanlini kishanband etib, olib kelishdi. Ammo adolat yuzasidan shuni ham aytish kerakki, naslu nasabini paxta zahmatidan asragan o‘sha qahri qattiq fermerlar ham, kelgusida qullaridan sog‘lom, ya’ni og‘irini yengil qiladigan nasl yetishsin uchun, ularni to‘ydirib boqishgan. Shuning sharofatidanki, bo‘yi ikki metrli qoratanli polvonlar dunyoga keldi; ularning avlodlari bugungi kunda Amerika sportining, san’atining ham gultojlaridir!..” (Fitna san’ati. 2-kitob. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fan” nashriyoti. Toshkent-1993.4-bet).

Yurak qa’ridan otilib chiqqan bu gaplarga izohning o‘zi ortiqcha… Ammo baribir ko‘ngilni alamli bir savol o‘rtayveradi: o‘sha… qullardan ham xormidi bu el… Illo har narsa muqoyasada bilinadi…

U kunlarning qo‘rqinchli tush kabi ortda qolgani rost bo‘lsin…

Insoniyat o‘tmishga qarab kelajak sari qadam tashlaydi, deyishadi. Gollivudning navbatdagi kinodurdonasi – “12 yil qullikda” filmini tomosha qiling, tariximizning “eng kir, eng qora” kunlari qatori yaqin kechmishimizni ham yodga oling… Og‘ir kunlarni-ku, unutarmiz, ammo ular bergan saboqlarni unutib bo‘larmi?..



Bugun, odam savdosi avj olgan, yigirma birinchi asrning o‘n to‘rtinchi yiliga kelib ham Insonning qul kabi ishlatilishi, quldek hayot kechirishi oddiy holga aylangan, “olomon madaniyati” xurujlari tufayli yengil hayot, osmondan tushadigan boylik, maishat istagidagi lak-lak izdihom ma’naviyati qullikdan ham battar ruhiy manqurtlikka duchor bo‘layotgan bir davrda yaratilgan bu film balki ayni ushbu sabab-omillar tufayli biz uchun yanada ibratli va qimmatli bo‘lib tuyildi…

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling