O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti
Maktabgacha ta’lim muassasasining har xil yosh guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil qilish
Download 0.5 Mb.
|
ATANIYAZOVA SURAYYO 204
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
2.2 . Maktabgacha ta’lim muassasasining har xil yosh guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil qilishKichik guruhda bolalarga sonlargacha bo‘lgan davr o‘rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalarga turli buyumlar to‘plami bilan ishlash, ya’ni ularning har xil belgi-alomatlariga ko‘ra birlashtirish, tenglik va tengsizlikni taqqoslash natijalarini ko‘p, kam, teng so‘zlari bilan belgilashni o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Bolalar buyumlarning uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o‘rgatiladi; geometrik shakllar: - doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo‘nalishlar bilan tanishtiriladi: «o‘zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o‘ngga (o‘ngdan), chapga (chapdan) so‘zlarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatiladi. Mashg‘ulotlar o‘quv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan (1 yilda 36 marta) o‘tkaziladi. Sentabr oyida bir mashg‘ulotning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktabr oyidan boshlab mashg‘ulot davomiyligi sekinasta 15minutga yetkaziladi. Kichik guruhda elementar matematik tasavvurlarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda o‘qitish ayoniy ta’sir xarakterida bo‘lishi kerak. Bolalar bilimlarni tarbiyachining harakatlarini, uning tushuntirish va ko‘rsatmalarini idrok qilish asosida, shuningdek, didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash vositasida o‘zlashtiradilar. O‘rta guruhda mashg‘ulotlar sentabr oyidan boshlab, haftasiga 1 marta o‘tkaziladi. Mashgulot 20 daqiqa davom etadi. Yil davomida 36 ta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bolalar harakatli-ko‘rsatmali shaklda berilgan o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtiradi. 5 yoshga qadam qo‘ygan bolalarni o‘qitishda didaktik o‘yinlardan keng foydalanish kerak. Topshiriqlarniig bajarilish jarayonida o‘qituvchi bolalarni o‘z harakatlarini (nima qilganlarini va qanday qilganlarini, natijada nima hosil bo‘lganini) tushuntirib berishga undaydi. Birinchi mashg‘ulotlardan boshlaboq bolalarga mos muammo xarakteridagi masalan, mashina qaysi darvozadan o‘tdi (o‘tmadi)? Nega? Kimning uyi (stoli, karavoti) baland (past)? Nega? Ayiqlarga kursilar, olmaxonlarga yong‘oqlar, bolalarga bayroqchalar yetadimi? kabi masalalarni berish kerak. O‘qitishda bolalarning emotsional kayfiyati, qiziqtirilganliklari katta mashg‘ulotlarda rangli ko‘rgazmali qo‘llanmalardan, turli didaktik materiallardan foydalanish kerak. 6 yoshli bolalarda o‘z qo‘lq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo bo‘ladi; erkin xotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda topshiriqni bajarishga, o‘z ishiga ijobiy baho olishga intiladilar. Ular o‘quv topshiriqlari (vazifasi)ga katta qiziqish bilan qaraydilar. B olalar katta guruhda birinchi o‘nlik sonlarini yaxshi o‘zlashtirishlari kerak. Har xil buyumlar to‘plamini sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar mohiyatini o‘zlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar bilan bajariladigan hamma ishlar ular oldingi bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hisobga olish asosida tashkil qilinadi. O‘rganishni o‘tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak. Har qaysi yangi bilim oldin o‘zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur. Mashqlar miqdori yetarli bo‘lgandagina tarbiyalanuvchilarda puxta malaka va ko‘nikmalar shakllanishi mumkin. Bolalarni buyumlar, o‘yinchoqlar, geometrik shakllar, kartochkalar va rasmlardagi tasvirlarni sanash (qayta sanash, qo‘shib sanash, ajratib sanash) ga, obyektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish kerak. Mazkur guruhda haftada 1 tadan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Maktabga tayyorlov guruhi. 7 yoshga qadar bola son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nisbatan ko‘proq bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi, fazoda (2 va 3 o‘lchovli) va vaqt bo‘yicha mo‘ljal ola bilishi kerak. Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turg‘un) qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat qilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlashni, fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa, muhim. “Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish dasturi” bolalarning oldingi bosqichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Mazkur guruhda haftasiga 2 tadan (bir yilda 72 ta) mashg‘ulot o‘tkaziladi. Matematikadan har qanday mashg‘ulotni tuzishda bolalar tarbiyachining stoli yonida ishlashlari bilan bir qatorda o‘z o‘rinlarida tarqatma materiallar bilan mustaqil ishlashlari ham nazarda tutilishi zarur. Bolalarda fazoda m o‘ljal olishni rivojlantirish. Fazoviy tasavvur - I'a/.odagi obyektlarni ongimizda aslidagidek idrok etish jarayonida narsa va hodisa to‘g‘risidagi mantiqiy fikrlab, qo‘losa qilingan bilimlar yig‘indisi asosida aks ettirilgan obrazdir. Talabalarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan malakani oshirish grafik faoliyatning eng muhim tarkibiy qismidir. Zero, hech bir o‘quv fani fazoviy tasavvur va fazoviy farazni chizmachilikday rivojlantirolmaydi. Ilmiy- metodik adabiyotlarda fazoviy tasavvur, fazoviy faraz, fazoviy tushuncha, fazoviy tafakkur kabi so‘zlarni ko‘p uchratish mumkin. Ammo bu so‘zlar mazmuniga ko‘ra har xil mohiyat kasb etadi, chunki tasavvur tafakkurdan,tafakkur esa tushunchadan keskin farq qiladi. Chizmachilik darslarida bu atamalarni qo‘llashda proyeksiyani qurish bilan narsaning fazoviy qiyofasini tasavvur etishni tushunamiz. Buyumlar va ularning fazoviy munosabat va xususiyatlarini anglatish bilan bog;liq bo‘lgan bu tushunchalar talabalarda tasodifan sodir bo‘lmay, balki grafik savodni o‘rgatish jarayonida chizmachilik o‘qituvchilarining yordami bilan hosil bo‘ladi. Fazoviy tasavvur real obyekt yoki model asosida u haqida sezgi organlari orqali kelib tushuvchi ma’lumotlarni tahlil qilish, idrok etish natijasida olingan bilimlar birliklari va ularning obrazlaridir. Tasavvurning chuqurligi idrokning yaxlitligi. ya'ni obvektni yaxlitligicha ko‘rish hamda uning tuzilmasini, elementlari orasidagi aloqadorlikni, boshqa obyekt bilan o‘zaro munosabatlarini aniqlash, u yoki bu figuraning hosil bo‘lish usulini tushunish, uning keyingi harakatini oldindan ko‘ra bilib qobilvatlarini belgilaydi. Fazoviy tasavvurning bunday sifati tasvirli axborotni tahlil qilish, standartlarni o‘zgarmas obrazlarni aniqlash, qo‘shimcha ma'lumotlarni to‘plash va 9 7 hosil bo‘igan fazoviy obrazlarni yangi aloqadoiiikda ko‘rish bosqichida namoyon bo‘ladi. Fazoviy tasavvur kcngligi xususiy vaziyatlarida qo‘llaniladigan harakatlarning umumlashgan usullarini shakllantirish qobilvati bilan tavsiflanadi. Ya’ni bu sifat tanish vaziyatlarda yangi maMumotlarni e’tiborga olishga tayyor turishda namoyon bo‘ladi. Bu sifat muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda grafik axborotni tahlil qilish bosqichida. standartlarni o‘zgarmas obrazlarini aniqlash, ayniqsa, yangi qo‘shimcha m a’lumotlar olish jarayonida, fazoviy tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishda qatnashadi. Fazoviy tasavvurning egiluvchanligi harakatlar usullarning variativlik xossasi bilan xarakterlanadi. Harakat sharoitlari o‘zgarganda qayta qurishning yengilligi, bir harakat turidan boshqasiga oson o‘tish. bir predmet sifatini boshqasiga oson ko‘chirish, qabul qilingan an’anaviy grafik amallar chegarasidan tashqarisiga chiqish, obyektning o‘zgartirilganda uning asosiy xususiyatlarini saqlab qolish mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatlarni ko‘rish qobilyatlari bilan xarakterlanadi. Tasavvurning bu sifati muhandislik grafikasini o‘qitisftda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishning barcha bosqichlarda namoyon bo‘ladi. Fazoviy tasavvurning barqarorligi dastlab yaratilgan obrazning ko‘rgazmali asosini inobatga olgan holda obraz ustida amallar bajarishda erkinlik darajasi bilan belgilanadi. Bu erkinlik yaqqollikning bir ko‘rinishidan boshqasiga o‘tishda, uning mazmunini o‘ziga xos tarzda esda saqlab qolgan holda, obyektda o‘zgarishlarni qayd etish, fazoviy obyekt obrazini tahlil qila olish malakasida namoyon bo‘ladi. Geometrik shaklning turli xil tasvirlarini solishtirish, tahlil qila olish, sintezlash malakalarni egallash fazoviy tasavvurning rivojlanishiga yordam beradi. Fazoviy tasavvurlarning to‘liqligi fazoviy obrazning tarkibiv tuzilmasi, ya’ni elementlar to‘plam i, ular orasidagi aloqadorlik, ularning dinamik nisbatini ongimizda ekrin idrok etish bilan xarakterlanadi. Hosil qilingan obrazda nafaqat obyektning tarkibiv tuzilmasiga kirgan elementlar. balki uning fazoviy joylashuvi ham aks ettiriladi. Shunda. ongim izda hosil qilingan geom etrik obyektlar obrazida ЧК illuming shakli, kattaligi, uning boshqa obyektlarga nisbatan yoki uning i|lsmlnrining bir-biriga nisbatan o‘zaro joylashuvi haqidagi tasavvurlar va m.Г linnotlar o 'z ifodasini topadi. Fazoviy tasavvur to‘liq bo‘lishi uchun quyidagi malakalarga ega bo‘lish kerak: - geometrik obyekt obrazini qismlarga ajrata olish; - geometrik obyekt obrazinining o‘cham qiymatlarini aniqlay olish; - geometrik obyekt obrazini boshqa obrazlarga nisbatan o‘zaro joylashuv nisbatini aniqlay olish; - geometrik obraz elementlarining bir-biriga nisbatan o‘zaro joylashishini aniqlay olish; - chiziqli va burchakli kattaliklarni ko‘rib baholay olish; - shakllangan obrazda unnig hususiyatlarini va elementlarning o‘zaro joylashuvi haqida tasavvurini yetarli bo‘lishi. Quyidagi malakalarni egallash fazoviy tasavvur dinamikligini rivojlantirishga yordam beradi: - kuzatish, qarash nuqtasini tanlay olish va o‘zgartira olish; - geometrik figuralar obrazi mazmundagi o‘zgarishlarni qayd eta olish. Dinamiklik sifati proyeksiya tushunchasini shakllantirish asosida yotadi, fazoviy tasavvurlarni rivojlanish jarayonida tekis va fazoviy shakllarni birgalikda o‘rganish imkonini beradi. Bu ko‘rsatkich ko‘proq kuzatish nuqtasini hayolan o‘zgartirishni talab qiladigan masalalarni hal qilishda namoyon bo‘ladi. Obvektga turli kuzatish nuqtasidan qaray olish malakasi geometrik vazifalarni hal qilishda: fazoviy shakllarning qirqimi, kesimini qurish, geometrik qayta tuzish amallarini, proyeksion vazifalarini bajarish va hokazolarda muhim ahamiyatga ega. Bu sifatlarning to‘liq egallanishi fazoviy tasavvurlar ustida amallar bajarish, murakkab fazoviy obyektlarni qiyinchiliksiz osongina tasavvur eta olishni ta'minlaydi hamda fazoviy tafakkurning to‘liq, barqaror shakllanganini ifodalaydi. Idrok qilish va fazoda m o‘ljal olishda so‘zning o‘rni. Tevarak-atrof tushunchasi keng m a'nodagi. m urakkab. serqirra tushunchadir. Biz. tevarak-atrof 99 m a’nosida. bizni o‘rab turuvchi obyektiv olam xarakteristikasini anglaymiz. Biz tevarak-atrof haqidagi bilim va malakalarni egallash uchun, shuningdek uning shakli. belgilari haqida, ularning tuzilishi, balandligi, uzunligi, kengligi haqida, predmetlarning joylashuvi, ularning orasidagi masofani aniqlashdagi va belgilay olishni o‘rganish uchun, tevarak-atrof haqidagi tushunchalarini yanada mustahkamlash uchun- turli tevarak-atrof kategoriyalariga murojaat qilamiz. Bunda biz avval predmetlarning belgilariga qarab (ya’ni shakli va o ‘lchovtga, har xil o‘lchovligiga) va tevarak atrofdagi belgilarga qarab (ya’ni tevarak-atrofni yaxlitligicha tushintirish, predmetlarning bir biridan farqi yoki o‘xshashligi (tabiatda) va h.k. farqlay olishga o‘rganishimiz va o ‘rgatishimiz kerak. Tevarakatrofni chamalash, m o‘ljal olish tushunchasi, masalasi murakkab masaladir. Tevarak-atrofni mo‘ljal olish turgan yoki belgilangan joy taxminga olinadi. Masalan: kishi tevarak-atrofni yaxshilab kuzatib « 0 ‘zi turgan nuqta» haqida ma’lumot bera olish; yon atrofidagi obyektni tushuntira bilishi kerak: o‘zi qo‘yib ketgan predmet yoki insonni qayta tevarak-atrofni chamalash orqali topib kelishi yoki aniq ma’lumot bera olishi kerak; inson tevarak atrofni obyektlicha tushuntirayotganda, chalkashtirmay, predmetlarning bir xil yoki har xilligini tushintira olishi, shuningdek qaysi predmet qaysinisining ortida, oldida, orosida, uzoq, yaqinligi. qo‘llas orasidagi masofa haqida toTa ma’lumot bepa olishi kerak. Tevarak-atrof haqidagi, uni aniq m o‘ljal qila olish haqidagi belgilarga har bir inson ega bo‘lishi kerak. Bu bilimlar esa ularga yoshlikdan beriladi. M o‘ljal olishni yaxshi bilgan har qanday yo‘lovchi adashmaydi, adashganni yo‘lga solib yuboradi.Kattalar misolida ko‘rsak: Men turgan kenglikda dala bo‘lib, 20 qadam oldinda, 15 qadam o‘ng tarafimda terak daraxti bor.Terakning uzunligi taxminan 20-25 m, yo‘g‘onligi taxminan 35 sm. Pastki shoxlarida barglari yo‘q. Tepa shoxlari serbarg, terak ustida qora qarg‘alar uchib yuribdi. Yoki biror bir uy, ko‘cha, xonada ma’lumot berish. Inson faol harakatini davom ettirishi uchun koordinatsiyani va mo‘ljal olishni yaxshi bilishi kerak. Ko‘pchilik bu usuldan faqat bir joydan ikkinchi bir joyga adashmasdan borib kelishi uchungina foydalanadi. Mo‘ljalni aniq belgilay olish. jovlarni yaxshi o‘zlashtirish uchun. shu «damning I'sliili (|olish qobiliyati, xotirasi, diqqat-e'tibori, o‘ylash. esga tushirish. ko‘z oldiga krltini olish kabi qobiliyatlari ancha mustahkam bo‘lishi kerak. Aks holda, bu (|oltili>allari zaif odamlar mo‘ljal olishni yaxshi belgilay olmaydilar. Tevaraknliolni chamalash har bir odamning o‘ziga qulayligini tanlab olishiga bog‘liq. «O‘/ini» yoki boshqa birovni, o‘ng qo‘l, chap qo4, tushunchalari bilan. yoki prcilrnctlarning shakliga qarab, joylashuviga qarab ham mo‘ljal ola bilishi mumkin. Masalan: ba’zilar uy yoki magazinning nomini, nomerini, manzilini bilmaydilar-ku lekin qaysi transport bilan, qanday qilib borishni shunday aniq qilib tushuntaridilarki, hatto «ko‘z yumib» borib topish mumkin. M aktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribalardan shuni ko‘rish 104 iiHimkinki, bolalar tevarak-atrofni mo‘ljal olishga o‘rganayotganlaridayoq oddiy lutlium.-luilardan murakkabroq, tevarak-atrof tushunchalariga o‘ta boshlaydilar. Illuming nutqlaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so‘zlari (biror ptalmclni ko‘rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi Icrminlar bilan. almashinishi buning yaqqol guvohi bo‘la oladi. 6 Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig‘ini aniqlay bilishi boshlang‘ich bilimlarning rivojlanishidir. Bolaning tabiatni, atrofni yanada ko‘proq o‘rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u «oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi tushunchalarni yaxshi egalianishining natijasidir. Predmetlarning «birin-ketin», «ketma-ket» qo‘shilishi bolalarda bir guruh predmetlarning joylashuvini aniqlashga yordam beradi. Masalan, hamma o‘yinchoqlar ketma-ket turibdi, lekin quyon oldinda, matryoshkalar o‘rtada, qo‘g‘irchoq esa oxirgi o‘rinda turibdi. Bola tevarak-atrofda joylashgan obyektlar o‘rnini aniqlashga (oriyentirovka qilishga) o‘rganayotganida «yonma-yon» so‘zining ma’nosiga keyinroq tushunadi, yoki «o‘rtada», «orasida» kabilarni o‘rganib bo‘lgach, keyinroq «atrofida», «chetida», yoki «yonidan», yana keyinroq borib bola bu so‘zlarni atroflicha tushuna boshlaydi va chap tarafdami yoki o‘ng tarafdami, farqlay boshlaydi. Lekin bolalarga tevarak-atrofni mo‘ljal olishga o‘rgatish ishini turli yo‘llar va yo‘llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak. Tevarak-atrofni anglash psixo-fiziologik mexanizmga ham bog‘liqdir, u inson ongidagi ko‘rish, eshitish, so‘zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Avniqsa, bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg‘ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak-atrof haqidagi lug‘atlarining boyib borishi ularning tevarak-atrofni tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. Chet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak-atrofii o‘rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog‘lab olib boriladi. Bu esa bolaning tevarak-atrofni o‘zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir. 105 K o‘rib idrok qilish va o‘lchash asosida fazoni idrok etish. Tevarak-atrofni idrok qilish biror bir mo‘ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk yoshidan boshlab o‘zining sezgilari orqali idrok qiladi. ya’ni tanasining tomonlari bilan m o‘ljal qiladi. Maktabgacha ta'lim yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so‘zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda - orqada, yuqoriga - pastga. chapga - o‘ngga kabi. Yosh bolada tevarak-atrofni idrok qilishda bolaning o‘z tanasi asosiy markaz boTib hisoblanadi va u o‘zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo‘ljal oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistema qo‘shiladi. Bu nutqda ifodalashdir, ya’ni so‘zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o‘ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo‘ladi, yuqoriga, pastga, oldinga. orqaga, o‘ngga, chapga kabi. Shunday qilib, bog‘cha yoshi tevarak-atrofning tomonlarini, nomlarini so‘z bilan belgilash sistemasi davridir. Masalan, “Bayroqchaga qarab y u r” o‘yini. M aqsad: Bu o‘yin bolaning xotirasini, diqqatini rivojlantiradi. Bolalarning fazoviy tasavvurlari mustahkamlanadi. 0 ‘yinning borishi: Tarbiyachi mashg‘ulotni boshlashdan oldin xonaning turli joylariga bayroqchalarni qo‘yib chiqadi. Tarbiyachi bir bolaga topshiriq beradi. “Shkafga borib, chapga, chapga 6 qadam yur va uchburchak shaklidagi bayroqchani ol” bola topshiriqni bajarib, bayroqchani topadi. Bolalar bunday topshiriqni osongina bajarsalar, topshiriqlar murakkablashtiriladi. Masalan "8 qadam oldinga yur, o‘ngga buril, 4 qadam yur, chapga buril. U yerda to‘rtburchak shakldagi bayroqchani topasan. O‘yin bir necha marta takrorlanadi. Yana bir o‘yin «K unduzi kim qayerda ishlaydi?» o‘yinini boshlagach, tarbiyachi: ’’Kunduz - shunday vaqtki, bunda hamma kishilar ishlaydi. Ba'zilar chiroyli buyumlar qiladilar, uy quradilar, meva va sabzavot yetishtiradilar, fabrika va zavodlarda ishlaydilar. Yaxshi mehnat kishini go‘zal qiladi va xursand qiladi. Mana, biz ham shahar ko‘chalariga boramiz, kim qanday ishlayotganini ko;ramiz. Kunduzi ko‘chalarda odamlar. mashinalar ko‘p, ko‘cha harakati qoidalariga rioya qilish kerak. Qani. eslab ko‘ringlar, ko‘chadan o‘tavogganda qanday qoidalarga riova qilish kerak? Ko‘chada o‘zini qanday tutish kerak?’’deb aytadi. Shahar 106 f I ko‘chalari bo‘ylab sayohatdan so‘ng tarbiyachi illyustratsivadan foydalanib, bolalar olgan bilimlari va tasavvurlarini kengaytiradi. Fazoda mo‘ljal olish. Kichik guruh dasturining shartlaridan biri bolalarni o‘zidan oldinda (oldinga) —orqada (orqaga), chapda (chapga) — o‘ngda (o‘ngga) kabi fazoviy yo‘nalishlarni ajrata olishga o‘rgatishdir. Fazoviy yo‘nalishlarni farq qilishda bolalarning o‘z gavda qismlarini aniq farq qilishi va o‘ziga nisbatan tomonlami aniqlashga asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan: «oldinda» deganda bola o‘zining yuzi tomonni, «orqada» (orqadan) deganda esa gavdasining orqa tomonini tushunadi. Bolalarning yuvinishi va kiyinishi vaqtida tarbiyachi ular bilan erkin suhbatlashib, gavda va yuz qismlari nomini aytadi: «Bumingni, qulog‘ingni, engagingni yuv, peshonangni art», «Boshingga ro‘mol o‘ra», «Bo‘yningga sharf bog‘la». Kichkintoylarni o‘zining gavda va yuz qismlarining nomini aytishga undash muhim ahamiyatga ega. Kichkintoylar yuz va gavda qismlari qayerdaligini bilib olganlaridan so‘ng, ularga o‘zlarining turli tomonlarini aniqlash o‘rgatiladi. Tarbiyachi kichkintoydan so‘raydi: «Sening orqangda nima bor?», «oldingdachi?» (ko‘krak, qorin, yuz) yoki «Sening o‘ming qayerda?», «Ko‘kragingchi?» «o‘ng qo‘ling qani?», «Chap qo‘ling qayerda?» Bolalarga ayni bir vaqtda o‘zaro qarama-qarshi juft yo‘nalish- lami, ya’ni 112 yuqorida — pastda, oldinda — orqada, chapda — o‘ngda (chap-o‘ng) degan tasavvurlarni farq qilish mashq qildiriladi, chunki bolada ularning biri haqida tasavvur hosil qilish ikkinchisi haqidagi tasavvurning shakllantirilishiga tayanadi. Tarbiyachi nonushta yoki tushki ovqat vaqtida, mashg‘ulotlar va boshqa paytlarda bolalar diqqatini nima qilayotganliklari va qaysi qo‘llari bilan qilayotganliklariga bir necha daqiqa jalb etadi. Kichkintoylar qaysi qo‘llarida qoshiqni, qaysi qo‘llarida nonni, qaysinisida qalamni, mo‘yqalamni, qaysinisida esa qog‘ozni ushlab turganliklarini aytib berishlari kerak. o‘ng va chap qo‘lni bir-biridan farq qilish va nomini aytish mashqi boshqa harakatlarni bajarishda ham o‘tkaziladi. Masalan, tarbiyachi musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolalarga o‘ng qo‘llariga havo rang bayroqchani, chap qo‘llariga esa yashilini yoki o‘ng qo‘llariga uzun tasmani, chap qo‘lga esa kaltasini olishni taklif qiladi, kichkintoylardan qaysi qo‘llarida qanday narsa borligini so‘raydi. o‘ng va chap qo‘lni farqlashga va nomini aytishga o‘rgatish jarayonida o‘zidagi turli tomonlami: bosh yuqorida, oyoqlar pastda ekanligini, o‘ng oyoq, chap oyoq; o‘ng quloq, chap quloq va hokazolami bilish ko‘nikmasini o‘stirishga katta ahamiyat beriladi. Pedagog (tarbiyachi)ning ko‘rsatmasiga binoan bolalar yo‘nalish ko‘rsatkichlari bilan pastni, yuqorini, chapni, o‘ngni ko‘rsatadilar. Ular aytilishi bilan oldinga engashishni, qo‘llarini yuqoriga ko‘ta- rishni, pastga tushirishni va shu kabilami o‘rganadilar. «Bekin- machoq», «Koptokni qayerga tashladingiz» o‘yinlaridan foyda- laniladi. Bunday o‘yin mashqlarini 6—8 marta takrorlash lozim, ular uchun taxminan 4—5 minut vaqt ajratiladi. Kichik guruhda bolalar qog‘oz betidagi har xil joyni bilish yuzasidan dastlabki ko‘nikmalarni hosil qiladilar. Mashg‘ulotlarda ularga narsalami qog‘oz betining yuqorisiga va pastiga, yuqorigi va pastki doskaga, chapga va o‘ngga joylashtirish, narsalarni chapdan o‘ngga qarab tartib bilan qator qilib qo‘yib chiqish o‘rgatiladi. O‘rta guruh. Fazoda mo‘ljalga olish. o‘rta guruhda bolalar u yoki bu narsalaming yuqorida, pastda, oldinda, orqada, chapda, o‘ngda jadallashganligini aniqlay olishni o‘rganishi kerak. Fazoviy yo‘nalishlami farq qilishda taqqoslashni aniqlash asos bo‘lib xizmat qiladi. o‘quv yili boshida bolalarning atrof-muhitga munosabati qay darajada ekanligi tekshirib ko‘riladi va bu ko‘nikma mustahkamlanadi. o‘ng va chap qo‘lni farq qilish mashqlariga katta e’tibor beriladi, chunki chap hamda o‘ng nima ekanini bilish mazkur yoshdagi bolalar uchun ancha qiyinlik qiladi: qo‘l bilan old tomonni, orqa tomonni, yuqorini, pastni, chapni, o‘ngni ko‘rsa- tish ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Narsalaming fazoviy joylashuvini belgilash. Bolalarni turgan joylariga nisbatan, oldinga, orqaga va shu kabi yo‘nalishlarni ko‘rsatishga o‘rgatib bo‘lgach, ularga narsalar o‘zlarining qaysi tomonlarida turganligini (oldinda, oldi tomonda, orqa tomonda, orqasida, chapda, o‘ngda, yuqorida, pastda) aniqlashni 113 mashq qildirishga o‘tish mumkin. Avval bolalarga ularning qarama-qarshi tomonlarida, oldinda—orqada, o‘ngda—chapda turgan faqat ikkita o‘yinchoq yoki buyumning joylashish o‘rnini aniqlash taklif qilinadi. Keyinchalik bu narsalaming soni 4 tagacha ko‘paytiriladi. Narsalar oldin boladan unchalik uzoq bo‘lmagan masofada («yonida») joylashtiriladi. Asta-sekin bu masofa orttirib boriladi. Bola narsalaming turgan joyini aniqlab bo‘lgandan so‘ng unga chap va o‘ngga (90°), keyin esa orqaga (80°) aylanish taklif qilinadi. Keyinchalik bu narsa bolalarga narsalar o‘zlarining qaysi tomonlarida joylashganini aniqlashda nisbiylik borligini tushunib olish imkonini beradi. Bola chapga burilsa, stol endi uning chap tomonida emas, balki o‘ng tomonida bo‘ladi. Bolalarning harakatlari va joydan- joyga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar eng samarali mashqlardir. Narsalaming mashqlari mashg‘ulotlarda ham, kundalik hayotda ham amalga oshiriladi. «Nima qayerda turibdi, top?», «Kim ketdi va u qayerda turgan edi?» kabi didaktik o‘yinlar o‘tkazishga katta ahamiyat beriladi. Bolalar asosiy fazoviy yo‘nalishlarni farq qilish va nomini aytishni bilib olganlaridan keyin ulami ko‘rsatilgan yo‘nalishda harakat qilishga o‘rgatiladi. Buning uchun avval «Qayerga borasan, nima topasan?» o‘yinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘yinning maqsadi bolalarga asosiy fazoviy yo‘nalishlami amaliy farq qilishni va belgilashni mashq qildirishdir. Tarbiyachi bolaning turadigan joyini (oldinda, orqada, chapda, o‘ngda) taxminiy hisobga olib, xonaning turli joyiga o‘yinchoqlami yashirib qo‘yadi. Masalan: bola parda (ko‘chma pardacha) orqasidagi ayiqchani va qalamni tokchaga yashirib qo‘yadi va hokazo. Tarbiyachi bolalarga topshiriqni tushuntirib: «Bugun sizlar yashirib qo‘yilgan o‘yinchoqlarni topishni o‘rganasizlar», — deydi va bir bolani chaqirib: «oldinga yursang ayiqchani topasan, orqaga yursang qalamni topasan. Sen qayoqqa borishni istaysan va u yerdan nima topasan?», — deydi. Bola yo‘nalishni tanlab olishi, uning nomini aytishi va shu yo‘nalishda borishi kerak. U o‘yinchoqni topgach, qaysi o‘yinchoqni va qayerdan topganini aytadi. («Men orqaga yurdim va tokchadan qalamni topdim».) «Uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so‘zlari haqida tasavvur hosil qilish. Bolalar «yaqinroq», «uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so‘zlari haqidagi tasavvurlarga o‘yinchoqlar va narsalar bilan u yoki bu ishlami bajarish davomida ega bo‘ladilar. «Kimning koptogi uzoqroqqa yumaladi? Qani, kim uzoqqa otdi?» — kabi savollar bolalar e’ti- borini masofaga jalb etadi. Ular yaqinroq, uzoqroq, yaqin, uzoq kabi so‘zlaming ma’nosini asta-sekin o‘zlashtira boradilar. Qog‘oz varag‘ida va stol yuzasida tasavvur qila bilishga o‘rga- tish. o‘rta guruhdagi matematika mashg‘ulotlarida bolalarda qog‘oz varag‘ida va stol yuzasi ustida tasavvur qilishni o‘stirishga katta e’tibor beriladi. Birinchi mashg‘ulotlardan boshlaboq ularga sanoq kartochkasining yuqorigi va pastki doskasini topish, ma’lum miq- dordagi predmetlami yuqoriga hamda pastga yoki chap va o‘ngga terib qo‘yish topshiriladi. Stol ustida geometrik figuralaming fazoviy joylanishini aniq- lashga va 114 belgilashga, joylanishni eslab qayta tiklashga bolalami o‘rgatish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Namuna ma’lum tartibda ko‘rib chiqiladi. Bolalar avval markazda (o‘rtada) joylashgan figuraning, keyin esa uning yuqorisida va pastida yoki chap hamda o‘ng tomonida joylashgan figuraning nomini aytadilar; bezakni ulami tegishli tartibda taxlaydilar. 3 dan 5 tagacha bo‘lgan geometrik figura tasvirlangan ko‘rgazmalardan foydalaniladi. Mashqlar ham ommaviy, ham bolalarning kichik guruhlari bilan o‘tkaziladi. 24-rasm. Tekislikda mo‘ljal olish, rasmlami chapda, o‘ngda yoki o‘rtada, yuqorida va pastda o‘zaro joylashuvini aniqlash ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun «Juft suratlar» tipidagi o‘yinlar o‘ynaladi. Bola avval ko‘rgazmada tasvirlangan 3 ta o‘yinchoqning qanday joylashganligini ta’riflab berishi, keyin esa juft rasmlarni topishi kerak. Fazoda mo‘ljal ola bilish vaziyatlaridan foydalanish. Fazoda mo£ ljal ola bilishni o‘rgatish uchun maxsus mashqlar bilan bir qatorda, turli xil hayotiy vaziyatlardan ham keng foydalaniladi. Fazoviy yo‘nalishlarda mo‘ljal olish har qanday amaliy harakatning zaruriy komponentidir. Tegishli mashqlar uchun fizkultura va musiqa mashg‘ulotlari, ertalabki gimnastika hamda harakatli o‘yinlar katta imkoniyat beradi. Fazoda aniq mo‘ljal qila bilish harakatli mashqlami to‘g‘ri bajarishni ta’minlaydi. Pedagog harakat yo‘nalishini doimo ko‘rsatib turadi: «Chapga (o‘ngga) buriling, yuqoriga ko‘taring!» va hokazo. 25-rasm 115 Katta guruh. 5-6 yoshdan bolalarda chap va o‘ng qoini farq qilish, o‘ziga nisbatan narsalar qay yo‘nalishda (yuqorida, pastda, oldinda, orqada, chapda, o‘ngda) joylashganini aniqlash ko‘nikmasi mustahkamlanib boriladi. Shu maqsadda o‘rta guruh bolalari uchun tavsiya etilgan o‘yin mashqlari qoilaniladi. Kim qayerda turibdi? Top! Nima qayerda? Top! Qo‘ng‘iroq qayerda chalindi? Top! va boshqalar. Bu o‘yinlarni matematika mashg‘ulotlarida, shuningdek, o‘yin vaqtida ham o‘tkazish mumkin. Bu narsalar sonning ortishi bilan ifodalanib, bunda bola aniqlashi mumkin boigan joy, shuningdek, bola bilan narsa o‘rtasidagi masofa nazarda tutiladi. Bolalarni asta-sekin o‘zlaridan uncha uzoq boimagan masofada turgan har qanday narsaning yo‘nalishini aniqlashga o‘rgatilib boriladi. 7 Bolalarga narsalarga nisbatan qay yo‘nalishda ekanligini aniqlashni o‘rgatibgina qolmay, balki aytilgan vaziyatni mustaqil ravishda vujudga keltirishga ham o‘rgatiladi. Masalan: «Shunday turgin- ki, Jahongir orqangda, Jasur esa oldingda boisin, chap tomoningda stol, o‘ng tomoningda doska bo‘lsin». Pedagog (tarbiyachi) harakatlar yo‘nalishini aniq belgilash uchun musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘shimcha foydalanadi. Balandga, pastga, oldinga, orqaga, chapga, o‘ngga va hokazo. Mo‘ljal olishga oid topshiriqlar soni asta-sekin oshidb borilib, takliflar tartibi ham o‘zgartiriladi. Avval bolalar faqat juft, ya’ni: oldinga-orqaga, o‘nggachapga kabi yo‘nalishlarni aniqlasalar, keyinchalik esa ular yo‘nalishlarni xohlagan: oldinga-o‘ngga, chapga-orqaga va hokazo tartibda bajaradilar. Bolalaming piyoda yuruvchilaming o‘ng va chap yo‘nalish- larini moijal qila olish ko‘nikmasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘chada yurish qoidasini egallab olishlari uchun quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi: «Ko‘chadan kesib o‘tish qoidasiga rioya qil» va hokazo. Bolalarni aytilganlar bo‘yicha harakat qilib, yo‘nalishlarni aniqlashga o‘rgatish muhimdir. Shu maqsadda quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi: «Nog‘orani chal». Bolalar tarbiyachining ko‘rsatma- siga binoan ko‘zni yumib, narsa tomon boradilar: «oldinga ikki qadam tashla, chapga buril, uch qadam tashla» va hokazo. Avval topshiriqlar sonini 2-3 ta bilan cheklash, keyinroq esa ularning sonini 4-5 tagacha yetkazish mumkin. Bolalar narsalarning qog‘oz varag‘iga, polga, joyga nisbatan joylashishini bildiruvchi aniq so‘zlardan foydalanishlari kerak. Bolalar matematika mashg‘ulotlarida u yoki bu fazoviy bog‘lanish hamda munosabatlar haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qiladilar. Tayyorlov guruh. Tevarak-atrof (joy)ni bilish. Bolalaming maktabdagi ko‘pgina faoliyatlari tevarak-atrofdagi o‘rnini aniqlash (mo‘ljal ola bilish) bilan bog‘liqdir. Shuning uchun bolalar maktabga chiqqunga qadar harakat yo‘nalishlari (o‘ngda, chapda, to‘g‘ri, burchakdan bur- chakka va hokazo)ni bilishlari, tevarak-atrofdagi narsalarning o‘zlariga nisbatan (o‘ng tomonda, chap tomonda, yuqorida, pastda, orqada, oldinda) joylashishini bilishlari; bir-biriga nisbatan joylashishini (stolning oldida stul) xonada, uchastkada, mo‘ljal ola bilishni, bog‘chadan uyga qaytishni, ko‘chadan o‘tish qoidasini bilishlari lozim. Bolalarni qog‘oz sathini aniqlay bilishga o‘rgatish muhimdir. Chunki bu bilimlar 116 kitobning kerakli betini topishda, 1 varaq qog‘ozning yuqorigi chap burchagi, yuqorigi o‘ng burchagi, daftaming yuqori, past tomonlari burchaklarini topishi, kerakli yo‘nalishda dafiarda chiziqlar chizishga o‘rgatadi. Bolalarga quyidagi topshiriqni berish mumkin: pastki chap burchagiga 4 ta kvadrat, yuqorigi o‘ng burchagiga 1 ta ortiq uchburchak chizing. Bolalarni bajargan ishlarini to‘laroq so‘zlab berishga o‘rgatish zarur. Tevarak- atrofni bilish vazifasi matematika mashg‘ulotida kam vaqtni oladi, uni ko‘proq boshqa bilimlar bilan birgalikda olib borish kerak (kundalik turmush faoliyatida, o‘yinda, mehnatda, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida, gimnastika vaqtida). Didaktik o‘yinlar bolalarning tevarak-atrofni aniqlash ko‘nik- malarini takomillashtiradi. (Masalan: «Narsani top!», «Xona bo‘ylab sayohat» va hokazo o‘yinlari.) Barcha asosiy harakat yo‘nalishiga ko‘rsatma berib turiladi: «To‘g‘riga borasan, keyin chapga burilib, shkaf oldidan o‘tasan» va hokazo. Bunda bolalar tevarak-atrofda o‘z o‘rinlarini aniqlay biladilar.8 XULOSAMaktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bog‘inidir. Avvallari bu tizim xalq xo‘jaligining turli sohalarida mexnat qilayotgan otaonalarning ijtimoiy faoliyati uchun shartsharoit yaratishgagina xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda bolalar bog‘chalari ish mazmuniga qo‘yilgan talablar xam o‘zgartirildi. Asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichida o‘qishga tayyorlashdir. Bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda maktablar o‘quv dasturlariga yaqinlashtirilgan 12 yo‘nalishli yangi dasturlar ishlab chiqilgani, sinovdan o‘tkazilib, joriy etishga kirishildi. Bog‘chalarda bu dasturlarni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematika ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishga olib keldi. Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematika tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur. Yosh avlodii o‘z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas’ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab avaylash ruhida tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo‘lmas vazifa ekan, bunda barcha ta’lim tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan katta katta ishlarni bajarishni talab etadi. Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi muhim o‘rin tutadi. So‘ngi yillarda mamlakatimizda bolalar bog‘chasida matematika o‘qitish butun tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgartirishlar amalga oshirishdi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim.9 Men kurs ishimni tayyorlash asnosida shunga amin bo‘ldimki,bolalar bog‘chasida insonning fazoda mo‘ljal olish muammosi keng va ko‘p qirrali. fazoda farqlash va fazoni idrok qilish, fazoviy tasavvurlar va har xil fazoviy munosabatlarni, masalan, ob’ektlarning shaklini, o‘lchami, fazoviy yo‘nalishlari, fazoda joylashgan o‘rni, hajmi, bo‘yi, eni, balandliklari kabi masofalarining hammasi har xil fazoviy kategoriyalardir. Ularni idrok qilish va ular haqidagi tasavvurlar fazoviy idrok-tasavvur qilishdir. Professor V.S. Sverdlovning tavsifi bo‘yicha, fa-zoda mo‘ljal olish «fazoviy idrok va tasavvurlarning amaliy ifodasi»dir. Fazoda mo‘ljal olish fazoni be-vosita idrok qilish va aytib o‘tilgan kategoriyalarni bilish asosida amalga oshadi. Bunda diqqat, xotira, tafakkurning qatnashishi majburiydir. Mana shuning uchun ham «fazoda mo‘ljal olish» tushunchasining mazmu-nini aniqlashda baozi muallpflar u atrof-tevarakdagi buyumlarning holatlari, o‘zaro masofalari, kattaliklari, shakllari, o‘zaro joylashuvlari va ularning mo‘ljal olinayotgan jismga nisbatan vaziyatlarini o‘z ichiga oladi, deb hisoblaydilar. Birmuncha torroq maonoda «fazoda mo‘ljal olish» ifodasi joyda mo‘ljal olishni bildiradi. Bu holda fazoda mo‘ljal olnsh deyilganda, quyidagilar tushuniladi: a) «Turish nuqtasi»ni, yaoni sub’ektning uni o‘rab olgan ob’ektlarga nisbatan makonini aniqlash. Masalan, men uydan o‘ng tomonda turibman va h. k. b) atrofdagi oboektlarni fazoda mo‘l-jal olayotgan odamga nisbatan yakkalashtirish. Masalan, javon mendan o‘ngda turibdi, eshik esa mendan chap to-monda; v) buyumlarning bir-biriga nisbatan fazoda joylashuvlarini, boshqacha aytganda, ular orasidagi fazoviy munosabatlarni aniqlash, Faol harakat qilish fazoda mo‘ljal olishning zarur komponentidir, chunki inson fazoda «joyning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasigz, harakat qilib, muvaf; faqiyatli o‘tishini amalga oshirish uchun» fazoda mo‘ljal oladi. Shu sababli, fazoda mo‘ljal olish amalda har doim quyidagn uchta topshiriqqa bog‘liq: harakat (yo‘nalishi)ni tanlash; shunga rioya (amal) qilish (yo‘nalishni saqlash); harakat oxirida maqsad (nishon)nn aniqlash. Bundan harakatlarning o‘zaro muvofiqligi va aniq fazoviy mo‘ljal olganligi muhim, Komponentlar va shu bilan birga, insonning fazoda mo‘ljal oli-shini egallashning ko‘rsatkichi ekanligi ko‘rinadi. Shunday qilib, «fazoda mo‘ljal olish» ifodasi keng maonoda ham, torroq maonoda ham ishlatiladi. Har xil yosh bosqichida bolalar bnlan nshlashning mazmuni va uslubiyatining asosiy yo‘nalnshlarini qa-raymiz. «Bolalar bog‘chasida tarbiya va taolim dasturi»ning «Fazoda mo‘ljal olish» bo‘limi ikkinchi kichik yoshdan boshlab berilgan. Ammo bolalarda fazoviy idrok va elementar tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha maqsadga muvofiq ishni, bizning fikrimizcha, ilk yoshdayoq boshlash kerak. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda tevarak-atrofda (uy sharoiti, guruh xonasida, buyumlarning, o‘yinchoqlarning odatdagi joylashuvlarida) juda kat-ta qiziqpsh bilan amaliy orientir (mo‘ljal) olish bo‘-yicha har xil tajriba to‘plash davridir. Shuning uchun ham katta odam bolani xonalarning (guruh xonasi, ux-lash xonasi, yuviniladigan xona, hojatxona), buyumlarning, narsalarning, o‘yinchoqlarning fazoviy joylashuv-lari bo‘yicha erkin mo‘ljal olishga o‘rgatishi kerak. Bolalar hayotining ikkinchi yili boshlanishidanoq tanish fazoni (xona yoki uning qismini) ancha aniq tasavvur qila boshlaydilar, tanish buyumlarning joylashuvidagi baozi o‘zgarishlarni hech bir qiynalmay pay-qay oladilar. Ikki yoshligidanoq bolalarda tanish chegaralangan fazoda harakat qilish yo‘li haqpda 111 dastlabki elementar tasavvurlar tarkib topa boshlaydi, bu tasavvurlar hayot faoliyatida takomillashadi. Bolalarning dastlabki fazoviy tasavvurlari ular hayotining ikkinchi yilidanoq nutqlarida ham aks etaboshlaydi («mana», «bu yerda», «u yerda», «bunda»). Buning ustiga so‘zlar harakat yo‘palnshini yoki qiziqti-ruvchi buyumni ko‘rsatuvchi imoishoralar bilan, kuzatilady. Ana shu yeshda bolalar «o‘ziga», boshqa odamga nshbatan mo‘ljal (orientir) olishni egallay boshlaydilar. Kattalarning takliflariga binoan, qo‘g‘irchoqping ko‘zlari, og‘zi, biqini, qo‘lchalari qaerdaligini mamnuniyat bilan ko‘rsatadilar. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling