O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti


Download 0.5 Mb.
bet1/6
Sana10.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1185645
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ATANIYAZOVA SURAYYO 204


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

SIRTQI (MAXSUS SIRTQI)” BO‘LIMI
Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi 3-kurs 204-guruh talabasi
Ataniyazova Surayyoning “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari” fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Bolalarda fazoda mo‘ljal olishni rivojlantirish. Idrok qilish va fazoda mo‘ljal olishda so‘zning o‘rni..
Topshirdi: Ataniyazova Surayyo
Qabul qildi: Allamov Shavkat
Urganch-2022
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………................3
I BOB Bolalarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlarni tashkil etishning nazariy asoslari vametodikasi...................................................5
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish pedagogik muammo sifatida.………………………………………………....5
1.2 Har bir yosh guruhda fazoni idrok etishning o‘ziga
xos xususiyatlar.……………………………….…………………..………...13
II BOB. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlarni tashkil etish metodikasi 19
2.1 Fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlarni tanlash va fazoda mo‘ljak olishda so‘zning o‘rni haqida…………….............................19
2.2Maktabgacha ta’lim muassasasining har xil yosh guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil qilish ..…..22
XULOSA ……………………………………………………………….......…..37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………......……40


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda uni shaxs sifatida mukammal shakllantirishga qaratilgan ta’limdir. Ma’lumki, har bir shaxs o‘zining intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga ko‘ra hayotda o‘z o‘rnini topa olgan sharoitda rivojlanuvchi jamiyatni barpo etishi mumkin. Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida matematik tasavvurlarning muhimligini ko‘rsatish, fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir. Demak, zamonaviy maktabgacha ta’lim oldida bolalarga yoshligidan boshlab mustaqil, faol matematik tasavvurlarni shakllantirish vazifasi turibdi. Matematik tashunchalarni shakllantirishning bir necha yonalishlari belgilandi: falsafa bilimlarning haqqoniylik muammosini ko‘rib chiqadi; mantiq tushunchani rivojlantiruvchi bilim tizimi sifatida o‘rganiladi, psixologiya har bir bolaning mustaqil fikrlash jarayonini nimaga, qaysi fikrlash jarayoni orqali namoyon bo‘lishini, inson fikrlash jarayoni yordamida noma’lumni, yangilikni topadi, degan farazni ko‘rib chiqadilar; pedagogika bolalardagi ijodiy faoliyatni shakllantirish yo‘llarini, yosh avlodni ijodiy mehnatga tayyorlashni tekshiradi.
Maktabgacha ta’lim jarayonida bunday sharoitlaming yaratilishi masalani yechishda o‘rganilayotgan bilimlami mustahkamlash, masalani mustaqil yechish ko‘nikmasini shakllantirish, muammoni yaqindan ko‘ra bilish va uni yecha olish, olingan natijalardan masalani yechish jarayonida foydalanishni bilish uchun imkon yaratadi. Masalani yechishda psixologlaming birlamchiligi shundaki, bolada matematik tasavvurlarni shakllantirish maxsus psixologik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Ammo matematik tushunchalar inson bilan birga tug‘ilmaydi. Bolalarda shu xususiyatlami tarbiyalashda maktabgacha ta’lim katta ahamiyat kasb etishi kerak.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling