O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus
O„quvchilarning nutq madaniyatini ma‟no ko„chish turlari orqali rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan dastur va darsliklar tahlili
Download 263.29 Kb.
|
xo\'jamberdiyeva shohida
O„quvchilarning nutq madaniyatini ma‟no ko„chish turlari orqali rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan dastur va darsliklar tahliliTa‘lim jarayonida ona tili darslaridagi asosiy e‘tibor o‗quvchilarning og‗zaki va yozma nutqini rivojlantirishga qaratiladi. Mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni tarbiyalash, o‗z fikr-mulohazalarini erkin, ta‘sirchan yetkazib berishda ona tili darslarining o‗rni va ahamiyati beqiyosdir. Tilshunoslikning ―Leksikologiya‖ bo‗limi so‗z va uning ma‘nodoshlarini o‗rganish bilan shug‗ullanar ekan, ushbu bo‗lim o‗quvchi so‗z boyligini oshirish va boyitish bo‗yicha katta imkoniyatlarga egadir. Leksikologiyani o‗rganish jarayonida so‗zning grammatik hamda lug‗aviy, o‗z va ko‗chma ma‘nolari, bir ma‘noli va ko‗p ma‘noli so‗zlar, umumxalq ko‗p ishlatadigan va kam ishlatadigan so‗zlar, tarixiy so‗zlar, dialektizimlar, neologizmlar, kasb-hunarga oid so‗zlar, atamalar, ibora va tasviriy ifodalar kabi hodisalar bilan tanishiladi. O‗quvchilar nutqining go‗zalligi, izchilligi, ta‘sirchanligini oshirishda ko‗chma ma‘noli so‗zlarning o‗rni va ahamiyati beqiyos ekanligini inobatga olgan holda ona tili o‗qitish jarayonida dasturlar, so‗z va uning ko‗chma ma‘nolari, ma‘no ko‗chish turlarini o‗qitish bilan bog‗liq bo‗lgan mavzular, darsliklarda ushbu mavzuga tegishli bo‗lgan mashq va topshiriqlar o‗rganib chiqildi. 2010-yil 1-iyuldagi ―Umumiy o‗rta, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida o‗qitiladigan umumta‘lim fanlari hamda oliy ta‘limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta‘minlash to‗g‗risida‖gi qarorga muvofiq yaratilgan ―Ona tili fanidan Davlat ta‘lim standartlari: uzviylashtirilgan Davlat ta‘lim standarti va o‗quv dastur‖15ida berilishicha o‗quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‗yiladigan zaruriy talab sifatida 5-sinf o‗quvchilari ―Leksikologiya‖ bo‗limini o‗rganish davomida so‗zning o‗z va ko‗chma ma‘nosi haqida ma‘lumotga ega bo‗lishi, so‗zning o‗z va ko‗chma ma‘noda qo‗llanilishini borliqni aniq va ramziy ifodalash vositasi sifatida tushuna olishi lozimligi belgilgan. Shuningdek, ushbu DTSda 5-sinf o‗quvchilari ―Leksikologiya‖ bo‗limini o‗rganar ekanlar, ushbu bo‗limda so‗zning o‗z va ko‗chma ma‘nosi, so‗zlarning o‗z va ko‗chma ma‘nolarini qiyoslash, berilgan so‗z birikmalarida so‗zning o‗z va ko‗chma ma‘nolarini aniqlay olishlari lozim bo‗ladi. So‗zning o‗z va ko‗chma ma‘nolari yuzasidan xulosa chiqarib, nasriy va she‘riy matnlarni o‗qish davomida undan so‗zning o‗z va ko‗chma ma‘nolarini aniqlay olishlari, so‗zlarni o‗z va ko‗chma ma‘nolarida qo‗llab gaplar tuza olish malakasini egallagan bo‗lishi kerak. 2017-yilda ta‘lim tizimiga kompentensiyaviy yondashuv asosida qabul qilingan Davlat ta‘lim standarti16da esa umumiy o‗rta va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida Ona tili fanini o‗qitishning asosiy vazifasi quyidagicha belgilangan: o‗quvchi shaxsini fikrlashga, o‗zgalar fikrini anglashga, o‗z fikrini og‗zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‗quvchilarda grammatikaga oid o‗zlashtirilgan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‗zning tarkibi, so‗z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; Download 263.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling