O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus


Tadqiqotning amaliy ahamiyati


Download 263.29 Kb.
bet3/24
Sana22.04.2023
Hajmi263.29 Kb.
#1379781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
xo\'jamberdiyeva shohida

Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Ishlab chiqilgan umumiy o‗rta ta‘lim, kasb- hunar va akademik litsey ta‘limi bo‗yicha tavsiyalar, o‗quvchilarga ma‘no ko‗chish turlarini o‗rgatish usullaridan ta‘lim jarayonida foydalanilgan. Natijada ta‘lim samaradorligi oshgan.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch asosiy bob, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat.

I BOB. ONA TILI TA‟LIMIDA MA‟NO KO„CHISH TURLARINI O„RGATISH USULLARINING ILMIY-METODIK ASOSLARI




    1. Ma‟no ko„chish turlari haqida nazariy ma‟lumot va uni o„qitish usullarining ilmiy-metodik adabiyotlarda yoritilishi


Tilimizdagi so‗zlarning juda katta qismi ko‗p ma‘nolidir, chunki kishilar o‗zining kundalik hayotida yangi paydo bo‗lgan tushunchalarning har biri uchun alohida-alohida so‗zlar qo‗llayveradigan bo‗lsa, so‗zlarning soni o‗ta ko‗payib ketib, ularni xotirada saqlash mumkin bo‗lmay qolardi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashib, u sekin-asta yaroqsiz holga kelib qolgan bo‗lar edi.


Shuning uchun ham har qaysi tilda sanoqli til birliklarning turli xil kombinatsiyalaridan cheksiz tushuncha va fikrlarni ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo‗lgan so‗zlarga yangi-yangi ma‘nolar yuklanadi. Natijada, ko‗p ma‘noli so‗zlar maydonga keladi. Masalan,
tosh” so‗zi dastlab ―qattiq‖, ―sovuq jism‖ ma‘nosida qo‗llangan: Yolda tosh yotibdi Keyinchalik ―qattiqlik‖ ma‘nosini faollashtirib, tosh bagir, bagritosh birikmalarida bag‗irning sifatlovchisi vazifasida ko‗chma ma‘noda qo‗llanila boshlangan. Yoki “ko„z” so‗zi dastlab faqat ―tirik organizmning qavariq shaklga ega bo‗lgan ko‗rish a‘zosi‖ ma‘nosida qo‗llangan bo‗lsa, keyinchalik ―qabariqlik‖ ma‘nosini faollashtirish asosida “daraxtning ko„zi”, ―yorug‗lik bilan ta‘minlash‖ ma‘nosini faollashtirish orqali “derazaning ko„zi” ma‘nolarida qo‗llanila boshlandi.

Download 263.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling