O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus


To'lov xujjatlari ilova qilingan bank ko'chirmalari


Download 1.3 Mb.
bet20/50
Sana08.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1755338
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
Bog'liq
ppppppp

To'lov xujjatlari ilova qilingan bank ko'chirmalari


6.3 -chizma. Xarajatlar hisobini xujjatlashtirishni sxematik ko'rinishi
Chizmadan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G'aznachiligi va uning hududiy bo'limlarida Davlat byudjeti kassa xarajatlari daftarlari byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha har bir byudjetdan mablag' oluvchi bo'yicha alohida yuritiladi.
Xarajat turlari bo'yicha rejali ajratilgan byudjet mablag'lari o'zgarishlari, xarajatlar turlari bo'yicha smetalarga kiritilayotgan o'zgartirishlar ro'yxati rekvizitlari ko'rsatilgan holda, tegishli yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
Keyinchalik, kassa xarajatlari hisobida, operatsiyalar amalga oshirilgan sanaga muvofiq: tegishli xarajat turlari bo'yicha summalar yoyilmasida kassa xarajatlarini amalga oshirilishida asos bo'lgan to'lov topshiriqnomalari, cheklar va boshqa tegishli hujjatlarning rekvizitlari yoziladi.
Bank hujjatlari va shaxsiy hisobvaraqdan kunlik amalga oshirilgan operatsiyalar ko'chirmaga ilovalar kiritilgandan so'ng kassa xarajatlari jami hisoblanadi va so'rovnomaga ko'ra hisobot sana boshiga rejali ajratilgan byudjet mablag'lari qoldiqlari chiqariladi.
Rejali ajratilgan byudjet mablag'lariga o'zgartirishlar kiritishda ularning qoldiqlari, kiritilgan o'zgartirishlarni hisobga olgan holda chiqariladi. Bundan tashqari, oy oxirida tegishli ravishda oylik va yil boshidan (kassa) aylanmalar jami hisoblanadi.
Moliya organlari, G'aznachilik va uning xududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari byudjet tasnifining har bir bo'linmasi bo'yicha hisobga olinadi.

  1. Respublika budjeti xarajatlarining analitik va sintetik hisobi

G'aznachilikda respublika byudjeti xarajatlari hisobi 02 "Xarajatlar" nomli hisobvaraqda yuritiladi. Ya'ni:
020 Budjet xarajatlari
Bojxona organlari g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga
023 oshirilgan xarajatlar
025 Davlatning tashqi qarzi mablag'lari hisobidan xarajatlar
Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga
028 oshirilgan xarajatlar
029 Budjetdan mablag' oluvchilarni boshqa byudjetdan tashqari mablag'lari
hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar
"Budjet xarajatlari" nomli 020-sonli hisobvaraqda Respublikasi byudjeti, Qoraqalpog'iston respublikasi va mahalliy byudjetlarning kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida davlat byudjeti xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki o'tkazilishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo'luvchi xujjat

1.

Respublika budjetining kassa xarajatlari

02
0

010

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

2.

Respublika budjetidan quyi mahalliy byudjetlarga ajratilgan dotatsiyalarni (subventsiyalar) o'zaro hisob-kitoblarga olib borish

02
0

061

Ma'lumotnoma- bildirishnoma

3.

Kassa xarajatlarini tiklash

01
0

020

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

4.

Aniqlanmagan tushumlarni Respublika budjeti kassa xarajatlarini tiklashga olib borish

04
1

020

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

5.

Budjetdan mablag' oluvchilarga berilgan summalar bo'yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlarini o'zaro hisob-kitobiga olib borish

06
1

020

Ma'lumotnoma- bildirishnoma

6.

Hisobot yilida amalga oshirilgan kassa xarajatlarini budjet ijrosi natijalari hisobvarag'iga o'tkazish

09
0

020

Buxgalteriya ma'lumotnomasi, m/o

023 - sonli “Bojxona organlari g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar” hisobvaraqda moliya yilida g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida bojxona organlari g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo'luvchi xujjat

1.

Bojxona organlari g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasiga

023

01
3

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

2.

Xorijiy valyutada bojxona organlari g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasiga

023

01
6

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

3.

Bojxona organlari g'azna depozit schyoti

023

03

To'lov xujjatlari ilova







mablag'lari hisobidan naqt pul olinishi




9

qilingan hisobvaraqdan ko'chirma, cheklar

5.

Bojxona organlari g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlarni tiklanishi

013

02
3

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

6.

Bojxona organlari g'azna depozit schyoti mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlarni natijalar schyotiga o'tkazish

097

02
3

Buxgalteriya
ma'lumotnomasi, m/o

025-sonli hisobvaraq “Davlatning tashqi qarzi mablag'

lari hisobidan xarajatlar”

Davlatning tashqi qarzi mablag'larining ishlatilishi bilan bog'liq, kassa xarajatlari hisobi bilan bog'liq operatsiyalar hisobi uchun mo'ljallangan. Bu schyotning debet tomonida Davlatning tashqi qarzi mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo'luvchi xujjat

1

Davlatning tashqi qarzi mablag'lari hisobidan xorijiy valyutadagi kassa xarajatlari

025

014

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

2

Davlatning tashqi qarzi mablag'lari hisobidan milliy valyutadagi kassa xarajatlari

025

015

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

3

Davlatning tashqi qarzi mabalag'lari hisobidan xorijiy valyutada amalga oshirilgan kassa xarajatlarini tiklash

014

025

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

4

Davlatning tashqi qarzi mabalag'lari hisobidan milliy valyutada amalga oshirilgan kassa xarajatlarini tiklash

015

025

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

5

Hisobot yilida amalga oshirilgan kassa xarajatlarini Davlatning tashqi qarzi bo'yicha mablag'lar tushumi va ishlatilishi natijalariga o'tkazish

095

025

Buxgalteriya ma'lumotnomasi, m/o

028-sonli hisobvaraq “Byudjetdan tas

iqari Pensiya

jamg'armasi mablag'lari

hisobidan xarajatlar” g'azna hisobvaraqlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy nafaqalar to'lovlariga kassa xarajatlari bilan bog'liq operatsiyalar hisobi uchun mo'ljallangan. Bu schyotning debet tomonida Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy nafaqalar to'lovlariga kassa xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo'luvchi xujjat




1.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi hisobidan naqd pul olish uchun maxsus hisobvaraqdan mablag'larni sarflash

028

038

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

2.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi hisobidan naqd pul olish uchun maxsus hisobvaraqga mablag'larni tiklash

038

028

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

3.

Aniqlanmagan tushumlarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarini tiklashga olib borish

041

028

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

4.

Hisobot yilida byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarini natijalarga o'tkazish

098

028

Buxgalteriya ma'lumotnomasi, m/o

029-sonli hisobvaraqda “Byudjetdan mablag' oluvchilarni boshqa byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar” g'azna hisobvaraqlaridan byudjetdan tashqari boshqa mablag'larning kassa xarajatlari bilan bog'liq operatsiyalar hisobi yuritiladi. Bu schyotning debet tomonida Byudjetdan mablag' oluvchilarni boshqa byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlari summasi kredit tomonida xarajatlarni hisobdan chiqarilishi yoki tiklanishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o'tkazmalari matritsasi :



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo'luvchi xujjat

1.

Budjetdan mablag' oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa
mablag'lari hisobidan kassa
xarajatlarini amalga oshirish

029

019

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

2.

Budjetdan mablag' oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa
mablag'lari kassa xarajatlarini tiklash

019

029

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

3.

Aniqlanmagan tushumlarni budjetdan mablag' oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarini tiklashga olib borish

041

029

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

4.

Hisobot yilida budjetdan mablag' oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag'lari hisobiga amalga oshirilgan kassa xarajatlarini
natijalarga o'tkazish

099

029

To'lov xujjatlari ilova qilingan hisobvaraqdan ko'chirma

Takrorlash uchun savollar

  1. Respublika budjeti xarajatlari kassa ijrosi deganda nimani tushunasiz?

  2. Moliyalashtiruvchi organlar, ularning huquqlari va majburiyatlari nimalardan iborat?

  3. Respublika budjeti xarajatlari kassa ijrosi hisobini qanday izohlaysiz?

  4. O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachiligi orqali moliyalashtirish tartibi deganda nimani tushunasiz?

  5. G‘aznachilik bo‘linmalarida moliyalashtirishni xujjatlashtirish va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish qanday amalga oshiriladi?

  6. G‘aznachilikda budjet xarajatlari hisobining qanday hususiyatlari bor?


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling