O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus


MUSTAQIL TA'LIMNI BAJARISH BO'YICHA USLUBIY


Download 1.3 Mb.
bet2/50
Sana08.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1755338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
ppppppp

MUSTAQIL TA'LIMNI BAJARISH BO'YICHA USLUBIY

KO'RSATMA

  1. GLOSSARIYLAR

  2. ILOVALAR

Fan dasturi
Ishchi fan dasturi
Tarqatma materiallar
Testlar
KIRISH
Mamlakatimizda davlat moliyasi sohasida institutsional islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar negizida dastlab davlat budjeti ijrosiga jahon tajribasida sinalgan, budjet mablag'laridan samarali foydalanishni ta'minlovchi g'aznachilik tizimi joriy qilindi.
Shu nuqtai nazardan fan o'sib kelayotgan yosh avlodga, xususan iqtisodiy yo'nalishlarda ta'lim oluvchi talaba yoshlarga davlat budjeti g'azna ijrosining mohiyati va ahamiyati, O'zbekiston budjet amaliyotiga g'aznachilik tizimini joriy etish bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi va uning hududiy boshqarma va bo'limlari faoliyati, g'aznachilikda budjet tashkilotlarini mablag' bilan ta'minlash yuzasidan nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga mo'ljallangan.
“Budjet g'azna ijrosi hisobi” fanidan tayyorlangan mazkur O'quv-Uslubiy Majmua bakalavr ta'lim yo'nalishlarida o'qitiladigan fanlar bo'yicha yaratilgan Davlat Ta'lim Standartlariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan bo'lib, “Budjet g'azna ijrosi hisobi” fanidan ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar olib boruvchi professor-o'qituvchilar va oliy ta'limning bakalavriat bosqichida ta'lim oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan. O'UM tarkibiga kirgan fan dasturi, fan bo'yicha tasdiqlangan ishchi dastur asosida ishlab chiqilgan hamda bakalavriat ta'lim yo'nalishlari o'quv jarayoni grafigiga to'liq mos keladi.
Fan yuzasidan ishlab chiqilgan mustaqil ishlar mavzulari fan dasturiga kirgan nazariy mavzular bilan birgalikda, g'aznachilik amaliyoti bilan bevosita bog'liq bo'lgan, talabalarni ilmiy izlanishga undovchi mavzular bilan boyitilgan hamda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida davlat moliyasi sohasidagi islohotlarning ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan mavzular hisobiga kengaytirilgan.
“Budjet g'azna ijrosi hisobi” fanini chuqur o'rganish budjet, moliya, soliq, g'aznachilik va boshqa sohalar muammolarini hal qilishda muhim rol o'ynaydi

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling