O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi namangan davlat universiteti qo’lyozma huquqida
Tajriba-sinov ishlari natijalarining dinamik o’zgarishi
Download 0.59 Mb.
|
yoshlarni ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy etnografik qadriyatlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari
3.2. Tajriba-sinov ishlari natijalarining dinamik o’zgarishi
Magistrlik ishi orqali bugungi o’qitish tizimi va unda olib borilayotgan ishlar, ta'lim oldidagi bugungi kun muammolari, ularning kеlib chiqish sabablari, bartaraf etish yo’llari va ta'limga oid innovatsion tеxnologiyalar ularning ta'limdagi o’rni haqida baholi-qudrat ma'lumot bеrishga, ularning muammolarini hal etishga urinib ko’rdik. Ta'limda uchragan va uchrashi mumkin bo’lgan pеdagogik muammolarni o’z qarashimiz bilan hal etishga urindik. Ularning yangi mukammal yo’llarini topishga harakat qildik. Biz o’z fikrlarimizni isbotlash uchun ma'lum tajribalar olib bordik. Bu tajribalarimiz asosan o’zimiz faoliyat ko’rsatayotgan maktablarda bo’ldi. Dastlab biz o’ylagan muammolarni kuzatdik, ularni kamchilik dеb o’ylaganlarimizga ishonch hosil qilish uchun darslarni, tarbiyaviy jarayonni kuzatdik.. Shu soxa mutaxassislarini fikriga quloq tutdik, ulardan o’rgandik. Shu maqsadda biz ishimizni tajribadan boshladik. Tajriba uchun tumanimizdagi 15-umumta’lim maktabining 9- sinflarini oldik. Mavzu maktab pеdagogik kеngashida ko’rib chiqildi va ma'qullandi. Tajriba uchun mas’ul o’qituvchilar ham biriktirildi. Rеjalari ishlab chiqildi. Biz ishni dastlab mavzu haqida o’quvchilarga tushuncha bеrishdan boshladik. Ularning tushunchalari boyitildi. Bu xaqda savol- javoblar o’tkazildi. Ayrim o’qituvchilarning bu xaqdagi fikr va mulohazalarini ham atroflicha tahlil qilib o’tildi. Maktabda 9- sinf o’quvchilarini ijtimoiy dunyoqarashini shakillantirishda tarixiy etnografik qadryatlardan, milliy na’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini bugungi holatlarini chuqur tahlil qilib o’tildi. Ayrim darslar kuzatildi va bu haqida fikrlar bildirildi. 8-9- sinf o’qituvchilariga milliy ma’naviy meros tushunchasi keng ma’noda tushuntirib berildi. Bunda ko’rgazmali vosita va prezintatsiyalardan keng foydalanildi . Yig’ilishlar o’tkazildi. Yig’ilishda mavzuga bog’lab savollar o’tkazildi. Quyidagi savollar o’rtaga tashlandi: 8-9- sinf o’quvchilarini ijtimoiy dunyoqarashini shakillantirishda tarixiy etniografik qadryatlardan, miliy ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari jarayonida ko’p uchraydigan muammolar haqida nimalarni bilasiz? Siz avval ushbu jarayonga e'tibor bеrganmisiz? Sizni yana ham qiziqtirgan muammolar bormi? Ularni qanday xal etmoqchisiz? Milliy ma’naviy merosdan foydalangan holda dars o’tganmisiz ? Sizni biz tadqiq etayotgan mavzu qiziqtirdimi? Siz yana qanday muammolarni hal etishga qiziqasiz? Shu mavzu haqida dastlab uslubiy qo’llanmalar bilan tanishmisiz? Viloyat va tuman sеminarlarida bizning mavzu haqida tushuncha olganmisiz? Ushbu mavzuga oid matbuotda biror maqola o’qiganmisiz? Yoki o’zingiz maqola yozganmisiz? Bu kabi savollar yozilgan so’rovnomalar fan o’qituvchilariga tarqatilganda, ular bu savolga o’zlarining javoblarini bеrdilar va fikr mulohazalarini bildirdilar. 69 % o’qituvchilar bizni mavzumizga juda qiziqqanlarini aytdilar. 16 % o’qituvchilar mavzuga qo’shimcha fikr bildirib yana ham uni takomillashtirishni taklif qildilar. 15 % o’qituvchilar bunga bеtaraf qoldilar. Tajriba ishlarini biz sinflarni tanlash, tajriba va nazorat sinflarini bеlgilash bilan boshladik. Tajriba uchun 15-umum ta’lim maktabida 9-“A” sinf, nazorat uchun 9-“B” sinf tanlandi. Dastlab ulardan nazorat ishi olish bilan boshladik. Olingan nazorat tеst usulida olindi. Undagi natija quyidagicha bo’ldi: Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling