O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Download 6.15 Mb.
bet24/96
Sana17.10.2023
Hajmi6.15 Mb.
#1706325
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96
Bog'liq
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ

Neft konini ishlash sistemasi deb, ishlash ob`ektini; ularni burgilash va jixozlash sur`ati tartibini; qatlamlardan neft va gaz olish maqsadida ta`sir etish zarurligini; xaydash va olish burgilash quduqlari sonini, nisbatini va joylashtirishni; rezerv burgilash quduqlari sonini; koni ishlashni boshkarishni; er ostini va atrof muxitni ximoya qilishni aniqlovchi bir - biriga bog’lik muxandislik qarorlari majmuasiga aytiladi. Koni ishlash sistemasini tuzish yuqorida ko’rsatilgan muxandislik qarorlari majmuasini aniqlash va amalga oshirishni bildiradi.
Bunday sistemani tuzishni muxim tarkibiy qismi ishlash ob`ektlarini ajratish. Shuning uchun ushbu savolni mufassal ko’rib chiqamiz. Oldindan aytish mumkinki, birinchi qarashda xamma vaqt bir ishlash ob`ektiga iloji boricha ko’p qatlamlarni birlashtirish foydali ko’rinadi, chunki bunday birlashtirishda konni to’lik ishlash uchun xam burgilash quduqlari kerak bo’ladi. Biroq, bir ob`ektga xaddan ziyod qatlamlarni birlashtirish neft beraolishlikda jiddiy yuqotishlarga va yakuniy xisobda ishlashni texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlarni yomonlashuviga olib keladi.
3.3. Ishlash ob`ektlarini ajratishda quyidagi ko’rsatkichlar ta`sir etadi.

1. Neft va gaz kollektorlari - jinslarning geologik - fizik xossalari. O’tkazuvchanligi, umumiy va samarali qalinligi, xamda xar xilligi bilan keskin farq qiluvchi qatlamlarni ko’p xollarda bir ob`ekt sifatida ishlash maqsadga muvofiq emas, chunki ular maxsuldorligi, ishlash jarayonidagi qatlam bosimi bo’yicha va natijada quduqlarni ishlatish usuli, neft zaxiralarini olish sur`ati, maxsulot suvlanganligini o’zgarishi bo’yicha jiddiy farq qilishi mumkin. Qatlamlarni maydonli xar xilligida turli burgilash quduqlari to’ri samarali bo’lishi mumkin, shuning uchun bunday qatlamlarni bir ishlash ob`ektiga ko’shilish maqsadga muvofiq emas. Aloxida kam utkazuvchanlik va yuqori o’tkazuvchanlik qatlamchalar bilan boglik bo’lgan, vertikal yunalish bo’yicha katta xar xil qatlamlarda gorizontlik yunalishida qoniqarli qamrab olish qiyin bo’ladi. Buynday xollarda faol ishlashda faqat yuqori o’tkazuvchanli qatlamchalar ishtiroq etib, kam o’tkazuvchanlik qatlamchalarga, qatlamga xaydalayotgan omil (suv, gaz) ta`sir etmaydi. Bunday qatlamlarni ishlash bilan qamrab olinganligini oshirish maqsadida ularni bir necha ob`ektlarga bo’lishga xarakat qilinadi.


2. Neft va gazni fizik -kimyoviy xossalari. Ishlash ob`ektlarini ajratishga neftlarning xossalari muxim axamiyatga ega. Neftning qovushqoqligi jiddiy farq qiluvchi qatlamlarni bir ishlash ob`ektiga qo’shish maqsadga muvofiq emas, chunki ularni burgilash quduqlarini turli sxemalarda va zichlikda joylashtirilgan, xamda er ostidan neft olishni turli texnologiyalardan foydalanib ishlash mumkin. Parafin, oltingugurt, suvchil, qimmatbaxo uglevodorod komponentlari va sanoat miqyosidagi boshqa foydali qazilmalar miqdorini keskin farq qilishi xam qatlamlarni bir ob`ekt sifatida ishlashga jalb qilib bo’lmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Bunga sabab qatlamlardagi neftni va boshqa foydali qazilmalarni olishda turli texnlogiyalar qo’llanilishi mumkin.
3. Uglevodorodlarni fazaviy holati va qatlamlar rejimi. Vertikal yo’nalish bo’yicha bir biriga nisbatan yaqin masofada yotgan va o’xshash geologik - fizik xossali turli qatlamlarni ayrim xollarda, qatlam uglevodorodlarini fazaviy holati va qatlam rejimlari turli bo’lganligi natijasida bir ishlash ob`ektigа qo’shib bo’lmaydi. Agar, bir qatlamda yirik gaz qalpoqli bo’lsa, boshka qatlam tabiiy taranglik suv tazyikli rejimda ishlashda bo’lsa, ularni bir ishlash ob`ektiga birlashtirish maqsadga muvofiq bo’lmasligi mumkin, chunki ularni ishlash uchun burgilash quduqlarini turlicha joylashtirish sxemasi va soni xamda neft va gaz olishni turli texnologiyasi kerak bo’lishi mumkin.
4. Neft konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoiti. Bir ishlash ob`ektiga qancha ko’p qatlam va qatlamchalar birlashtirilsa, ayrim qatlam va qatlamchalar neft va siqib chiqaruvchi omil chegarasini (suv - neft va gaz - neft tutash yuzalarini) nazorat qilish, texnik va texnologik amalga oshirish, shunchа qiyinlashadi, qatlamchalarga taqsimlangan ta`sir etish va ulardan neft va gaz olish jarayoni murakkablashadi. Koni ishlash jarayonini boshqarish sharoitlarini yomonlashuvi esa, o’z navbatida neft beraolishligini kamayishiga olib keladi.
5. Burgilash quduqlarini ishlashtish texnikasi va texnologiyasi. Ob`ektlarni ajratishni ayrim variantlarini qo’llashni yoki qo’llanmaslikni maqsadga muvofiqligiga ko’plab texnik va texnologik sabablar ta`sir etishi mumkin. Yuqorida ko’rib chiqilgan xar bir ko’rsatkichlarni ishlash ob`ektlarini tanlashga ta`siri albatta texnologik va texnik - iqtisodiy etilishi va undan keyingina ishlash ob`ektlarini ajratish xaqidagi qaror qabul qilinishi kerak.



Download 6.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling