O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Ma`lumot olishning vositalari
Download 6.15 Mb.
|
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
3.5.Ma`lumot olishning vositalari
Neft'-gaz koni geologiyasining tajriba yo`li vositalari quduqlar va ko`plab asbob-uskunalar orqali hamda laboratoriyalarda olinadigan natijalardir. Bu vositalar majmuasiga kern olish uchun ishlatiladigan burg’u, yonboshdan tuproq oluvchilar, qatlamdan namuna oluvchi asboblar, har xil geofizik zondlar, quduqning egriligini o`lchovchi asboblar, har xil manometr, debitomer, rasxodomer, tog’ jinslarining va undagi suyuqliklarning geologo-fizik xossalarini tadqiq qiladigan laboratoriya asboblari kiradi. Moddiy nusxalash usuli bilan qatlamga oid ma`lumotlarning ikkinchi darajali xulosalarini qo`lga kiritish mumkin. Chunonchi, quvur ichi neftga shimilgan qum bilan to`latib, uni yoqilsa va natijalar kuzatilsa, qatlamni yoqqandagi natijalar kabi ma`lumot olish mumkin. Shu modelni kuzatish va uni boshqarish bilan jarayonning qanday kechishini ko`rish mumkin bo`ladi va uni qatlamga taqqoslash mumkin hamda natijalarni qatlamga tadbiq qilish mumkin. Undan tashqari natural modellar ham tashkil qilish mumkin, bunda asosan qandaydir yangi usuldagi tadqiqotlar ayrim kichik hajmdagi sharoitda olib boriladi va natija keyin tahlil qilinib, katta hajmda qo`llanadi. Tajriba maydonida uni o`tkazish uchun geologik-sanoat sharoitlar qulay holati tanlab olinadi. Sanoat tajribasi neft'-gaz qatlamlarini qazib chiqarish jarayonida ba`zi nazariy ma`lumotlarni amalda isbot qilish va natijani loaqal o`xshatishlik asosida amalda tatbiq qilish maqsadlarida amalga oshiriladi. Nazorat savollari Qazib chiqarish jarayonvda yuqori mahsuldor linza ko`rinishidagi qatlamlarni jalb qilish uchun qanday suv haydash usuli qo`llaniladi? Neft konini ishlash sistemasi nimaga aytiladi? Ishlash ob`ektining asosiy xususiyati? Neft va gaz kollektorlari bu nima? Neft va gazni fizik -kimyoviy xossalarini ayting? Neft konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoiti nimaga bog’liq? Quduqlarni geofizik usullar bilan tadqiq qilish qanday bajariladi? Quduqning geologik kesmasini o`rganish nimaga bog’liq? Quduqning texnik holatini aniqlashda qanday asboblar qo’llaniladi? Neft'-gaz koni geologiyasida gidrodinamik tadqiqotlarning qanday turlari qo`llaniladi? Tog’ jinslarining va undagi suyuqliklarning geologo-fizik xossalarini tadqiq qiladigan qanday laboratoriya asboblarini bilasiz? Download 6.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling