O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 6.15 Mb.
|
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza-4.Neft konlaini ishlatishni loyihalashtirishning gidrodinamik asoslari
- Tayanch so`zlari
- 4.1.Konni ishlash tartibi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Бойко В.С. Разработка и эксплуатация нефтяных месторождений. -М.: Недра, 1990. 2. Муравьев В.М. Эксплуатация нефтяных и газовых скважин. -М.: Недра, 1973. 3. Ю.Ж.Желтов. Разработка нефтяных месторождений. -M.: Недра, 1986. 4. В.И. Технология и техника добычи нефти. -М.: Недра, 1983. Ma’ruza-4.Neft konlaini ishlatishni loyihalashtirishning gidrodinamik asoslari Ma`ruza rejasi:4.1.Konni ishlash tartibi 4.2.Neftli konlarni ishlash tizimi 4.3.Neftni suv bilan siqib chiqarish nazariysi 4.4.Har xil geologik sharoitlarda suv bostirish usuli 4.5.Neft' konlarini ishlashni loyiqalashtirishning asoslari 4.6. Neft' gaz koilarini ishlash sharoitlarini tarxlash 4.7.Qatlamlar va suyuqliklarning xar xilligiii hisobga olish 4.8. Neft konlarida qatlam bosimini saqlashda suv ta'minoti 4.9. Qatlam bosimini saqlash va neft beraolishlikni oshirishning gazli usullari Tayanch so`zlari Kon, suv haydash usuli, quduq ishlatish ob`ektining geologik holati, uyum, struktura xaritasi, g’ovaklik, o`tkazuvchanlik, neft'-gazga to`yinganlik ko`rsatkichlari, termobarik sharoitlar, ostki suvlar, karbonat kollektorlari, qatlam suvlari, qatlam siquvi kuchlari, suv bostirish usuli, chegara tashqarisiga suv haydash, chegara ichiga suv haydash, quduqlar maydon bo'ylab suv haydash, suv taranglik rejimi, tasmasimon uyum, doirasimon uyum, gidrodinamik usullar, statistik usullar. 4.1.Konni ishlash tartibi Har bir kon maxsus ilmiy-tekshirish tashkilotlari tomonidan tuzilgan loyiha asosida ishga tushiriladi. Bu loyiha xalq xo`jaligining rivojlanishi bilan muqobil bo`lgan qolda iqtisodiy taraqqiyot talablariga javob berishi lozim. Konni ishlash tartibi deb neft', gaz, kondensat va ular bilan birga chiqadigan maqsulotlarni qazib chiqarishda bajariladigan texnologik va texnik jarayonlar majmuasiga va bu jarayonni boshqarishgа aytiladi. Qazib chiqarilishi lozim bo`lgan qatlamlarning soniga, qalinligiga, turlariga hamda joylashgan chuqurligiga, gidrodinamik xususiyatlariga qarab geologik kesma miqyosida bir va bir nechta qazib chiqarish ob`ekti ajratiladi, qazish tartibi shuni taqazo etadi. Konda ikki va undan ortiq ob`ekt mo`ljallanadigan bo`lsa ularni qazib chiqarishning oqilona turi tuzilgan qolda, konni qazib chiqarishning butunligicha oqil turini tanlash maqsadga muvofiqdir. Qazib chiqarishning oqilona nusxasi deb, xalq xo`jaligi rejalariga javob beradigan, hamda eng kam xarajat talab qilgan holda er bag’ridan eng ko’p mahsulot chiqarilish tartibiga aytiladi. Albatta bunda tabiat va er bag’ri boyliklarini muqofazasi, tumaning sanoat va iqtisodiy xususiyatlari, qatlamning tabiiy imkoniyatlari va lozim bo`lsa sun`iy ta`sir etish usullarini qo`llash inobatga olinishi darkor. SHuni aloqida qayd etish lozimki, qirqinchi yillarning o`rtalaridan boshlab, ba`zi neft' konlarida qatlamga suv haydash texnologiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bular o`sha vaqtlarda Boshqirdiston va Tatariston neft' konlari: To`ymaza, Romashkino, Shkapovo, Bovli va boshqalarda boshlandi (o`sha vaqtlarda Farg’ona vodiysidagi Xo`jaobod neft' konining VIII gorizontida ham suv qaydash qo`llangan edi), keyinchalik boshqa neft' o`lkalarida ham qo`llanish kengaya boshladi. Shuni e`tiborga olish lozimki, suv haydash usuli bilan neft' olinganda qazilgan umumiy quduqlar soni oddiy usuldagiga nisbatan anchagina kam bo`lib, olinadigan natija miqdori ancha ortiqligi ma`lum bo`lgan edi. Bu usul ayniqsa qovushqoqligi kam neftlarda yaxshi natija beradi. Lekin kollektorlik xossalari notekis bo`lgan va nefti qam quyuq bo`lgan qollarda qam qqllangan usuldan olingan natija oddiy usuldagidan ikki marta ortiq bo`ladi. Keyingi vaqtlarda dunyodagi neft' qazib chiqaruvchi mamlakatlarda neft' chiqarishda suv bostirishdan tashqari umuman yangi usullarni qo`llash ustida ko`plab ishlar olib borishmoqda. Bunda asosan neftni qatlam kovaklaridan yuvib chiqarish jarayoniga mos keladigan yangi fizik-kimyoviy xossalarga ega bo`lgan suyuqliklar qo`llashga harakat qilinmoqda. Ular aksariyat qimmatga tushadi, lekin qatlamda qolib ketadigan neftning miqdori anchagina kamayishi e`tiborga loyiqdir. Uglevodorod konlarini qazib chiqarish tartibi asoslarini tanlashda texnologik holatni geologik nuqtai-nazardan asoslash kerak. Buning uchun: 1) ko`p qatlamli konlarda ishlatish ob`ektlarini ajratish; 2) qatlamni tabiiy rejimda qazib chiqarish yoki unga sun`iy ta`sir etish usullari qo`llanishi lozimligini aniqlash; 3) agar unga sun`iy usul qo`llanadigan bo`lsa, qo`llaniladigan usulning oqilona namunasining tuzilishini, oluvchi va haydovchi quduqlarning joylashish o`rinlariii belgilash; 4) quduqlar zichligini belgilash; 5) ishlatish ob`ektidagi bosim gradientini belgilash; 6) qazib chiqarish jarayonini boshqarish va nazorat qilish tadbirlarining yig’indisini ma`qullash taqozo etiladi. Yuqorida keltirilgan moddalar bo`yicha ishlatish ob`ektining geologik holatini aks ettiruvchi hukmlar qabul qilnishi lozim. Bunda bir modda bo`yicha qabul qilingan qolat boshqasiga aynan to`g’ri kelmasligi mumkin, shuning uchun unday qollarda bir-biriga yaqin bo`lgan bir nechta ko`rinishlardagi qolatни tavsiya etiladi. Xuddi shu maqsad uchun qam mutaxassislar gidrodinamik qisoblarni bir necha ko`rinishda ifoda etadilar va shular orasidan oqilona natija ko`rsatuvchisi joriyga qabul qilinadi. Albatta bunda yillik texnologik va iqtisodiy ko`rsatkich-lar bizga oqil nusxani tanlashda omil vazifasini o`tashi darkor. Bunday vazifalarni bajarishda mamlakatimiz konlarini qazib chiqarish tajribasini umumlashtirgan bir qator olimlarimizning tajribasi shuni ko`rsatadiki, qazib chiqarishning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarigа asosiy ta`sir qiluvchi omillar ob`ektlarning geologik xususiyatlari ekanligi aniq. SHu bilan birga qazib chiqarish tartibini belgilashda qo`lga kiritilgan yutuqlar ba`zan geologik qolatlarda mavjud bo`lgan kamchiliklarni qam tekislash imkonini berishi mumkin. Ishlatish ob`ektlari va qazib chiqarishning oqilona namunalarini tuzish loyiqalash iisharigachа tuzilgan xar bir uyumning geologik nusxasiga asoslanadi. Geologik nusxa esa bu soqada uyum uchuн tuzilgan butun xarita va chizmalar, qar xil ko`rsatkichlarni qamda ular orasidagi munosabatlarni bildiruvchi jadval va chizmalar, ko`rsatkichlardan tashkil topgan bo`ladi. Bular bilan birga uyumning xususiyatlarini ko`rsatuvchi ta`rif qam mavjud bo`lishi kerak. CHizma ma`lumotlar orasida konning litologik - stratigrafik kesmasi, taqqoslashning mufassal sxemasi, ishlatish ob`ektining tektonik holatini ko`rsatuvchi struktura xaritasi uyumlarning chegarasи tushirilgan kollektor yuzasining xaritasi, neft'-gazlar yotishini ifodalovchi ishlatish ob`ekti kesmasi, kollektorining taqsimlanish xaritasi umumiy qalinlik xaritasi, samarali qalinlik xarita va neft' hamda gaz bilan shimilgan qalinlik xarita bo`lishi shartdir. Undan tanshqari suv neft' va gaz-suv chegaralarini ko`rsatuvchi chizmalar, kollektorning tarqalish xaritasi, harorat xaritasi, o`tkazuvchanlik xaritasi va shu kabilar ham bo`lishi lozim. G’ovaklik, o`tkazuvchanlik, neft'-gazga to`yinganlik ko`rsatkichlari, umumiy neft'-gazga shimilganlik qalinliklar, qatlamdagi neft', gaz, kondensat va suvlarning xossalari raqam, qamda jadval ko`rinishida keltiriladi. Bularning hammasi qancha tadqiqot, nechta namuna asosida tuzilganligi albatta ko`rsatilishi shart, undan tashqari quduqlarning tadqiq soni qam shunga kiradi. qatlamlarning notekisligi har xil ierarxik darajada: ob`ektning hamma qismi va umumiy ko`rsatkichlari o`rganilayotgan mezo, makro va meta darajalarda baholanadi. Raqamli ko`rsatkichlarga qatlam o`tkazuvchanligining statistik qatorlari, qatlamning meta va makro xilma-xilligi, (kollektorlar bo`yicha xilma-xillik, qumlilik koeffitsienti va sh.k.) termobarik sharoitlar, qatlamdan siqib chiqarish sharoitining gidrodinamik natijalari va shu kabilar kiradi. Shular qatori eng muhim raqamli ko`rsatkichlarga qatlamdan neft'-gaz, kondensat zaqiralari neftli maydon o`lchami (kengligi, uzunligi, balandligi) o`rta darajada o`lchanuvchi sof neftli, neft'-suvli, gaz-neftli, neft'-gazli, gaz-suvli zonalar ko`rsatiladi. Undan tashqari neft'-gazlar fizik xossalarining bosim va haroratga bog’liqligini ko`rsatuvchi chizmalar, ularni siqib chiqarishligining o`tkazuvchanlikka munosabati kabi ko`rsatkichlar keltiriladi. Geologik namunaning ta`rifini yozishda esa, geologik rejimlarning ta`rifi va uyumning geologo-fizik tavsilotlari, qazib chiqarish tartibini ko`rsatish uchun qabul qilingan texnologik ko`rsatkich va ulardan qutilishi mumkin bo`lgan natijalar keltiriladi. Download 6.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling