O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Neftni issiq suv bilan siqib chiqarish


Download 6.15 Mb.
bet51/96
Sana17.10.2023
Hajmi6.15 Mb.
#1706325
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96
Bog'liq
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ

Neftni issiq suv bilan siqib chiqarish - bu usul aksariyat ma`lum bir haroratda qatlamda parafin o`tirib qolishi mumkin bo`lgan sharoitda qo`llanadi. Bunda albatta qatlamga haydaladigan suvning harorati qatlam haroratidan yuqori bo`lishi va o`sha o`tirgan parafinlarni eritib, neftning harakat yo`lini ochishi darkor. Bu usulning foydasi bug’ haydaganligidan ancha kam, undan tashqari yaxshi natija olish uchun qatlam g’ovakligi hajmidan 3-4 marta ortiq hajmda issiq suv haydash lozim bo`ladi. Qatlamda bu usulni tatbiq etish sharoitlari avvalgi usuldagi sharoitlarga mos keladi.
Termokimyoviy usullar - neftning qatlam sharoitida "yonishi" tufayli paydo bo`ladigan qo`shimchа quvvatdan foydalanishga asoslangan.
Bu usulning ikki xil ko`rinishi mavjud.
Birinchisi "quruq" yonish deb ataladi. Bunda quduq tubiga havo yuborilib, uning bag’ridan neft' yoqiladi va havo doimiy ravishda quduqqa yuborib turishi natijasida yonish ma`lum yo`nalish bo`yicha bir front bo`ylab davom etaveradi va shunday qilib neftni olishi lozim bo`lgan quduqlar tomon harakat bo`laveradi. Buni doimo uzluksiz davom ettirish uchun ko`p miqdorda havo haydash lozim bo`ladi.
Ikkinchi usul namlik sharoitida yonish deb ataladi. Bunda qatlamga havo bilan birga ma`lum nisbatda suv yuboriladi. Bunda yonish jarayoni sodir bo`ladigan zonaning oldida issiq suv harakatga keltiriladi. Bu usulda havoning ishlatilish miqyosi ham ancha kamayadi hamda issiq suv o`zining yuvuvchanlik vа erituvchanlik xususiyatlari bilan jarayoning foydasini oshiradi. Bu usullarning samaradorligini oshirish uchun ularning qo`llanishi chuqurligi 1500-2000m dan ortmasligi, qatlamning o`tkazuvchanliga 0,1 mkm2 dan kam bo`lmasligi va qo`llanishi lozim bo`lgan qatlamning neftga shimilganlik darajasi 30-35 % dan kam bo`lmasligi taqozo etiladi. Neftning qovushqoqligi har qancha bo`lishi mumkin (10-1000 MPa*s va undan ortiq).
Qatlamning qalinligi 3-4m dan kam bo`lmasligi lozim, ba`zi mutaxassislarning fikricha, o`rtachа o`tkazuvchanlik mavjud bo`lgan sharoitida uning qo`llanishi 70-80m gacha muvaffaqiyatli bo`lishi mumkin. Shuni e`tiborga olish kerakki yonish tufayli uning ta`sirida oz o`tkazuvchanlikka ega qatlamchalar ham undan ta`sirlanishi va yaxshi natijalar berishi mumkin.
Yonish tufayli 700°C va undan ortiq harorat hosil bo`lishini inobatga olib, uni faqat terrigen kollektorlarda qo`llash tavsiya etiladi, chunki karbonatlar bu haroratda parchalanish va o`z tuzilishini keskin o`zgartirishi mumkin. Namlik bilan olib borilgan yoqishda harorat 400 -500° C va hatto 200-300°C orasida bo`lishi mumkin. Bu usulni karbonat tog’ jinslarida qo`llasa bo`ladi. Bu usulni har qanday quduqlar joylashishi sharoitida qo`llayverish mumkin, namli yonish sharoitida kattagina masofani qamrab olganda, demak har bir quduqqa 16-20 ga to`g’ri kelganda ham foydali bo`ladi.

Download 6.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling