O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Suyuqlik olishning sur`ati


Download 6.15 Mb.
bet72/96
Sana17.10.2023
Hajmi6.15 Mb.
#1706325
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96
Bog'liq
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ

10.2.Suyuqlik olishning sur`ati

Olinadigan maqsulotni suv bosishi sharoitida etarli darajada neft' olishga erishish uchun suyuqliк miqdorini oshirish taqozo etiladi.


Zsuyuq = (Qsuyuq/Qo.m.n.) - 100 %,
bu erda: Zsuyuq-suyuqlikni olish sur`ati;
Qsuyuq-suyuqlikning yillik olinishi;
Qo.m.n.-olinishi mumkin bo`lgan neft' zaqiralari.
Qatlamdagi suyuqlik olishning oqilona o`zgaruvchanligi undan olinuvchi neft' miqdoriga va suv bosuvchanlikka bog’liq bo`lib, bularning qammasi qatlamning geologik sharoitlariga va ulardagi suyuqliklar xossalariga bog’liqdir.
Kam qovushqoqlikka ega neft' konlarini qazib chiqarish jarayonida suyuqlik olishning o`zgarishi ayniqsa uchinchi bosqichda ajralib turadi.
Ko’p yillik tajribalarni umumiylashtirish natijasi shuni ko`rsatadiki, uchinchi bosqichdagi yillik suyuqliк olish darajasi va uning o`zgarishi uch xil yo`nalishda namoyon bo`lishi mumkin: 1) suyuqlik olishninг kamayishi; 2) ikkinchi bosqichda suyuqlik olinish darajasining saqlanishi; 3) suyuqlik olinishninг doimiy o`sishi, natijada ikkinchi bosqichdagi darajadan 1,5-2,5 marta ortishi mumkin.
Uchinchi bosqichda suyuqlik olishning kamayishi katta bo`lmagan yuqori maxsuldorlik xususiyatiga ega konlarga xos bo`lib, ikkinchi bosqichda yuqori sur`at bilan maqsulot olingan va unda maqsulotning suv miqdori kam bo`lganligi e`tiborga loyiqdir.
Uchinchi bosqichda ikkinchi bosqichda olingan suyuqlik-ning barqarorligini saqlash yuqori maqsuldorlik xususiyatla-riga ega katta konlarga mansub xususiyatdir. Bularda uchinchi bosqichning oxiriga borib maqsulotning suv miqdori 50-70% ni tashkil etadi va ikkinchi bosqichda neft' olish sur`ati olinishi mumkin bo`lgan neft' zaqirasining 6-7% ga etadi.
Uchinchi bosqichda suyuqlik olishning doimiy o`sishi o`zgaruvchan fizik xossalarga ega bo`lgan kollektorli va ancha katta suv-neft' zonasiga ega bo`lgan konlarga xosdir. Bularda o`tkazuvchanliк past, natijada ikkinchi bosqichda mahsulot olishda yuqori ko`rsatkichlarga - erishilmagan, mahsulotning suv bosganligi 70-85% ga etgan. SHuning uchun ham bularda suyuqlik olishni oshirib, shu bilan birga ko`pgina neft' ham chiqariladi.
Qatlamda yuqori ko`rsatkichli qovushqoqlikka ega bo`lgan konlarni qazib chiqarish jarayonida, ikkinchi bosqichda suvning miqdori 40-50% ga etgan bo`lib uchinchi bosqichning oxirida esa bu ko`rsatkich 90-95% ga etadi. SHu sababdan bunday konlarni qazib chiqarish jarayonida birinchi bosqichning oxiridan boshlab suyuqlik olishni jadallashtiriladi va ikkinchi bosqichda suyuqlik olish neftga nisbatan 4-6 baravar ortiq bo`lishi mumkin.
To`rtinchi bosqichda ob`ektlardan suyuqlik olishning sur`ati uchinchi bosqich oxiridagi darajada davom ettiriladi.
Kon bo`yicha oqib o’tadigan suv miqdori va pirovard neft' beruvchanlik ma`lumki, neft' qatlamdagi g’ovaklarga tarqalgan bo`lib, ularni suv bilan qaydab chiqarish qatlamning geologik-fizik xossalariga hamda suyuqliklar (neft' va suvning) xossalariga chambarchas bog’liqdir. Ishlatiluvchi ob`ektning tuzilishidagi xilma-xillik qam bu narsaga katta ta`sir qiladi va xilma-xillik ortgan sari neft' qaydab chiqarish murakkablashadi va og’irlashadi.
Qatlamdagi neftning olinish koeffitsienti bilan olib o`tgan suvning miqdori orasidagi tahlil qilish maqsadida yuqorida keltirilgan to`rt xil sharoitdagi va ularning qazib chiqarish sharoitlarini bir-biriga solishtirilib chizma chizil-sa egri chiziqlarning boshlanishi to`g’ri chiziqdan iborat bo`lib, suvsiz ishlash davrini bildiradi. Mahsulot tarkibida suv paydo bo`lishi bilan to`g’ri chiziqdar egri chiziqlarga aylanadi. Qatlamning geologik-fizik xossalari yomonlashuvi bilan undan o`tadigan suvning hajmi 1,5-2 dan 6-7 gacha o’sadi. Yuqori mahsuldor qatlamdan bir hajm suv o’tgan holatda zahiraning asosiy qismi olib bo`linadi, ikkinchi hajm qatlamdan o`ta boshlagan sharoitda olingan neftning miqdori ozgina. Uyumlarning xususiyatlari yomonlashgan sari undan o`tgan hajm suvning samaradorligi ortib boraveradi va miqdori ham ortadi. Lekin suv bilan har qancha ko`p yuvilishiga qaramay bunday kon olingan neftning umumiy miqdori past ko`rsatkichga ega bo`ladi. Chunonchi, yuqori fizik-geologik ko`rsatkichlarga, demak, yuqori mahsuldorlikka ega bo`lgan konlardagi neft' beruvchanlik koeffitsienti 0,6-0,7 ni tashkil qilgan bo`lsa, notekis xususiyatli kollektorlardagi kam qovushqoqli neftlar uyumlarining neft'beruvchanlgi 0,5-0,55 ga tengdir. Yuqori qovushqoqli neftga ega bo`lgan konga 7-8 hajm suv kirishi 0,4-0,45 ko`rsatkichli neft' beruvchanlikni ta`minlaydi xolos.
Keltirilgan ma`lumotlardan shunday xulosa chiqadiki, neft' konlarini qazib chiqarish jarayonidа ularning xususiyatlari va sharoitlariga qarab yuqoridagi boy tajribaga amal qilish maqsadga muvofiqdir.



Download 6.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling