O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Rasm-9.4.Suyuqlik qum aralashmasi yopdamida perforatsiya qilish chizmasi


Download 6.15 Mb.
bet69/96
Sana17.10.2023
Hajmi6.15 Mb.
#1706325
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96
Bog'liq
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ

Rasm-9.4.Suyuqlik qum aralashmasi yopdamida perforatsiya qilish chizmasi.

Suyuqlik va qum aralashmasi abraziv xossalariga ko'ra yo'naltirgichli mahsus perforator yordamida katta bosim ta'sirida bu aralashma haydalishi natijasida mustahkamlovchi quvur va cement halqasi kesilib, qatlamdan quduqqa yo'l ochiladi.


Bu usulni qo’llashda abraziv material sifatida diametri 0,5 - 0,8 mm bo'lgan kvarts qumi ishlatiladi. Bu qumning suyuqlikdagi kontsentratsiyasi 50 - 100 g/dm3 ni tashkil etadi.
Suyuqlik - qum apalashmasini bir uzatgich orqali haydash tezligi 3 - 4 m/s. Bu holatda uzatgichdagi bosimlar ayirmasi 18,5 - 22 MPa va suyuqlik oqimi tezligi 200 - 300 metrga teng.
Quduqlarni torpedalash ham mexanik usullapidan biri hisoblanib, unda quduq mahsulotini oshirish maqsadida portlovchi modda bilan zaryadlangan torpeda mahsuldor qatlam qarshisida portlatilib, quduq diametpini oshiradi va bir qator darzliklar hosil qiladi.
Portlovchi modda sifatida tpotil, tetpil, geksogen, nitpoglitsepin va boshqalar ishlatiladi.
Quduq tubiga issiqlik usullari bilan ta'siq etish ayniqsa parafinli va mumli neftlarni ishlatishda qo'l keladi.
Issiqlik natijasida quvur hamda quduq devorida va tub qismida qotgan parafin va qum eritilib yer yuzasiga ko'tariladi. Hatijada quduqning mahsulot miqdorini oshirish imkoniyati paydo bo'ladi.
Quduq tubini elektp isitkichlar yordamida, bug’ issiq neft va neft mahsulotlari yordamida hamda termokimyoviy usulni qo’llab isitish mumkin.
Elektr isitgich nasos - kompressor quvurlariga ulab, kabel-tros yordamida kerakli chuqurlikka tushirilib, uning yordamida hisobdagi muddat bo'yicha quduq isitiladi. Isitilish opyeratsiyasi tugagach, elektr isitgich quduqdan chiqarilib olinadi va quduq odatdagiday ishga tushiriladi.
Boshqa holda 15 - 30 m3 hajmdagi neft, gaz kondensati, kerosin yoki dizel yonilg’isi 90 - 95 0S gacha isitilib, nasos yordamida quduqqa haydaladi. Natijada quduq devori va tubini neftning og’ir komponentlaridan tozalash mumkin.
Quduqqa, shuningdek isitilgan suv bug’ini haydab, issiqlik quduq va qatlamga tarqalishi uchun quduq bir necha soatga to'xtatiladi. Bu muddat tugagach, quduqni odatdagiday ishga tushirish mumkin. Termokimyoviy usulni qo’llashda quduqqa issiq kislota haydaladi. Natijada ikki tomonlama samaraga erishish mumkin: ham kislota bilan tog’ jinslari orasidagi reaktsiya natijasida o'tkazuvchanlikni oshirish hisobiga, ham issiq kislota yordamida parafin va mum eritilib quduq tozalanadi.
Nasos kompressor quvuriga mahsuspeaktsion uzatgich ulanib, unga magniy joylashtipiladi. Kislotani haydash japayonida u avval magniy bilan peaktsiyaga kirishib, katta issiqlik (470 kilojoul) ajratadi va qatlamga issiq kislota haydaladi.

Download 6.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling