9.1.Quduq tubiga ta'sir etish usullarining qisqacha tavsifi
Quduqlarni ishlatish jarayonida vaqt o'tishi bilan bu quduqlarning mahsulot miqdori kamayadi.
Ma'lumki, quduqning mahsulot miqdori asosan tog’ jinslarining o'tkazuvchanligiga bog’liq.
qn =2kh (Pkat.- Рkud.tubi.) - n (ln Rк - Rkud.tubi. - C1 + С2)
Bu erda: qn - quduqning mahsulot miqdori;
k - o'tkazuvchanlik koeffitsienti;
h - qatlam qalinligi;
Pkat - qatlam bosimi;
P kud.tubi-quduq tubi bosimi;
Rk - ta'min konturi radiusi;
Rkud - quduq radiusi;
C1 C2 - quduqning gidrodinamik nomukammallik koeffitsienti.
Tog’ jinslarining tabiiy o'tkazuvchanligi ham turli sabablarga ko'ra vaqt o'tishi bilan kamayadi.
Neft va gaz quduqlarining ishlatilishi jarayonida quduq tubi qismi o'tkazuvchanligi parafin, mum va loyli zarrachalar tikilib qolishi natijasida kamayadi.
Quduq mahsuldorligini oshirishning asosiy yo'llaridan biri tog’ jinslari o'tkazuvchanligini oshirishdan iborat.
O'tkazuvchanlikni oshirish maqsadida kimeviy, mexanik, issiqlik va fizikaviy usullar qo’llaniladi.
Kimyoviy usullar past o'tkazuvchan karbonat tog’ jinslarida yaxshi natija beradi. Bu usul, shuningdek tarkibida karbonat qismlari bo'lgan tsementlashgan qumtoshlarda ham muvaffaqiyatli o'tqazilishi mumkin.
Mexanik usullar odatda zich tog’ jinslarida ularning darzliligini oshirish maqsadida qo’llaniladi.
Issiqlik usulari g’ovaklik kanallari devorini parafin va mumdan tozalash uchun va kimyoviy usullarni jadallashtirish uchun ishlatiladi.
Fizikaviy usullar quduq tubidan qoldiq suv va mayda dispersli zarrachalardan tozalash uchun qo’llaniladi.
Quduq tubiga ta'sir etishning kimyoviy usullari asosan kislotali ishlov berish bilan bog’liq. Bu usul xlorid kislotaning karbonat tog’ jinslarini eritishiga asoslangan bo'lib, masalan ohaktosh uchun quyidagi reaktsiya bajariladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |