O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Rasm 8.4. SQP uchun moslama АП-6М
Download 6.15 Mb.
|
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ
Rasm 8.4. SQP uchun moslama АП-6М:
1 - коrpus; 2 – preslangan klapan uchun shar; 3 – nasadka bog’lamasi; 4 – to’sitgich; 5 – klapannig shari; 6 - xvostovik; 7 - markazlashtirgich 8.3.Quduqni o’zlashtirish metodlari Suyuqlik sathining bosimi quduq tubi bosimini xarakterlaydi va uni quyidagi usullar bilan pasaytirish mumkin: 1. Quduqni to`ldirib turgan loyli eritmani suvga almashtirish; 2. Suvni neft'ga almashtirish; 3. Suyuqlik sathini porshen' (svab) yordamida pasaytirish; 4. Quduqdagi suyuqlik zichligini aeratsiya yordamida kamaytirish. Kolonnada teshiklar xosil qilingandan so’ng, qatlamdan quduq ichiga suyuqlik kirishi uchun quduq tanasidagi bosim qatlamga nisbatan kamaytiriladi. Buning uchun quduq tanasidagi ogir eritma, engil eritma yoki gaz almashtiriladi. Bu jarayon quduqni o’zlashtirish deyiladi. Quduqni o’zlashtirish uchun bir necha xil metodlardan foydalaniladi: 1.Burgilash eritmasini engil eritma masalan suv bilan,suvni esa neft almashtirish. 2.Kolonnada siqilgan gaz orqali suyuqlikni chiqarish 3.Kolonnadagi suyuqlikni gaz yoki xavo bilan aralishtirilgan aralashma orqali chiqarish.Bu metod aeratsiya deyiladi. 4.Porshenlash.Quduq tanasidagi suyuqlik satxini kamaytirish. Quduqni o`zlashtirish usuli uning chukurligi va qatlam bosimi, uyumdagi mahsulot (neft' yoki gaz), katlam tog` jinslarining fizik xarakteristikasi va o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan texnik vositalarga bog`lik. Quduqni o`zlashtirish albatta qatlam bosimini hisobga olib bajariladi. Tabiatda quyidagi holatlar uchrashi mumkin. 1. Pqat > Pgidrostatik Og`irlashtirilgan (zichligi 1,8:2,0 g\sm3) loyli eritma birdaniga suvga almashtiriladigan bo`lsa, mustahkamlovchi quvur deformatsiyaga uchrashi mumkin. SHuning uchun quduqdagi loyli eritma zichligi 0,3 g\sm3 ga pastroq bo`lgan boshqa eritma bilan almashtirilib, shu tarzda sekin-asta suvga o`tiladi. Suv o`rnida ko`pikli eritma ishlatilishi yana ham afzalroq; chunki bu holda ko`pikli eritma kollektor o`tkazuvchanligini kamaytirmaydi. 2. Pqat = Pgidrostatik Bu holda loyli eritma darhol ko`pikli eritma bilan almashtirilishi mumkin. Nasos agregatlari suyuqlik sarflanish miqdorini 6 litr\sekunddan boshlab, syokin-asta 1,5:2 litr\sek.gacha tushiradi. SHundan keyin ham neft' yoki gaz oqimi paydo bo`lmasa, quduq tubini tozalash uchun ko`pik qatlamga haydaladi va 2-3 soatdan so`ng quduqni o`zlashtirish davom etdiriladi. 3. Pqat < Pgidrostatik Bu sharoitda quduqdagi suyuqlik ko`pirishi uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun nasos-kompressor quvurlariga 2-3% kontsentratsiyali suv eritmasi hosil qiluvchi ko`pik aralashtirgich ulab tushiriladi. 8-10 soatdan so`ng quvur hamda quvur ortki qismiga bir vaqtning o`zida havo (gaz) haydaladi. Bunda ham quduq ishga tushmasa undagi suyuqlik syokin-asta gazga almashtiriladi. Quduqni o’zlashtirishdan oldin quduq ichiga NKQ kolonnasi tushirilib, quduq usti fontan armaturasi bilan jixozlanadi. Download 6.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling