O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Burgilash eritma yordamida o’zlashtirish


Download 6.15 Mb.
bet64/96
Sana17.10.2023
Hajmi6.15 Mb.
#1706325
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96
Bog'liq
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ

Burgilash eritma yordamida o’zlashtirish. Quvurlar bo’shligiga engil eritma yuborilib, NKQ orqali ogir eritma chiqariladi.Quduq ichiga suvni,neftni yuborish uchun traktor eki avtomobilgan o’rnatilgan nasos agregatlari ko’llaniladi. Quduq bilan nasos diametri 60 mm li quvurlar orqali bog’lanadi.Quduqni o’zlashtirishda 2 ta manometr orqali o’zlashtirish nazorat qilinadi. Birinchi manometr nasos quvurida o’rnatilib, nasos ishini va quvur holatini nazorat qiladi, ikkinchi manometr quvurlar bo’shlig’ini nazorat qilish uchun o’rnatiladi.
Quduqni siqilgan gaz yordamida o’zlashtirish. Quduqga gazni xaydash uchun kompressorlardan foydalanadi. Kompressor quduq quvurlari bo’shligiga bog’lanadi. Neft va gaz sanoatida UKP-80 kompressor ustanovkalaridan foydalaniladi.Bu ustanovka KP-80 porshenli kompressordan va V2-300 dizel dvigatilidan iborat. Bu qurilma KrAZ-219 va KrAZ-257 avtomobiliga o’rnatilgan. UKP-80 podachasi 8 m/min. ga teng bo’lib, ishchi bosimi 8MPa yoki 80kgk/sm2 teng, agregat umumiy massasi 16 tonnaga teng.
Aeratsiya metodida nasosdan quduqga keladigan suv quvuridan tashkari, kompressordan keluvchi gaz quvuri xam o’tkaziladi. Suyuqlik va gaz maxsus aralashtirgich ejektorda aralashtiriladi va aralashma quvurlar bo’shligiga yuboriladi. Aralashtirgichda syuklik cirkulyaciyasi tiklangandan so’ng, aralashtirgichkа kompressor orqali gaz eki xavo yuboriladi. Gaz liniyasidagi bosim 3-5kg.k\sm2 dan yuqori bo’lishi kerak, nasos liniyasidagi bosimdan.Aralashtirgichda gaz suyuklik bilan aralashtirilib,uni gazlashtiradi. Quduqga yuboriladigan gaz miqdori suyuqlikga nisbatan oshirib boriladi. Natijada quduq tubida bosim kamayib, qatlamdan quduq ichiga neft yoki gaz kirishini ta`minlaydi. Quduq fontanlanishni boshlaganda aralashmani yuborish to’xtatiladi.


8.4. Quduq tubi jixozlanishi.

Quduqlarning texnik holati ular tubining konstrukciyasi, mustaxkamlov tizmasining sementlash mustaxkamligi va sifati, quduq og’zi jixozlarining ishonchliligi va gyermetikligi – quduqlarni samarali o’zlashtirish, ularni uzoq muddat ishlatishning asosi hisoblanadi.


Maxsuldor qatlamni mustaxkamlash usullari o’zlashtirish samaradorligiga, qatlamni boshlang’ich debiti ko’rsatkichi hamda Uning neftbyeruvchanligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ular qatlamni holati, xususiyatlari va quduq konstro’qsiyasi bilan aniqlanadi.
Agar maxsuldor qatlam qattiq jinslardan iborat bo’lsa, masalan oxaktoshlardan va qatlam kesimida suvli qatlamchalar mavjud bo’lmasa, u holda Uni mustaxkamlovchi tizma bilan byerkitmasdan ochiq qoldirish mumkin. Bu holda ekspluatasion tizma maxsuldor qatlamni ustki yuzasigacha tushiriladi va sementlanadi, so’ngra maxsuldor gorizont burg’ilanadi ( 8.5.a rasm). Boshqa variantni ham qo’llash mumkin: maxsuldor qatlam yuqoridagi qatlamlar bilan birga burg’ilab ochiladi, so’ngra quduq devori qatlamni ustki yuzasigacha tushirilgan ekspluatasion tizma bilan mustaxkamlanadi ( 8.5.b rasm). Birinchi holat nisbatan qulay, cho’nki Uni bajarishda qatlamni sifatli ochish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash mumkin, ikkinchisida buni hardoim amalga oshirib bo’lmaydi.
Agar qatlam etarli darajada qattiq bo’lmagan jinslardan iborat bo’lsa, o’nda Uni mustaxkamlov tizmasi bilan byerkitish lozim. Lekin suvli qatlamchalar mavjud bo’lmasa qatlam oralig’ida mustaxkamlov tizmasini cementlamaslik mumkin. Bu holda ham quduq tubi konstro’qsiyasi ikkita variantga ega bo’ladi: 1-variant: Quduq tanasi mustaxkamlash tizmasi bilan qatlamning ustki yuzasigacha mustaxkamlanadi, so’ngra maxsuldor qatlam burg’ilab ochilib xvostovik bilan byerkitiladi. Xvostovikning quvurlari teshilgan yoki teshilmagan bo’lishi mumkin. Xvostovikli burg’ilash quvurlari tizimida tushiriladi (8.5.v-rasm). 2-variant: Maxsuldor qatlam yuqorida yotgan qatlamlar bilan birgalikda ochiladi, so’ngra quduqqa ekspluatasion tizma tushiriladi va manjet usuli bilan sementlanadi. Bo’nda sement yeritmasi tizmadagi qatlamning ustida joylashgan maxsus teshiklar orqali chiqadi. Tizmaning pastki qismi teshilgan yoki teshilmagan bo’lishi mumkin (8.5.g -rasm).
Biroq quduq tubining ushbu konstro’qsiyasi keng tarqalgan xisoblandi. Bo’nda quduqning buto’n kesimi ekspluatasion tizma bilan mustaxkamlanadi va boshmok orqali sementlanadi (8.5.d-rasm). Bu konstro’qsiyaning ikkinchi modifikasiyasida quduqqa xvostovik tushirilib sementlanadi (8.5.e-rasm). Bu variant xorijda keng qo’llaniladi.


Download 6.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling