O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Download 6.15 Mb.
|
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konni ishlash ob`ekti tushunchasini kiritamiz. Ishlash ob`ekti
- Ishlash ob`ektining asosiy xususiyati
- Rasm.3.1. Kon Ishlash ob`ekti
3.2.Ishlash ob`ekti va usuli
Neft koni - er pustining yakka tektonik stukturasida mujassamlashgan neft uyumlari majmui. Konlarga kiruvchi uglevodorod uyumlari, odatda er ostida turli tarkalganlikka ega bo’lgan, ko’p xollarda turli geologik - fizik xossali, qatlam yoki tog jinslari massivida joylashgan bo’ladi. Ko’p holatlarda ayrim neft - gazli qatlamlar katta kalinlikdagi o’tkazuvchanmas jinslar bilan ajralgan yoki konning ayrim qismlarida joylashgan bo’ladi. Bunday ajralgan yoki xossalari fark qiluvchi qatlamlar turli burg’ilash quduqlari guruxi bilan ishlatiladi, ayrim xollarda turli texnologiyalardan foydalaniladi. Konni ishlash ob`ekti tushunchasini kiritamiz. Ishlash ob`ekti - ishlashdagi kon chegarasi ichida sun`iy ajratilgan geologik tuzilma (qatlam, massiv, tuzilma, qatlamlar majmui) , sanoat miqyosidagi uglevodorodlar zaxirasiga ega, ularni er ostidan olish muayyan burg’ilash quduqlari guruxi yoki boshqa tog’ - texnik qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Konni ishlatuvchi mutaxassislar orasida keng tarqalgan atamaga ko’ra, xar bir ob`ekt "uzining burgilash quduqlari to’ri" bilan ishlashda bo’ladi. SHuni ta`kidlash lozimki, tabiatning uzi ishlash ob`ektini yaratmaydi - ularni konlarni ishlatuvchi mutaxassislar ajratadi. Ishlash ob`ektiga bir, bir necha yoki koni xama qatlamlari kiritilishi mumkin. Ishlash ob`ektining asosiy xususiyati - unda sanoat miqyosidagi neft zaxiralarining borligi, ushbu ob`ektga taalukli va ular yordamida ishlatiladigan burgillash quduqlari guruxidir. Ishlash ob`ekti tushunchasini yaxshi uzlashtirib olish uchun quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. Kesimi 3.1-rasmda keltirilgan kon berilgan. Bu konni qalinligi, bir to’yingan uglevodorodlarni tarqalganlik maydoni va fizik xossalari bilan farq qiluvchi uchta qatlamdan iborat. Rasm.3.1. Kon Ishlash ob`ekti 3.1.- jadvalda kon maydonida yotuvchi 1,2 va 3-qatlamlarni asosiy xossalari keltirilgan. Ko’rilayotgan konda ikkita ishlash ob`ektini ajratish maqsadga muvofiq, 1 va 2 qatlamlarni birta ishlash ob`ektiga birlashtirish (ob`ekt A), 3- qatlamda esa aloxida ishlash ob`ekti sifatida ishlash (ob`ekt B). 3.1. – jadval
1 va 2 qatlamlarni A ishlash ob`ektiga kiritish uchun ularning o’tkazuvchanlik va neft qovushkokligi kattaliklarini yaqinligi va vertikal yunalish bo’ylab bir - biridan kichik masofadajoylashganligi asos bo’ladi. Bundan tashqari 2 qatlamdagi olinadigan neft zaxiralari nisbatan oz. 3 - qatlamning 1- qatlamga nisbatan olinadigan zaxiralari kam, ammo nefti kam qovushqoqli va yuqori o’tkazuvchanli. Demak, bu qatlamni ochgan burgilash quduqlari nisbatan yuqori maxsuldorlikka ega bo’ladi. Bundan tashqari kam qovushqoq neftli 3 - qatlamni oddiy suv bostirish usulini qo’llab ishlash mumkin bo’lsa, yuqori qovushqoq neftli 1 va 2 qatlamlarni ishlashni boshlangich bosqichidan boshlab boshqa texnologiyalarini qo’llash kerak bo’ladi. Masalan, neftni burgilash, poliakrilamid aralashmasi (suvni quyiqlashtiruvchi) yoki qatlam ichra yonish usullari yordamida siqib chiqarish. 1,2 va 3 - qatlamlar ko’rsatkichlarini jiddiy farq qilishiga karamasdan, ishlash ob`ektlarini ajratish xaqidagi yakuniy qaror qatlamlarni ishlash ob`ektlariga turli variantlarda birlashtirishni texnologik va texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlarini taxlili asosida qabul qilinadi. Ishlash ob`ektlarini ayrim xollarda quyidagi turlarga bo’ladilar: mustaqil, ya`ni xozirgi vaqtda ishlashdagi va qaytish, ya`ni u kelajakda xozirgi vaqtda boshqa ob`ektda ishlayotgan burgilash quduqlari bilan ishlatilishi mumkin. Download 6.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling