O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


-Rasm. Xalka bo`ylab suv xaydash


Download 6.15 Mb.
bet19/96
Sana17.10.2023
Hajmi6.15 Mb.
#1706325
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96
Bog'liq
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ

2.12-Rasm. Xalka bo`ylab suv xaydash.




2.13-Rasm. Uyumlarni bloklarga ajratib suv xaydash.




2.14 -Rasm.Xalqa bo`ylab suv xaydab ishlatish tizimi
1 - tashqi neftlilik konturi; 2 –ichki neftlilik konturi; 3 -xaydovchi quduq; 4 - qazib chiqaruvchi quduq.

Maydon bo`ylab suv xaydab ishlatish tizimi qumtoshlar gilli jinslar bilan axamiyatli darajada aralashgan va neftning qovushqoqlik ko`rsatgichi, o`tkazuvchanligi, gidro-o`tkazuvchanligi va xarakatchanligi ko`rsatkichi past, qatlamning qalinligi katta bo`lgan uyumlar (ishlatish ob`ektlari) uchun ko’llaniladi. Bir turli tuzilishga ega bo’lmagan uyumlarda xaydalgan suv nisbatan o`tkazuvchan qatlamchalar orqali ketib qolishi mumkin, bu qazib chiqarish quduqlarini muddatidan oldin suvlanishga olib keladi.


Maydon bo`ylab suv xaydash tizimlarida xaydovchi quduqlar va qazib chiqarish quduqlari navbatlanadi va ular orasida ma`lum masofa saqlanadi. Qazib chiqarish va xaydovchi quduqlarni joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud:
1. Quduqlarni chizikli joylashtirish sxemasi, bunda xaydovchi quduqlar qazib chiqarish quduqlari qatorlari bilan navbatlanadi. Qazib chiqarish va xaydovchi quduqlar albatta shaxmot tartibida joylashtiriladi. Qatorlardagi quduqlar orasidagi masofa bir vazifani bajaruvchi quduqlar qatori orasidagi masofadan farq qilishi mumkin;
2. Turt nuqtali sxema, bunda xaydovchi quduqlar uchburchakning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa uning markazida joylashtiriladi;
3. Etti nuktali sxema neftning xarakatchanligiga qarab tanlanadi, xaydovchi quduqlar to`qri oltiburchakning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa markazda joylashtiriladi;
4. Besh nuqtali sxema, bunda xaydovchi quduqlar kvadratning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa markazda joylashtiriladi;
5. Tukkiz nuqtali sxema uyumning bir turligiga qarab tanlanadi, xaydovchi quduqlar kvadratning uchlari va uning tomonlari urtasida joylashtiriladi, qazib chiqarish quduqlari esa markazida.




Download 6.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling