O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi angren universiteti
Download 429.26 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI ANGREN UNIVERSITETI Kafedra: ____________________________ Fan: ________________________________ Mavzu: _____________________________ Guruh: ____________________ Bajardi: ____________________ Qabul qildi:_________________ TAQDIMOT MEN MUSTAQIL YURT FARZANDIMAN. Reja: I. Kirish: Zamonaviy yurt taraqqiyotida yangi sahifa II. Asosiy qism: 1)Yangicha boshqaruv va yangicha strategiya 2)Yangi O'zbekiston bosib ōtayotgan yōl 3)Ōtgan tariximizga nazar solaylik III. Xulosa: Vatanga munosib farzand bōlaylik! Bugun O'zbekiston o'z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Bu yo'lda u jahonning ko'plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do'stona hamda o'zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti. Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida namoyon bo'lmoqda. Qisqa davr ichida O'zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga asos bo'luvchi ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Shunga monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayoni, jumladan, qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo'yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e'tirof etmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy hayotida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar yillar o‘tgani sayin tobora mustahkamlanib, ko‘zga yanada yorqinroq tashlanmoqda. Zero, tarixan qisqa davr ichida barcha sohada mislsiz o‘zgarishlar ro‘y berdiki, bu haqli ravishda ko‘pchilikning havasu hayratiga sabab bo‘layotir. Bu so’zlar biz yoshlar uchun bugungi farovon hayotimiz, keng imkoniyatlarimiz, jahonga yo’l olgan istiqbolimiz ramzi sifatida yangraydi, lekin ota-bobolarimiz uchun bu so’zlar naqadar chuqur ma’no kasb etadi. O’zbek degan nom, uzbekona g’urur, iftihor ular yuzidagi yillar solgan ajinlarni, kuz tubidagi g’am alamlarni bir zumda yo’qotadi. Ha, biz mustaqil yurt,O’zbekiston degan ulug’ Vatan,uning prezidenti farzandlarimiz , ajdodlarimiz ko’rmagan cheksiz imkoniyatlar davri bizlarga to’gri keladi. Qisqa yil vaqt mobaynida jahonda iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy mavqeyimizni tanlab oldikki, butun jahon O’zbekiston qanday yurt ekanligini bilib oldi. Barcha sohalarda, ayniqsa, fan va ta’lim, sport, salomatlik sohasidagi islohotlar bu O’zbek xalqi - bolajon xalq. Mustaqillik maydonida istiqlol bayrami nishonlanmoqda yurt farzandlarining barkamol o’sishi uchun xizmat qilmoqda. Birgina ta ‘lim tizimi shunday tartibda qayta ko’rib chiqildiki, bu sohada ko’plab ijobiy uzgarishlar ro’y berdi va amalga oshirilmoqda. Ma’ lumki, har qanday davlat , har qanday jamiyat ham o’z boyliklari bilan qudratli hisoblanadi.Har bir xalq mamlakatning tabiiy zamini , er osti va er usti zahiralari,tog’lari va o’rmonlari,daryoyu dengizlari, ulkan shaharlari, go’zal inshoatlari bilan o’z kuch qudratini namoyon etishga harakat qiladi. Lekin, ko’p asrlik tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, jamiyatning haqiqiy boyligi, bu- inson , inson avlodidir. Kishilik jamiyati el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon-e’tiqodi butun, mard va jasur, malakasi etuk, ma naviyati yuksak insonlar bilan faxrlanadi. Ana shunday noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab voyaga etkazayotgan xalq kelajakka ochiq yuz, katta ishonch bilan qarashi mumkin. O’zbek xalqi hayotning, umrning mazmunini farzandlarsiz tasavvur etolmaydigan xalq. Ajdodlarimiz o’z avlodlarini umumbashariy tuyg’ular, o’lmas sharq falsafasi , milliy qadriyatlarimiz va Vatanga sadoqat ruhida tarbiya qilib kelganlar. Ana shunday ruhda farzandlarini kamolga etkazish hozirgi kunda har bir o’zbek fuqorosining burchidir. Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta lim-tarbiya berish bugungi kunning jiddiy vazifalardan hisoblanadi. Uquv qayda bulsa uluglik bular, bilim qayda bulsa, buyuklik bular. Yusuf Xos Hojib Maktab-dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadirlisidir. Maktabning chin va haqiqiy ma ‘nosini bilgan millatlar jonlari, mollari bilan himmat va gayratlarini sarf etib, millatning tarraqqiyi rivojiga ijtihod qilurlar Mahmudxuja Behbudiy Maktab voyaga yetayotgan avlod taffakkurini shakllantirish ustahonasidir, agar kelajakni quldan chiqarishni istamasang , maktabni qulda mustahkam tutmoging lozim A. Barbyus Iqtidorli farzandlarimiz bu ta’ lim dargohlarida xususan, ingliz tilini ham puxta urgana boshladilar.. Bu borada Tinchlik Korpusi ko’ngillilari kupgina ishlarni amalga oshirmoqdalar. Ular litsey va maktablarda ingliz tilidan ta’ lim berib, o’quvchilarga ingliz tilini mukammal urganishiga yaqindan yordam bermoqdalar. Tinchlik Korpusi ko’ngillilari Respublikamizning ko’pgina viloyatlarida ingliz tilini chuqur o’rgatishga ixtisoslashgan yozgi oromgohlar tashkil etishib , u erda o’quvchilar ingliz tilini o’rganish bilan birga Amerika madaniyati, tarixi va hozirgi kundagi mavqeyi haqida chuqurroq bilib, ko’ngilli dustlariga Uzbekistonning tarixi, dunyoni lol qoldirgan ota-bobolarimiz, ular qoldirgan meros va Uzbekistonda yuz berayotgan uzgarishlar haqida fikr almashishadi. Kelajakda Uzbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma ‘naviy jihatdan etuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim. Farzandlarimizni dunyoning rivojlangan davlatlarida uqitishni asr boshida yashagan jadidlar kabi , 90-yillarda mustaqillikka erishishga intilgan yurt ziyolilari ham hohlashardi. Yurtimizda biz yoshlarning ham aqlan, ham jismonan baquvvat bulishimiz uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Sport sohasiga nazar tashlasak, Uzbekiston sportchilari unlab Jahon chempionatlari, Olimpiya va Osiyo uyinlarida, boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirok etdilar va bir necha sportchilarimiz Jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bulishdi. 350 dan ortiq sport inshoatlari-futbol, basketbol, voleybol maydonlari , tennis kortlari, suzish havzalari va bir qancha kup turli sport majmualari qurildi va ishga tushirildi. Uzbekiston yirik musobaqalar utkaziladigan mamlakatga aylandi. Bu qadim yurt tuprogini g’animlar toptashiga, ma’ naviy meros yuqolishiga, g’urur sinishiga yo’l qo’ymaymiz va bunga haqqimiz yo’q. Chunki bizga o’tmish ajdodlarimiz: Amir Temur, Ibn Sino, Margiloniy,Ulugbek,Fargoniydek bobokalonlarimizning ruhlari qarab turibdi va bizni hamisha qullab quvvatlaydilar. Xulosa o'rnida shuni aytishim joizki yurtboshimiz tomonidan biz yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda biz mana shu imkoniyatlardan foydalangan yurtimizga munosib farzand bōlishimiz kerak! E’tiboringiz uchun rahmat! Download 429.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling