O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Download 269.03 Kb.
|
Sevara ilmiy ish111
1 – kategoriya – 6 mln.m3
2 – kategoriya – 5 mln.m3 3 – kategoriya – 5 mln.m3 Transheyalar sharoitida – 1 mln.m3. Karyerda transportli qazish tizimi qoʻllanadi va qoplama jinslar tashqi agʻdarmaga tashiladi. Kon massasini tashish asosan temir yoʻl transportida, qisman esa avtotransport yordamida amalga oshiriladi. Bunda katta ilashish kuchiga ega boʻlgan elektrovozlar, yuk koʻtarish qobiliyati 105 tonnali dumpkarlar, 75 va 110 tonnali BelAZ rusumli avtoagʻdargichlardan foydalaniladi. Qazib olingan kon massasi dumpkar va avtooagʻdargichlarga 20 dan ortiq EKG-8I, EKG-5U, EKG-12,5, EKG-15 rusumli, choʻmich xajmi 4 dan 15 m3 gacha boʻlgan ekskavatorlar bilan yuklanadi. Skvajinalar SBSH-250 MN-32 rusumli burgʻulash stanoklari bilan burgʻulanadi. Portlatish yordamida kon massivini maydalash usuli sifatida asosan, vertikal skvajina zaryadlari usuli qabul qilingan. Skvajina zaryadlarini portlatish detonatsiya piligi va elektrik usullarda amalga oshiriladi. Portlatish ishlari – skvajinalarni portlovchi moddalar bilan zaryadlash va ularni tiqinlash ishlari zaryadlash mashinalari yordamida bajariladi. Karyerda qoʻllanayotgan ekskavatorlar choʻmichining oʻlchamlariga nisbatan portlatilgan kon massasidagi konditsion bloklarning maksimal oʻlchami 1500 mm dan oshmasligi lozim (MOF ga oʻrnatilgan tegirmonning qabul qilish panjarasi boʻyicha). Portlatilgan kon massasidagi nokonditsion (nogobarit) boʻlaklarning miqdori 1,5-2,0 % ni tashkil qiladi. Nogobaritlarni ikkilamchi maydalash, asosan, ustquyma portlovchi modda zaryadlari yordamida bajariladi. Qalmoqir karyeri uzluksiz yillik rejimda ishlaydi. Sutkalik ish rejimi ham uzluksiz – 12 soatlik ish smenada kon ishlari bajariladi. Portlatish uchastkasi 5 ish kunlik xafta boʻyicha uzlukli rejimda faoliyat yuritadi. Portlatish ishlari xaftada bir marta (payshanba kuni soat 1400 – 1600 da) bir necha gorizontlarda bajariladi. Transheyalar oʻtishda esa, zarurat tugʻilganda. Bugungi kunda nodir va rangli metallarni qazib olish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi,rivojlangan ijtimoiy tarmoqqa ega boʻlgan “Olmaliq KMK” AJ uchta ochiq kon ishlarini olib boruvchi va toʻrtta yer osti usulida oltin qazib oluvchi konlariga tayangan xolda oʻz ishlab chiqarish faoliyatini olib bormoqda. Oʻtgan yilda kombinatning bosh koni Qalmoqir kon boshqarmasi tomonidan togʻ jinslarini qazib olish rejasi 100,8%, ustki qatlamlarni ochish 100,6% va rudalarni qazib olib joʻnatish rejasi 101,1%ga ortigʻi bilan bajarildi.Qalmoqir konchilari sayi-harakati bilan boyitish fabrikalariga mis-molibden porfirli rudalarni joʻnatish 101,1%ga amalga oshirilgan boʻlsa,bu ulkan yutuq ortida kon marksheyderlarining mashaqqatli mehnati yotadi. Foydali qazilma konlaridan yanada toʻlaroq va kompleks foydalanish, kon ishlarini samarali va xavfsiz amalga oshirish, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar va tabiat obyektlarini kon qazish ishlarining zararli tasiridan muhofaza qilishni taminlash asosiy vazifasi boʻlgan marksheyderlik ishlari Qalmoqirda qanday amalga oshirilmoqda? Kon marksheyderlarining bugungi vazifalari va yaqin davrga moʻljallangan vazifalari xususida Qalmoqir kon boshqarmasi bosh marksheyderi Asadullaxon Akramov quyidagi malumotlarni berdi. -“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining talablari hisobga olinib, ishlab chiqilgan “Foydali qazilmalarni qazish chogʻida yer osti boyliklarini muhofaza qilishning yagona qoidalari talablariga koʻra foydali qazilma konlari qazishni, foydali qazilmalar qazish korxonalarini loyihalash va qurishni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va boshqa yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar geologik va marksheyderlik xizmatlariga ega boʻlishlari qatiy belgilab qoʻyilgan.Foydali qazilmalar konlarini ochish va tayyorlash korxona loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Amaldagi kon-geologiya sharoitlari loyihadagiga mos kelmasa unga oʻz vaqtida va belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi zarur. Yuqorida takidlab oʻtilgan qoidalarda belgilangan tartiblarda geologiya va marksheyderlik hujjatlarini yuritish, foydali qazilmalar zahiralarining holati va harakati, nobud boʻlganligi va sifatsizlanishini hisobga olish. Shuningdek, yoʻl-yoʻlakay qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalar va foydali komponentlari boʻlgan ishlab chiqarish chiqitlarining hisobga olinishini taminlash ishlari xizmatimiz tomonidan yuqori saviyada amalga oshirib borilayapti. Shu oʻrinda alohida toʻxtalishim lozimki, kon ishlarini oʻz vaqtida hamda sifatli geologik va marksheyderlik jihatidan taminlamasdan, shuningdek foydali qazilmalarning holati va zahiralarning harakati, nobud boʻlishi va sifatsizlanishi hisobini yuritmasdan konlarni qurishni taqiqlash marksheyderlarga asosiy vazifa qilib topshirilgan. Bir soʻz bilan aytganda, kon marksheyderlari tabiiy boyliklardan foydalanishda davlat manfaatlarini himoya qiladi. Qalmoqir kon boshqarmasi Marksheyderlik xizmati oʻz vaqtida geodeziya va marksheyderlik tayanch hamda xaritalash tarmoqlarini yaratish hamda ular asosida kon grafik hujjatlarini tuzish va muntazam toʻldirib borish uchun zarur boʻlgan marksheyderlik oʻlchovlari va hisoblashlarning barcha kompleksini amalga oshirib kelmoqda.” Download 269.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling