O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Qalmoqir kareridagi burgʻilash-portlatish ishlarining shimoliy bort turgʻunligiga tasiri


Download 269.03 Kb.
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi269.03 Kb.
#1568482
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Sevara ilmiy ish111

2.3. Qalmoqir kareridagi burgʻilash-portlatish ishlarining shimoliy bort turgʻunligiga tasiri.
Karyerlarda asosan portlovchi modda zaryadining uzaytirilgan konstruksiyasidan foydalanilib, mazkur kontruksiyadagi zaryadlar quyidagi yutuqlarga ega:
• Zaryadni joylashtirish uchun bajariladigan burgʻulash ishlari hajmining nisbatan kamligi;
• Zaryadlash ishlarining kam mehnat talabligi;
• Zaryadning massivda bir tekisda taqsimlanishi.
Yaqin kunlargacha karerlarda asosan bir tekis toʻldirilgan kolonkali zaryadlar qoʻllanilar edi. Kon jinsi massivini bunday kontruksiyadagi zaryad bilan portlatilganda pogʻona yuqori qismida negabaritlar koʻp miqdorda hosil boʻlishi bilan bir qatorda zaryad yaqinida kon jinslarining haddan tashqari maydalanib ketishi kuzatilardi. Bunda zaryad portlatilganda uning yaqinida katta hajmdagi juda maydalanib ketgan kon jinslari hosil boʻladi. Bunday boʻlishiga asosiy sabab zaryad joylashgan kamerada portlash gazsimon mahsulotlarining yuqori bosim ostida tarqalishidir. Portlashdan soʻng kon jinslarining bunday notekis maydalanishi ular bilan ishlashda muammolarni keltirib chiqaradi. Kon jinsi massivining bir tekisda maydalanishi taʼminlash uchun akad. N.V. Melnikov va t.f.d. L.N.Marchenko havoli boʻshliqlar bilan boʻlingan uzilma zaryad konstruksiyasini taklif qilishgan boʻlib, unga koʻra zaryad ikki yoki undan ham koʻproq boʻlaklarga boʻlinib ularning orasida havoli boʻshliq qoldiriladi. Skvajinada havoli boʻshliqni hosil qilish portlashning qattiq muhitdagi xarakterini oʻzgarishiga olib keladi: portlash bosimining tiqizligi sezilardi darajada kamayib, zaryad atrofidagi kon jinslari oʻta maydalanib ketishining oldi olinadi; portlashning kon jinsi massiviga faol taʼsir koʻrsatish vaqti choʻziladi; zaryad pastki va yuqori qismlari portlashidan hosil boʻladigan kuchlanish toʻlqinlarining interferensiyasi kuzatiladi. Bunda havoli boʻshliq portlashning boshlangʻich davrida hosil boʻladigan bosimni kamaytiruvchi kompensator vazifasini bajaradi. Portlash impulsi parametrlarining bunday oʻzgarishi hisobiga zaryad kamerasi atrofidagi kon jinslarining haddan tashqari maydalanib ketishi kamayadi, yaʼni portlashda ajralib chiqadigan energiya kon jinsi massivigsha bir tekis taʼsir koʻrsatadi. Ushbu xulosa har xil kon-geologik sharoitlarda oʻtkazilgan tajriba ishlarida oʻz tasdigʻini topgan. Shunday qilib havoli boʻshliq bilan boʻlaklangan zaryadlar portlatilganda zaryar yuqori va pastki qismidan hosil boʻlgan kuchlanish toʻlqinlarining oʻzaro kesishishi natijasida kon jins massivining maydalanish darajasi yaxshi va bir tekis boʻlishiga olib kelishi muqarrar.
Qalmoqir karyerida skvajina zaryadlari konstruksiyasi havoli boʻshliqlarsiz boʻlib skvajinalarni portlovchi modda bilan zaryadlash ishlari maxsus zaryadlash mashinalari yordamida mexanizatsiyalashgan holda amalga oshiriladi.
Bunda zaryadlash ishlarini boshlashdan oldin burgʻulab tayyorlangan blok boʻyicha hisoblash ishlari amalga oshirilib, portlatish ishlariga buyruq chiqqandan soʻng zaryadlash ishlari bajariladi. Portlatish ishlarini amalga oshirish uchastkasi muhandis-texnik xodimi har smena boshida portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodimlar va zaryadlash mashinalari haydovchilarini burgʻulab tayyorlangan blokdagi skvajinalar seriyasini zaryadlash va ularni portlatishga tayyorlash toʻgʻrisidagi barcha hujjatlar bilan tanishtirish bilan bir qatorda portlatish ishlarini xavfsiz amalga oshirish yuzasidan yoʻriqnoma oʻtadi. Portlovchi modda portlatiladigan blokka kon ustasi yoki portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim kuzatuvi ostida zaryadlash mashinasi yordamida olib kelinadi va zaryadlash ishlari bajariladi. Zaryadlash mashinasining harakatlanish marshruti kon ustasi yoki portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim tomonidan koʻrsatib turiladi. Zaryadlash mashinasi zaryadlanadigan skvajina ustiga haydab kelinganidan soʻng portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim uni zaryadlashga tayyorlaydi.Bunda portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim zaryadlash mashinasi shlanglarini skvajinaga tushirib, haydovchiga aralashtirish kamerasi yuritgichini ishga tushirish haqida xabar beradi. Shundan soʻng haydovchi tomonidan 1200 ayl/min chastotada ishlovchi yuritgich ishga tushirilib operator tomonidan portlovchi modda massasini aniqlash pulti kuzatib turiladi (bunda yuritgichga mahkamlangan shnek aylanish soniga qarab portlovchi modda massasi aniqlanadi). Portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim koʻrsatmasiga binoan operator tomonidan shnek ishga tushiriladi.
Skvajinaga yuborilayotgan zaryad massasi hisoblagich koʻrsatgichi boʻyicha nazorat qilib turiladi. Zaryadlashni pult orqali boshqarish qurilmasi qoʻl yordamida va avtomatik rejimda ishlashga moʻljallangan. Skvajinalar maʼlum balandlikkacha zaryadlangandan soʻng portlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodim skvajina ichiga jangavor zaryadni tushuradi va shundan soʻng skvajinaning qolgan qismiga portlovchi modda zaryadi quyiladi.
Agar skvajina ichidagi suv sathi 0.5 m gacha boʻlsa skvajina Emulgit-30 portlovchi moddasi bilan 0.5 m dan ortiq boʻlsa Emulgit-60 portlovchi moddasi bilan zaryadlanadi. Bunda skvajinadagi suv sathining balandligi 0.5 m da ortiq boʻlganda shlang suv sathidan pastroqqacha tushirilib keyin zaryadlash ishlari amalga oshiriladi.
Zaryadlash mashinasida portlovchi modda tamom boʻlgandan soʻng portlatish ishlarini olib boruvchi bosh portlatuvchi mashinani zaryadlash blokidan chiqib ketishiga ruxsat beradi.
Agar blokda zaryadlash ishlari tugagandan soʻng zaryadlash mashinasida portlovchi modda ortib qoladigan boʻlsa u yoʻriqnomaga muvofiq oʻrnatilgan tartibda omborxonaga qaytariladi.
Smena soʻngida haydovchi-operatorlar maxsus joyda zaryadlash mashinasi shneki va bunkerlarini suv yordamida yuvib tozalaydilar. Qishki mavsumda havo harorati 00S dan past boʻlganda ushbu ishlar siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi.
Bizga maʼlumki, portlovchi modda zaryadlarini portlatish usullari zaryadga berilayotgan boshlangʻich impuls manbasiga bogʻliq holda olovli, elektr, elektr-olovli va detonatsiya pligi yordamida amalga oshirilishi mumkin. Qalmoqir karyerida SINV tizimiga kiruvchi detonatsiya pligi bilan portlatish usuli qabul qilingan.
Marksheyderlik kuzatuvlarining maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
a) bort oldi massivlarida togʻ jinslari deformatsiyasining turi, tezligi va chegarasini oʻrnatish;
b) turli hil kompleksdagi muhandis-geologik jinslar uchun foal darajaning boshlanishidan oldin siljishning kritik kattaligini aniqlash;
v) loyihaviy alomatdan oldin konning ekspluatatsiya vaqtida deformatsiyalarning rivojlanishini oldindan aytib berish.
Marksheyderlik kuzatuvini tashkillashtirish uchun kuzatuv stansiyalari oʻrnatiladi. Ular, odatda, yuqori aniqlik geodezik tarmogʻi punktlaridan va tayanch va ishchi reperalar oʻrnatiladigan alohida koʻndalang kesimli liniyalardan tashkil topgan.Noqulay sharoitlarda konlarni qurishda ishlanmalar va texnik loyihalar umuman kon bortlarining deformatsiyalarini (yuqori aniqlikdagi geodezik tarmoq punktlari) va alohida kon uchastkasi deformatsiya (koʻnladang kesimli liniyalar) asbobli kuzatishga moʻljallangan boʻlishi lozim. Bunday loyiha boʻlmasa, korxonaning geologo-marksheyderlik xizmati tomondan tuzilishi kerak.
Kuzatuv stansiyalari loyihalarining tuzish va asbobli kuzatishlarni oʻtkazish usullarini oʻtkazish quyidagi holatlarga asoslanadi:
a) oldindan bort oldi massivlarida uzoq vaqt davomida mikrodeformatsiyalarni (yashirin) rivojlanishi koʻchish va buzulishlarni paydo boʻlinini keltirib chiqaradi, va bu kuzatish natijasiga koʻra jinslar deformatsiyalarida boʻlishi mumkin boʻlgan xavfi darajasi va xarakteri toʻgʻrisida muhokama qilishga va ularni olini olish uchun tadbirlar oʻtkazishga imkon yaratadi.
b) bortlar deformatsiyalari xarakterini toʻgʻri interpretatsiya qilish uchun uzoq vaqt davomida asbobli kuzatuv alohida uchastkalarning geologik tuzulishi va joylashgan jinslarning deformatsion xususiyatini oʻrganish bilan birga olib borilishi lozim.
v) asbobli kuzatish materiallari past koefitsiyentga ega boʻlgan zahirali bort qiyaliklarining optimal burchagini oʻrnatish imkonini berishi kerak;
g) marksheyderlik kuzatuvining maʼlumotlari joyda va vaqtda uning rivojlanishga tegishli bashoratlarni qilish, xavfli deformatsiyalarni rivojlanishini keltirib chiqaradigan sabablarni kamaytirish boʻyicha tadbirlarni belgilash va oʻtkazish imkonini beradigan, boshlanayotgan deformatsiya xarakterini oʻz vaqtida aniqlashga yordam berishi kerak.
Kuzatuv stansiyalarining loyihasi boshlangʻich joylashuv, tayanch va ishchi reperalarning joylashuvi planidan, qisqa tushuntirish xati, shuningdek, koʻndalang kesimli liniyasi keskasidan tarkib topgan boʻlishi kerak.Kuzatuv stansiyalarining tuzilgan loyiha korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Kuzatuv tarmoqlarini umumiydan alohidagacha pritsipi boʻyicha qurish kerak. Boshlangʻich va tayanch punktlarini konning maksimal oʻlchami va chuqurligini hisobga olib deformatsiya boʻlmaydigan xududga oʻrnatish kerak. Deformatsiya boʻladigan xududning maksimal oʻlchamini 1,5 N ga teng deb qabul qilinadi (bu yerda N — Kzap=1,3 barqarorlik koeffitsiyentidan olingan, bort qiyaliklarining ruxsat etilgan oxirgi burchaklaridagi kon chuqurligi). Aniqlikni koʻpaytirish va oʻlchash aniqliligini baholashni oʻtkazish uchun qoʻshimcha (ortiqcha) oʻlchash amalga oshiriladi. Ixtiyoriy stansiyada boshlangʻich oʻlchov ishlari ikki matradan kam boʻlmagan holda oʻtkazilishi lozim. Bu reperalarning boshlangʻich holatini aniq va ishonchli boʻlishi va faktik maʼlumotlarga koʻra oʻlchash xatoligini belgilash imkonini oshiradi.Boshlangʻich davrda kuzatishning optimal aniqligini interpritatsiya taʼsiri ostida boʻladigan siljishning minimal kattaligidan kelib chiqib belgilash maqsadga muvofiqdir. Kursatilgan m∆ѕ ga koʻra koʻchishni aniqlash xatoligi ± 10 —15 mm dan, reperalar holatini aniqlash xatoligi ms= ±10 mm dan, 20 – metrli intervalda reperalarning siljishning nisbiy aniqlash xatoligi ± 5 —7 mm dan oshmasligi kerak.Uzoq vaqtga moʻljallangan stansiyalarda kuzatish davriyligi bortlarning barqarorlik darajasiga va konlardagi ishning intensiv pasayishiga bogʻliqdir.
Kzap= 1,5 da va yildan-yilga 10 – 20 mga kon ishlarining pasayib ketishi natijasida kuzatish 1-2 yilda bitta seriya amalga oshiriladi; kuzatilayotgan bortning barqarorlik zahirasi pasayganligi sababli, kuzatish yiliga bir martadan koʻp boʻlmagan holda amalga oshiriladi.
Kzap< 1,3,="“ oʻtkazish=”“ emas=”“ kamyob,=”“ koʻra=”“ ikki=”“ bir=”“ da=”"> zahiradagi turgʻunlikda bort uchastkalarida joylashgan stansiyalarda vaqt bilan belgilangan asboblar yordamida kuzatiladi.





QALMOQIR KARERIDA MARKSHEYDERLIK KUZATUV ISHLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA OID TADBIRLAR







Download 269.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling