O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Konning kon-geologik, kon-texnik va marksheyderlik xizmati tavsifi


Download 269.03 Kb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi269.03 Kb.
#1568482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sevara ilmiy ish111

1.1.Konning kon-geologik, kon-texnik va marksheyderlik xizmati tavsifi
Qalmoqir konining geologik strukturasi choʻkindi, magmatik va metomorfik kon jinslaridan tashkil topgan.
Sargʻish qumtoshlar va kulrang oxaktoshlar choʻkindi jinslar tarkibiy qismi xisoblanadi. Magmatik jinslar tarkibini kvars-porfir, granodiorit-porfir, sionit-porfir va diorit kabi kon jinslari tashkil qiladi. Metomorfik kon jinslari esa, asosan, ikkilamchi kvarsitlar va marmarlashgan magmatik jinslardan tashkil topgan.
Kondagi rudalar granodiorit porfirlar shtokining egzokontakt zonasida yertomir koʻrinishida joylashgan boʻlib, u sionitlar guruhi jinslari bilan alohida kichik (nuqtasimon) boʻlaklarga ajratilgan.
Ruda va kon jinslari massivi bir-biriga yaqin (zich) darzlar toʻri bilan katta va kichik bloklarga boʻlingan boʻlib, yoriqlar erigan minerallar bilan toʻlgan.
Kon jinslarining qattiqlik koeffitsiyenti professor M.M. Protodyakonov shkalasi boʻyicha 6-10 dan 14 gacha oʻzgaradi. Sulfit rudalarining zichligi 2,6÷2,8 t/m3, kon jinslarining zichligi esa 2,4÷2,6 t/m3. Ruda va kon jinslarining koʻpchish koeffitsiyenti 1,5 ga teng.
Qalmoqir karyeri kon jinslari portlovchanlik koʻrsatkichi boʻyicha, darzdorlik darajasini hisobga olgan holda uch kategoriyaga boʻlinadi:
1 – kategoriya oson portlaydigan jinslar (kuchli darzdor siyenitlar, ikkilamchi jarayonlar natijasida oʻzgargan granodiorit-porfirlar) M.M.Protodyakonov shkalasi boʻyicha bu jinslarning qattiqlik koeffitsiyenti 6-8 ni tashkil qiladi.
2 – kategoriya oʻrtacha portlovchan jinslar (mayda va oʻrtacha darzdor sulfid rudalar, ikkilamchi granodiorit – porfirlar, oʻzgargan siyenitlar kvarslangan siyenit-dioritlar, siyenitlar va siyenit-dioritlar hamda rudalangan sulfidlardan tashkil topgan ikkilamchi kvarsitlar). Bularning qattiqlik koeffitsiyenti 8-12 ga teng.
3 – kategoriya – qiyin portlaydigan jinslar (zichligi yuqori, siyrak darzlikka ega boʻlgan yirik blokli ikkilamchi kvarsitlar), qattiqlik koeffitsiyenti 10-14.
Qalmoqir koni Nakpay-soy va Olmaliqsoy daryolarining suv ayirish joyiga joylashgan. Yer osti suvlarining statistik satxi 710-660 m balandlik belgisiga toʻgʻri keladi. Grunt suvlarining satxi fasllar boʻyicha oʻzgaruvchan boʻlib, yozda pasayadi, bahor va kuzda koʻtariladi. Oʻzgarish ampletudasi 4-6 m ni tashkil qiladi. Yer osti suvlari bosimsiz va kichik oqimga ega boʻlib, Nakpay-soy hamda Olmaliqsoy daryolari yuqori qismiga joylashgan darzdor ruda zonalari orqali sizilib ularga quyiladi.
Karyerning +700 m balandlik belgisidan pastga joylashgan jinslar butunlay suvdor boʻlib, undan yuqoriga joylashgan jinslar suvdorlik darajasi kichik. Chunki ularning suvdorligi, asosan, atmosfera yogʻinlari natijasida sodir boʻladi. Barcha yer osti suvlari jinslardagi yoriqlar boʻylab sizilib, karyerga oqib tushadi.
Karyer jinslarining umumiy suvdorlik darajasi 65-68% ni tashkil qiladi.
Qolmaqir koni uchta karyer bilan qazib olinadi: Konni ochish, Sharqiy va Markaziy karyerlar, amalda esa har uchchala karyer bitta karyer hisoblanadi. Ochish va foydali qazilmani qazib olish ishlari hozirgi vaqtda 25 ta pogʻonada olib boriladi. Ulardan 16 tasining balandligi loyiha boʻyicha – 15 m, 9 tasiniki esa – 22,5 m. Pogʻonalarning qiyalik burchagi 70-800.
Portlatilishi lozim boʻlgan kon jinslari portlovchanligi boʻyicha, yuqorida qayd qilingan uch kategoriyaga boʻlinadi va har bir kategoriya boʻyicha yil davomida portlatiladigan jinslar xajmi quyidagicha:

Download 269.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling