O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti boshlang`ich va texnalogik ta`lim kafidirasi sirtqi bo`lim
Download 52.04 Kb.
|
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DTS TALABLARI VA O’QUV DASTUR TAHLILI
Boshlang'ich sinf ona tili darslariga qo’yilgan talablar. Boshlang'ich sinf ona tili darslariga qo’yilgan muhim talablardan biri o'quvchilar bilimini shakllantirish borasida ularning qobiliyatlarini o'stirish ustida ishlash bilimlarni ongli bo'lishiga erishish, o'quvchilarga har bir ishni o'ylab bajarishga odatlantirishdir.
Maktabda amaliy ishlarning ahamiyati o'quvchilar tomonidan to'g'ri baholansa- da, o'quvchilarning nazariy bilimlaridan amalda foydalanishga qiynaladilar. Yozma ishlarni bajarishda grammatika qoidalaridan kam foydalanadilar. Aslida esa imlo savodxonlikni oshirish uchun ko'chirib yozish va amaliy mashqlar muhim o'rin tutadi. Psixologik tadqiqodlardan ma'lum bo'lishicha, imlo savodxonlik asta-sekinlik bilan shakllanadi. Amaliy ishlardan qoidaga o'tishda ham o'zlashtirish jarayoni sekinlik bilan kechadi. Dastlab o'qituvchi rahbarligida og'zaki muhokama qilinadi. Asta-sekin o'quvchilar o'ylab, mulohaza qilib anglay boshlaydilar. Borcha yozuv darslarida o'quvchilarga to'g'ri yozish qoidalarini ta'kidlab turish va amaliy ishlarni bajarish orqali ularning imlo savodxonliklarini oshirish mumkin. Barcha ona tili darslarida o'quvchilar bilishini va malaka qobiliyatlarini takomillashtirish maqsadida oldin o'tilgan darslarni takrorlashga vaqt ajratiladi. Takrorlash bilimlarni aniqlashga, hisobga olish va shu bilan bir vaqtda mustahkamlashga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda oldin o'tilganlarni takrorlash bilan bir vaqtda va takrorlash jarayonida oz-ozdan yangi bilimlar berib boriladi. Takrorlash orqali o'quvchilar o'z bilimlarini tartibga soladilar, mustahkamlaydilar. Ilg'or tajribali o'qituvchilar darslarni tashkil etishda oldin o'tilganlarni mustahkamlash, yangi bilimlarni o'zlashtirish bilan bir vaqtda keyingi darsda o'rganiladigan mavzu uchun zamin tayyorlaydilar. Xozirgi zamon darsi shundan iboratki, o'quvchi, tinglovchi, o'qituvchi esa ma'ruzachi bo'lib qolmasligi kerak. Balki o'qituvchi darsni kuzatib tartibga soluvchi rejissyorga aylanmog'i lozim. O'qituvchi darsni shunday tashkil etishi kerakki hamma o'quvchi shu mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritsin, o'z fikrini ayta olsin, kamchiligi bo'lsa o'rtoqlari va o'qituvchi javobidan kelib chiqib to'g'rilay olsin. Darsning xarakter xususiyatiga qarab dars interfaol usulda bo'lishiga erishishi lozim. Darslarda testlardan va tarqatmali materiallardan foydalanish ham yahshi natija beradi. 1-4-sinf ona tili darslari bilan tanishtirish va ularning bir-biridan farqi. Ma'lumki, boshlang'ich sinf ona tili darsligining adabiy til meyorida amaliy o'zlashtirishlarga yordam berishdir. Darslikning asosiy qismini xilma-xil mashqlar tashkil etadi. 3-sinf ona tili darsligi asosan 4 ta bo'limdan iborat. Takrorlash Gap So'z tarkibi So'z turkumlari Shuningdek o'quv yili oxirida yil davomida o'tilganlarni takrorlash berilgan. Bu bo'limlar uchun berilgan mashqlar asosan o'quvchilarni 4 ta bo'lim yuzasidan puxta bilim olishlari uchun asos bo'laoladi. Umuman yangi darslik eski darslikdan birmuncha mukammal ishlangan. 4-sinf ona tili darsligi R.Ikromova, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, D.Shodmonovalar muallifligidagi darslik asosan sakkista katta bo'limni o'z ichiga olgan bo'lib, o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, bilish faolligini oshirishga qaratilgan. Bu darslikda oltita asosiy bo'lim bo'lib har bir bo'limda o'rganilishi zarur bo'lgan reja- mavzular berilgan. Yangi darslikdagi so'z turkumlari bo'limida berilgan mashqlar, eski darslikdagi mashqlardan tubdan farq qiladi yangi darslikdagi berilgan qoida va mashqlar o'quvchilarning o'zlashtirishlari uchun juda qulay berilgan. Umuman yangi to'ldirilgan nashrlar o'quvchilarning ona tili fanidan puxta bilim olishlarida katta ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinf ona tili DTS talablari o’quvchilarga o’z o’qitish dasturlari asosida o’rganish va bilish kerak bo’lgan savollar, mavzular va umumiy ta’lim muhiti haqida ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: O’qitish metodikalari: Boshlang’ich sinf ona tili kursida o’qitish jarayonida foydalaniladigan o’qitish metodikalari, turli xil ta’lim vositalari va darsliklar haqida tushuncha berish kerak. Boshlang’ich ona tili grammatikasi: O’quvchilar o’qitish jarayonida grammatikani to’g’ri tushunish va uning amaliyotda qo’llanilishi kerak. Bu esa o’quv dasturi o’z ichiga olgan grammatika ko’nikmalarining bir qismidir. So’zlashuv va yozish: Ona tili darslarida o’qitish yozish va gaplashish bo’yicha qulaylik va samaradorlikni yaratishga qaratilgan. Shuning uchun, so’zlar va ifodalar, matn tahlili va yozish, gaplarni tuzish va ijro etish, so’zlashtiruvchi yozuvchi ishlari, maqolalar yozish va hokazo, bu sinf darslarida o’rganilishi kerak. O’quv dasturi tahlili: O’quvchilar o’zining boshlang’ich ona tili o’qitish dasturiga tushunish va uning asosiy qismlarini o’rganish kerak. Bu esa o’quv dasturi, mavzular, modullar, darsliklar, dars natijalari, baholashlar va boshqa tahlil qilinishi kerak bo’lgan qismlardan iborat. Nutq tayyorlash: Boshlang’ich sinf ona tili darslarida nutq tayyorlash, kommunikatsiya, munozara va talqin ishlari o’rganilishi kerak. Bu esa o’quvchilarni real jihatdan o’qitish, ularni nutq tayyorlash va mustaqil ravishda munozara qilishlariga yordam beradi. Baholash: Boshlang’ich sinf ona tili kurslarida o’quvchilarning amaliyoti baholash usullari ham o’rganilishi kerak. Bu esa o’quvchilarning o’qishlarini baholash, ma’lumotlarini baholash va ularning kelajakdagi o’qitish jarayonida muvaffaqiyatli bo’lishlari uchun zarur bo’lgan. XULOSA Boshlang'ich sinf Ona tili DTS talablari va o'quv dasturi tahlili asosida quyidagi xulosa kelib chiqish mumkin: Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun Ona tili DTS talablari quyidagilardan iborat: O'zbek tilining grammatik qoidalari va frazeologiyasi haqida umumiy bilimlarni olish Tilning shakl va matnlarini tahlil qilish Tilni ma'nosi va yozuvi bilan tanishish Tilning lug'aviy qismlarini o'rganish Tilni ijtimoiy axborot turlari bilan tanishish Tilni boshqa so'zlashuv usullariga mos kelishini o'rganish Ona tili darsligining o'quv dasturi darsliklar, jurnallar, audio-va video darslar, testlar, gaplashish va ma'ruzalar kabi bir nechta turdagi o'quv vositalaridan iborat. O'quv dasturi asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Kelam so'zlashuv usullarini o'rganish Adabiy matnlarni tahlil qilish va o'qishni o'rganish Yozuv va lug'at ishlari bilan tilni o'rganishni o'rganish Tilni tinglash va fahmlashni o'rganish O'quv dasturi, o'quvchilarga Ona tili darsligida O'zbek tilini yaxshi bilish, tilni adabiyot, axborot va kommunikativ xususiyatlarini oshirish, tilni muhim xabar-malumotlarni qisqa va to'g'ri aytish, muvofiqlik va rivojlanishlarini ta'minlashga intiladi. O'quv dasturining o'zgarishlari va yangilanishlari o'zbek tili o'qituvchi va o'quvchilarning talablari, so'nggi xalqaro standartlar va dinamik tarixiy, ijtimoiy va siyosiy ko'rsatkichlariga muvofiq yangilanadi. Download 52.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling