O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi
Poyezdlarning harakat grafigi va temir yo‘lning poyezd o‘tkazish qobiliyati
Download 115.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq15-amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keyslar to’plami
2. Poyezdlarning harakat grafigi va temir yo‘lning poyezd o‘tkazish qobiliyati
Harakat grafigining ahamiyati va unga qo‘yiladigan talablar. Temir yo‘llarda poyezdlar “harakat grafigi” deb nomlangan jadval asosida harakatlanadi. Poyezdlarning harakat grafigi temir yo‘llardan foydalanish bo‘yicha bajariladigan barcha ishlar rejasining chizma ko‘rinishini ifoda etadi va tashishlarni tashkil qilishning asosi hisoblanadi. Poyezdlarning yurishini jadval asosida tashkil qilishga stansiyalarda, lokomotiv va vagon depolarida, tortish nimstansiyalarida, texnik xizmat punktlarida, yo‘l distansiyalari va temir yo‘llarning harakat bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalarida texnologik jarayonlarni aniq bajarish bilan erishiladi. Poyezdlarning harakat grafigi ushbu 543 borishga imkon yaratadi. Poyezdlarning harakat grafigi quyidagilarni ta’minlashi kerak: yo‘lovchi va yuklar tashish ishlarini bajarish; poyezdlar harakatining xavfsizligini; uchastkalarning poyezd o‘tkazish va tashish, stansiyalarning qayta ishlash qobiliyatini; harakatlanuvchi tarkiblardan samarali foydalanish; lokomotiv brigadalarining belgilangan vaqt davomida uzluksiz ishlashini; yo‘llar, inshootlar, SMB qurilmalari, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining joriy soz holati va shu kabilar. Keyslar to’plami Peregonda majburiy to’xtab qolgan poyezdni xavfsizlik nuqtai nazaridan to’sish choralari ko’rsatilgan sxemani chizing. Peregonda majburan to’xtab qolgan poyezd mashinisti qanday ma’lumotlarni stansiya navbatchisiga yetkazishi lozimligi ifodalangan jadval tuzing. To’xtab qolgan poyezdga orqadan kelayotgan poyezd tomonidan yordam ko’rsatish choralarini muhokama qiling. Totuvchi harakat tarkibini peregonga chiqarishni taqiqlovchi sabablar ro’yxatini tuzing. Tortuv harakat tarkiblari turlariga qarab ularda xizmat ko’rsatuvchi mashinist va yordamchilar soni ko’rsatilgan jadval tuzing. Lokomotivlar va vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish turlari va mudddatlarini muxokama qiling. Foydalanilgan adabiyot G Drysdale Dempsey “Practical Railway Engineer” – 2011:. – London. Тemir yo’llar umumiy kursi. А.Sh. Shorustamov, R.Ya. Аbdullayev, S.Х.Хusamov, Тоshkent, 2007 y. Download 115.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling