O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Topshiriqni boshqarish tili
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Resurslar taqsimoti.
- Prosessor vaqti.
Topshiriqni boshqarish tili. Kompyuterda bajarilishi kerak bo’lgan topshiriq
avtomatik tarzda yoki foydalanuvchi aniqlagan parametrlar yordamida bajariladi. Jarayonni boshqarish uchun OSga boshqarish tili kiritiladi va topshiriqni bajarish =-74-= uchun zarur bo’lgan resurslar aniqlanadi. Odatda agar topshiriqni boshqarish tilida ma’lum resurlar qayd etilmasa unda sistema uchun qabul qilingan parametrlar olinadi. Topshiriqni boshqarish tili hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarida sistemani tashkil qilinayotgan paytda tanlab olinadi. Parametrlarni tanlab olish foydalanuvchining talab va ehtiyojiga qarab amalga oshiriladi. Har bir sistemani qo’shimcha dasturlar bilan boyitish har doim ham yaxshi natijaga olib kelmaydi. Masalan, funksional jixatdan bir vaqtning o’zida bir necha dasturning sistemada saqlanishi sistema uchun kerakli dasturning qidirilishiga ko’p vaqt va qo’shimcha xotira sarflanishiga olib keladi. Shu kabi sistema uchun bevosita zarur bo’lmagan dasturning saqlanishi ham shu natijaga olib keladi. Dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxasis bo’lmagan foydalanuvchi uchun topshiriqni boshqarish tilini tahlil qilish va unga o’zgartishlar kiritish tafsiya qilinmaydi. Resurslar taqsimoti. Avval aytganimizdek resurslar fizik va dasturiy bo’ladi. OS yordamida resurslar shunday taqsimlanadiki natijada bajarilayotgan topshiriqlar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Topshiriqlar tili yordamida foydalanuvchining dasturi normal ishlashini ta’minlaydigan resurslar aktiv holatga chaqiriladi va topshiriq bajarilishiga qarab ular ma’lum ketma-ketlikda bajariladi. Resurslar ishlatilishi ketma-ketligi boshqarish tili va foydalanuvchi dasturi yordamida amalga oshiriladi. Prosessor vaqti. Topshiriq bajarilishi uchun ketgan umumiy vaqt prosessor va kutish vaqti majmuasidan iborat bo’ladi. Prosessor vaqti bevosita foydalanuvchi dasturiga ishlov beradigan vaqt bilan aniqlanadi. +o’shimcha vaqt bu OS resurslariga murojaat va uni bo’shashini kutish, muloqat, prosessorga bog’liq bo’lmagan boshqa resurslarni ishlash vaqtidir. Foydalanuvchi dasturiga ketgan umumiy vaqtga nisbatan prosessor vaqti salmog’i har doim kam bo’ladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling