O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Externet shinasini va 1 Gbit/s o’tkazish qobiliyati bilan ishlaydiganFibre


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/51
Sana14.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1703658
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
Bog'liq
kompyuter taminoti

Externet shinasini va 1 Gbit/s o’tkazish qobiliyati bilan ishlaydiganFibre 
Channel shinasini tavsiya etish mumkin. 


=-26-= 
 
6-MARUZA: MIKROPROSESSORLAR VA ULARNING TURLARI 
Reja: 
1. Kompyuterning funksional jihatdan tuzilishi 
2. SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning 
tuzilishi 
3. Mikroprotsessorlarning turlari 
 
Kompyuterning funksional jihatdan tuzilishi 
Kompyuter arxitekturasi , odatda, arxitektura xususiyatlarining foydalanuvchi 
uchun katta ahamiyatga ega bо‘ladigan majmui bilan belgilanadi. Bunda, asosiy 
e’tibor mashinaning tuzilishi va funksional imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu 
imkoniyatlar asosiy va qо‘shimcha funksional imkoniyatlarga farq qiladi. 
Asosiy funksiyalar EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari jumlasiga 
axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi obyektlar bilan axborot almashinish kiradi. 
Qо‘shimcha funksiyalar esa asosiy funksiyalar samarasini oshiradi, ya’ni 
mashina ishining unumli rejimi, yuqori ishonchliligi, foydalanuvchi bilan mashina 
о‘rtasida dialog qaror topishi va shu kabilarni ta’minlaydi. EHMning sanab о‘tilgan 
funksiyalari mashina komponentlari, jumladan apparat vositalari va dasturiy vositalar 
yordamida amalga oshadi. 
Kompyuterning tuzilishi – kompyuter komponentlarining tarkibi, ular orasida 
bajariladigan harakatlar tartibi va tamoyillarini belgilab beruvchi muayyan modeldir. 
Shaxsiy kompyuter – hammaning imkoni va foydalanish qulayligi bо‘yicha 
umumiy talablarni qanoatlantiruvchi stol ustiga о‘rnatiladigan yoki qо‘lda olib 
yuriladigan EHM. 
SHK afzalliklari jumlasiga quyidagilar kiradi: 
yakka xaridor imkoni doirasidagi mо‘tadil narxi; 
atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qо‘yilmagan tarzda muxtor 
ishlashi; arxitekturaning fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy turmush sohalarida 
turlicha qо‘llanilishga moslasha oladigan о‘zgaruvchanligi; foydalanuvchining 


=-27-= 
maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi qulay operatsion 
tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi; ishining о‘ta ishonchliligi (5 
ming soatdan ortiq ishlashi). 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling