O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/51
Sana14.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1703658
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
Bog'liq
kompyuter taminoti

SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning 
tuzilishi 
SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalarini kо‘rib chiqamiz. 
Mikroprotsessor (MP). Bu, SHKdagi markaziy blok bо‘lib, mashinaning barcha 
bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy 
operatsiyalar bajarish uchun mо‘ljallangan. 
Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi: boshqaruv qurilmasi (BQ) – oldin 
bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan 
kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) 
shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi; 
bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini 
shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi; mazkur boshqaruv 
qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi
arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) – sonli va belgili axborot bilan bajariladigan 
barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mо‘ljallangan 
(SHKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga 
qо‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi); mikroprotsessor xotirasi (MPX) – 
mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qо‘llaniladigan 
axborotni qisqa muddatga yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. 
Negaki, asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor 
samarali ishlashi uchun zarur bо‘ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab 
chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi; registrlar – uzunligi turlicha bо‘la oladigan tez 
ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past 
bо‘lgan AXQ uyalaridan farq qiladi); mikroprotsessorning interfeys tizimi – 
SHKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog‘lashni ta’minlaydi; о‘z ichiga 
MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-
chiqarish portlari (KCHP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi. 


=-28-= 
interfeys (ingl. interface) – kompyuterda mavjud qurilmalarni о‘zaro ulab, ular 
о‘rtasida aloqa bog‘lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mо‘ljallangan 
vositalar majmui. kiritish-chiqarish porti (ingl. I/O – Input/Output port) –
mikroprotsessorga SHKning boshqa qurilmasini bog‘lash imkonini beruvchi ulash 
apparati. 
Mikroprotsessor , boshqacha nomi – markaziy protsessor (MzP). 
Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) – kompyuterning dastur 
tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish 
komponenti bо‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha 
qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi. Aksariyat hollarda MzP о‘z ichiga: arifmetik-
mantiqiy qurilmani; ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini; registrlarni; 
komandalar hisoblagichini;kesh – kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512 
Kbaytga qadar) saqlash qurilmasini; nuqtasi о‘zgaruvchan sonlarning matematik 
soprotsessorini mujassam etadi. 


=-29-= 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling