=-33-=
ularga ishlov bergan, xotira qurilmasiga saqlagan yoki
undan hisoblab chiqargan
bо‘lib, kalkulyatorlarda qо‘llash uchun mо‘ljallangan. 4004 rusumli chip (yoki
kristall) о‘sha davrda dunyoda eng zо‘r kompyuter sanalgan Amerika hukumatining
ENIAC rusumli kompyuteridan ham kuchli vosita sifatida e’tirof etildi. Jumladan,
ushbu kompyuter soniyada 5000 yо‘riq bajargan bо‘lsa, 4004 esa 60000 yо‘riqqa
ishlov bergan. Ayni paytda chip barmoq uchida joylashgan bо‘lsa (uning о‘lchami
1/6 ga 1/8 dyuym bо‘lgan), ENIAC 3000
kvadrat fut maydonni egallab, vazni 30
tonnadan ortiq bо‘lgan. Xoffning ushbu ixtirosi о‘z vaqtida Noysning integral
sxemasi kabi katta ahamiyatga ega bо‘lgan. Protsessorga о‘shanda “chip
ustidagi
kompyuter” nomini oldi. Negaki endi, zikr etilgan
kompyuter tomonidan amalga
oshirilgan jamiki arifmetik va mantiqiy vazifalar mixning qalpog‘idek keladigan chip
ichidan joy olgan edi. Darhaqiqat, 4004 umuman sun’iy intellekt tizimlarini, xususan
shaxsiy kompyuter yaratilishi uchun yо‘l ochib bergan inqilobiy ixtiro bо‘lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: