O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Intel 486 rusumli markaziy protsessor
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pentium rusumli protsessor
Intel 486 rusumli markaziy protsessor
1989 yili Intel korporatsiyasi tranzistorlar soni milliondan oshib ketgan 80x86 deb nomlanadigan mikroprotsessorlar oilasining birinchi vakilini havola etdi. 486 protsessorlarining avlodi kompyuterda komandalar satri orqali amalga oshiriladigan ishdan “kо‘rsatgin-u bir bor chert!” rejimiga о‘tilganligini nishonladi. Intel 486 ichiga о‘rnatilgan matematik soprotsessorga ega birinchi mikroprotsessor bо‘ldi. U markaziy protsessor о‘rniga murakkab matematik amallarni bajarib, ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini sezilarli darajada tezlatib yubordi. 486 protsessori komanda va ma’lumotlarning 8 Kbaytini saqlash uchun mо‘ljallangan bо‘lib, mikrosxema ichiga о‘rnatilgan ichki keshga ega. Yaratiladigan yangi imkoniyatlar tizimlarning kо‘p vazifaligini yanada kengaytiradi. Yangi operatsiyalar xotira qurilmasi ichidagi semaforlar bilan olib boriladigan ishlar tezligini oshiradi. Mikrosxemalardagi jihozlar kesh-xotiraning =-36-= ziddiyatli bо‘lmasligini kafolatlab, kо‘p sathli keshlashtirish jarayonini amalga oshirish uchun mо‘ljallangan vositalar ishini qо‘llabquvvatlaydi. Pentium rusumli protsessor Intel firmasining asosiy yutuqlaridan biri Pentium rusumli protsessor yaratilishi bо‘ldi. Bu ish 1989 yil iyun oyida boshlandi. Pentium ni ishlab chiqish va sinab kо‘rish ishlarida shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqadigan va dasturiy ta’minot tuzadigan asosiy mutaxassislar faol ishtirok etishdi. Bu esa, о‘z navbatida, loyihaning umumiy muvaffaqiyatiga sezilarli omil bо‘ldi. 1991 yil intihosida protsessor maketi tayyor bо‘lib, unda muhandislar dasturiy ta’minotni ishga tushirishga muvaffaq bо‘ldilar. Loyiha ishlari asosan 1992 yilning fevral oyida nihoyasiga yetkazilib, protsessorlarning tajriba uchun yaratilgan partiyasi keng qamrovli sinovdan о‘tkazila boshlandi. Pentium sanoatini о‘zlashtirish yuzasidan qaror 1992 yilning aprel oyida qabul qilinib, 1993 yil 22 mart kuni Pentium protsessorining keng qamrovli taqdimoti о‘tkazildi. Bitta kremniyli asosga 3,1 million tranzistorni birlashtirgan 32 razryadli Pentium protsessor о‘zining yuksak unumdorligi bilan tavsiflanadi. Pentium protsessorning superskalyar arxitekturasi faqat Intel bilan mos keladigan ikki konveyerli industrial arxitekturadan iborat. Bunday arxitektura protsessorga taktli chastotaning bir davri mobaynida bittadan ortiq komanda bajarish orqali ish unumdorligining yangi darajalariga chiqish imkonini berdi. Pentium protsessorda amalga oshirilgan yana bir juda muhim inqilobiy takomillashuv – alohida-alohida keshlashtirish jarayoni joriy etilgani bо‘ldi. Ichiga verguli о‘zgaruvchan takomillashtirilgan hisoblash bloki о‘rnatilganligi bois Pentium protsessor yuqori darajali hisoblash amallarini bajarish imkonini yaratdi. Tashqi tomondan Pentium protsessor 32 bitli qurilma bо‘lib, xotira qurilmasiga ulangan tashqi ma’lumotlar shinasi 64 bitli sanaladi. Pentium protsessor kompyuterlarni tovush, ovozli va matnli nutq, foto tasvir kabi “real dunyo” alomatlari bilan ishlashga о‘rgatdi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling