O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Intel 486 rusumli markaziy protsessor


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/51
Sana14.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1703658
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
Bog'liq
kompyuter taminoti

Intel 486 rusumli markaziy protsessor 
1989 yili Intel korporatsiyasi tranzistorlar soni milliondan oshib ketgan 80x86 deb 
nomlanadigan mikroprotsessorlar oilasining birinchi vakilini havola etdi. 486 
protsessorlarining avlodi kompyuterda komandalar satri orqali amalga oshiriladigan 
ishdan “kо‘rsatgin-u bir bor chert!” rejimiga о‘tilganligini nishonladi. Intel 486 ichiga 
о‘rnatilgan matematik soprotsessorga ega birinchi mikroprotsessor bо‘ldi. U 
markaziy protsessor о‘rniga murakkab matematik amallarni bajarib, ma’lumotlarga 
ishlov berish jarayonini sezilarli darajada tezlatib yubordi. 
486 protsessori komanda va ma’lumotlarning 8 Kbaytini saqlash uchun 
mо‘ljallangan bо‘lib, mikrosxema ichiga о‘rnatilgan ichki keshga ega. 
Yaratiladigan yangi imkoniyatlar tizimlarning kо‘p vazifaligini yanada 
kengaytiradi. Yangi operatsiyalar xotira qurilmasi ichidagi semaforlar bilan olib 
boriladigan ishlar tezligini oshiradi. Mikrosxemalardagi jihozlar kesh-xotiraning 


=-36-= 
ziddiyatli bо‘lmasligini kafolatlab, kо‘p sathli keshlashtirish jarayonini amalga 
oshirish uchun mо‘ljallangan vositalar ishini qо‘llabquvvatlaydi. 
Pentium rusumli protsessor 
Intel firmasining asosiy yutuqlaridan biri Pentium rusumli protsessor yaratilishi 
bо‘ldi. Bu ish 1989 yil iyun oyida boshlandi. Pentium ni ishlab chiqish va sinab 
kо‘rish ishlarida shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqadigan va dasturiy ta’minot 
tuzadigan asosiy mutaxassislar faol ishtirok etishdi. Bu esa, о‘z navbatida, loyihaning 
umumiy muvaffaqiyatiga sezilarli omil bо‘ldi. 
1991 yil intihosida protsessor maketi tayyor bо‘lib, unda muhandislar dasturiy 
ta’minotni ishga tushirishga muvaffaq bо‘ldilar. Loyiha ishlari asosan 1992 yilning 
fevral oyida nihoyasiga yetkazilib, protsessorlarning tajriba uchun yaratilgan partiyasi 
keng qamrovli sinovdan о‘tkazila boshlandi. Pentium sanoatini о‘zlashtirish 
yuzasidan qaror 1992 yilning aprel oyida qabul qilinib, 1993 yil 22 mart kuni 
Pentium protsessorining keng qamrovli taqdimoti о‘tkazildi. 
Bitta kremniyli asosga 3,1 million tranzistorni birlashtirgan 32 razryadli Pentium 
protsessor о‘zining yuksak unumdorligi bilan tavsiflanadi. Pentium protsessorning 
superskalyar arxitekturasi faqat Intel bilan mos keladigan ikki konveyerli industrial 
arxitekturadan iborat. Bunday arxitektura protsessorga taktli chastotaning bir davri 
mobaynida bittadan ortiq komanda bajarish orqali ish unumdorligining yangi 
darajalariga chiqish imkonini berdi. Pentium protsessorda amalga oshirilgan yana bir 
juda muhim inqilobiy takomillashuv – alohida-alohida keshlashtirish jarayoni joriy 
etilgani bо‘ldi. Ichiga verguli о‘zgaruvchan takomillashtirilgan hisoblash bloki 
о‘rnatilganligi bois Pentium protsessor yuqori darajali hisoblash amallarini bajarish 
imkonini yaratdi. Tashqi tomondan Pentium protsessor 32 bitli qurilma bо‘lib, xotira 
qurilmasiga ulangan tashqi ma’lumotlar shinasi 64 bitli sanaladi. 
Pentium protsessor kompyuterlarni tovush, ovozli va matnli nutq, foto tasvir kabi 
“real dunyo” alomatlari bilan ishlashga о‘rgatdi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling