O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/51
Sana14.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1703658
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
Bog'liq
kompyuter taminoti

286 rusumli mikroprotsessor 
1982 yili 286 rusumli mikroprotsessorning yaratilishi hisoblash texnologiyalariga 
oid yangi g‘oyalar ishlab chiqilishida qо‘yilgan navbatdagi katta qadam bо‘ldi. 
Ushbu mikroprotsessorning 80286 degan nomi ham keng tarqalgan bо‘lib, uni ishlab 
chiqish jarayonida mikrokompyuterlar va katta kompyuterlar arxitekturalarida 
erishilgan yutuqlar inobatga olindi. 80286 mikroprotsessori ikki rejimda ishlay oladi, 
jumladan: real manzil rejimida u 8086 mikroprotsessori ishini bajaradi, virtual 
manzilning himoyalangan rejimida (Protected Virtual Address Mode) yoki P-rejimda 
esa dastur tuzadigan mutaxassisga kо‘p imkoniyat va vositalarni havola etadi. 286 
rusumli mikroprotsessor Intel firmasining oldin yaratilgan mikroprotsessorlari uchun 
tuzilgan har qanday dasturni bajarish qobiliyatiga ega birinchi mikroprotsessor bо‘ldi. 


=-35-= 
Shu davrdan e’tiboran dasturiy moslik Intel firmasi mikroprotsessorlar oilasini 
boshqa oilalardan ajratib turuvchi alomati bо‘lganicha qolmoqda. 
Intel 386 rusumli mikroprotsessor 
1985 yili 275000 ta tranzistorga ega, ya’ni tranzistorlar soni eng birinchi 4004 
rusumli protsessorga nisbatan 100 barobardan oshib ketgan, bir vaqtning о‘zida bir 
nechta dasturni amalga oshirish imkoniyatini beradigan “kо‘p vazifali”, 32 razryadli 
Intel 386 rusumli mikroprotsessor ishlab chiqildi. Mikroprotsessorlar texnologiyasida 
erishilgan sо‘nggi yutuqlar mujassam etilganiga qaramay 80386 о‘zining ajdodlari 
8086 va 80286 uchun katta miqdorda tuzilgan dasturiy ta’minot bilan obyektli kod 
bо‘yicha moslikni saqlab qoldi. Uning virtual mashina chiqish xossasi alohida 
qiziqish uyg‘otadi. Ushbu xossa 80386 mikroprotsessoriga UNIX va MS-DOS 
singari operatsion tizimlar tomonidan boshqariladigan dasturlar ijrosiga о‘tish 
imkonini beradi. О‘zining 32 bitli arxitekturasi tufayli Intel 386 rusumli 
mikroprotsessor katta sonli, ma’lumotlarning katta tuzilishi va katta hajmli 
dasturlarga (yoki dasturlarning kо‘p soniga) ega va shu kabi operatsiyalar ijrosi bilan 
tavsiflanadigan “yirik” tizimlarni qо‘llab-quvvatlash uchun zarur bо‘ladigan dasturiy 
resurslarni ta’minlaydi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling