O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


-MARUZA: YARIM O‘TKAZGICHLI MIKROELEKTRONIKANING


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/51
Sana14.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1703658
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Bog'liq
kompyuter taminoti

7-MARUZA: YARIM O‘TKAZGICHLI MIKROELEKTRONIKANING 
FIZIK ASOSLARI 
Reja: 
1. Kompyuterning funksional jihatdan tuzilishi 
2. SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning 
tuzilishi 
3. Mikroprotsessorlarning turlari 
 
Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar kо‘rinishida tayyorlanadi. Jismonan 
mikroprotsessor integral sxema kо‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi 
bir necha kvadrat millimetr keladigan tо‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi 
kremniyning 
yupqa 
plastinkasi 
kо‘rinishida 
tayyorlangan bо‘lib, ustiga 
protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu 
kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga 
joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bо‘lishi uchun metall 
tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. 
Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bо‘lishi mumkin. 
Bunday tizimlar – kо‘p protsessorli tizimlar deb ataladi. 
Eng birinchi MP-4004 rusumli mikroprotsessor 1971 yilda Intel firmasi (AQSH) 
tomonidan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda mikroprotsessorlarning bir necha 
yuzlab turi tayyorlanadi, biroq ular orasida Intel va AMD firmalari tomonidan ishlab 
chiqarilayotgan mikroprotsessorlar eng kо‘p tarqalgani mikroprotsessorlar deb e’tirof 
etilmoqda. 
Intel mikroprotsessorlari 
Baliq ovida qо‘llaniladigan elektron xо‘rak bilan о‘quvchi ishlatadigan shaxsiy 
kompyuter о‘rtasida qanday umumiylik bor? Ikkalasining zamirida Intel 
mikroprotsessorlari mavjud. Mikroprotsessorlar tо‘g‘risida gap borganda kо‘pchilik 
shaxsiy kompyuterni tasavvur qiladi. Biroq ilk protsessorlar kundalik hayotda keng 
qо‘llaniladigan kо‘plab mexanizm va asbob-uskunalar ichiga о‘rnatilgan edi. 1971 
yili Intel kompaniyasi о‘zining eng birinchi mikroprotsessorini havola etganida, 


=-30-= 
ushbu texnologiya kelajakda qanday murakkab apparatlar yaratilishiga olib kelishini 
о‘shanda hech kim hayoliga ham keltirmagan edi. 
Protsessor qо‘llanilgan ayrim sohalarni sanab о‘tamiz: 
- svetofor kontrolleri 
- interfaol о‘yinchoqlar 
- radiomodem 
- sun’iy yо‘ldosh orqali aloqa 
- avtomobilda qо‘llaniladigan raqamli navigatsiya tizimi 
- avtomobilda qо‘llaniladigan о‘t oldirish va yoqilg‘i yetkazish tizimini boshqarish 
- printerlar 
- ovoz rejissyorining pulti 
- lokomotivlar (dvigatelning elektr ta’minotini nazorat qilib borish uchun 
qо‘llaniladi) 
- interfaol sezuvchan (sensorli) videoekran 
- kompyuterli terminal klaviaturasi 
- kо‘chmas disk 
- elektr energiyasi sarfi ustidan nazorat 
- texnologik nazorat (ishlab chiqarish jarayonining sharoitlari, jumladan harorat, 
bosim yoki materiallar sarfi ustidan nazorat) 
- baliq ovida qо‘llaniladigan elektron xо‘rak 
- elektron gitara, organ, sintezator 
- geliyli detektor 
- sport trenajyorlari 
- darts elektron о‘yini 
- tadqiqot asboblari 
- dengiz kemalari shvartovka muftalarining kontrollerlari 
- start blokining sensorlari (yengil atletikada falstartning (komanda berilmasdan 
oldin olingan startning) oldini olish uchun qо‘llaniladi) 
- kompyuter-kassa tizimlari 
- uyali aloqa (qо‘l) telefon apparatlari 


=-31-= 
- kabelli televideniyening dekoderi 
- faksimil aloqa apparati 
- sun’iy yо‘ldoshdagi qabul qurilmasi 
- tibbiyot jihozlari 
- bemorlar holati ustidan nazorat qilish tizimi 
- savdo-sotiqda qо‘llaniladigan avtomatlar 
- duradgorlikda qо‘llaniladigan elektron adilak (shayton) 
- nusxakash uskunalar 
- shtrix-kodli printer 
- robot qо‘li 
- yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda kо‘paytirish (hayvonning terisi ostiga о‘zining 
yaqin qarindoshi bilan chatishtirilishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun olimlar 
foydalanadigan genetik axborotga ega juda kichik mikrosxemalar ulanib, bitkazib 
yuboriladi) 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling