O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Xeon oilasiga mansub protsessorlar


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/51
Sana14.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1703658
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
kompyuter taminoti

Xeon oilasiga mansub protsessorlar 


=-41-= 
Kuchli kompyuterlarda Xeon protsessorlari qо‘llaniladi. Ushbu protsessorlar 
uchun slot 2 joriy etilgan. Ushbu slot (yangi protsessorning interfeysi bilan 
birgalikda) FRC li ortiqcha tizimlarni ham, 1, 2, 4 va hattoki 8 protsessorli simmetrik 
tizimlarni ham yaratish imkonini beradi. Shinalarining chastotasi 100 MGs, 
yadrosining chastotasi esa 400 MGs va bundan ham yuqori, ikkilamchi kesh-xotira 
qurilmasi xuddi Pentium Pro da singari yadro chastotasida ishlaydi. Ikkilamchi kesh-
xotira qurilmasining hajmi 512 Kbayt, 64 Gbaytgacha keshlashtirilganida 1 yoki 3 
Mbayt (36 bitli manzil belgilanishida jamiki manzil makoni). Xeon protsessorlari 
nafaqat katta quvvati, balki katta, xususan: 15,2 x 12,7 x 1,9 sm о‘lchamlari bilan 
ham ajralib turadi 
Xeon protsessorlari tizim axborotini saqlash uchun mо‘ljallangan yangi vositalarga 
ega. Protsessordagi faqat о‘qish uchun mо‘ljallangan protsessorga oid axborotni 
saqlovchi doimiy xotira qurilmasi PIROM (Processor Information ROM) yadro 
protsessori va kesh-xotira qurilmasining elektr tasniflarini (chastotalar diapazoni va 
iste’mol qilinadigan elektr kuchlanishlarni), Stasniflarni va protsessorning 64 bitli 
seriya raqamini saqlaydi. CPUID identifikatsiyalash yо‘riqnomasiga kо‘ra bunday 
axborotga kirib bо‘lmaydi. Energiya jihatidan muxtor sanalgan Scratch EEPROM 
xotira qurilmasi protsessorni (yoki ushbu protsessor о‘rnatilgan kompyuterni) 
yetkazuvchi tomonidan tizimga oid axborotni kiritish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, 
bundan boshqa navbatdagi axborotni kiritishdan himoya qilingan bо‘lishi mumkin. 
Protsessor, haroratni nazorat qilib borish uchun dasturlanadigan qurilma bilan 
birgalikdagi harorat datchigi (yadro kristali ustiga joylashtirilgan termodiod) bilan 
jihozlangan. Ushbu qurilma kartridj sinovdan о‘tkazilayotgan bosqichda muayyan 
protsessordagi termodiod bо‘yicha tekshirib tо‘g‘rilanadigan analog-raqamli 
о‘zgartirgichga ega. Termometr sozlanishining doimiy soni (konstantasi) PIROM ga 
kiritiladi. Haroratni nazorat qilish qurilmasi dasturlanadi, ya’ni unga о‘zgartirishlar 
chastotasi hamda harorat chegaralari kiritiladi. Harorat ushbu chegaralarga yetganida 
tizim ishida uzilish rо‘y bergan signal shakllanadi. PIROM, Scratch EEPROM va 
haroratni nazorat qilish qurilmasi bilan hamkorlik qilish uchun protsessor I
2



=-42-= 
interfeysiga asoslangan ketma-ket ulangan qо‘shimcha SMBus (System Management 
Bus) shinasiga ega. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling