O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuterning ishonchliligini taminlash.
Effektiv joylashtirish. Berilganlarni qay tartibda joylashtirish sistemaning
mukammal ishlashiga omil bo’ladi. Berilganlar pog’ana-pog’ana joylaytiriladi. OS shunday ko’rilganki berilganlar bir biriga yaqin joyda joylashadi. Bunda ko’p ishlatiladigan berilganlar oldingi "fon"da, kamroq ishlatiladiganlar esa keyingi bo’limlarda joylashtiriladi. Albatda joylashtirishda ikkita berilganlar majmuasi o’rtasida bo’sh joy qoldirmaslikka harakat qilinadi. Berilganlar majmuasi orasida bo’sh joy hosil bo’lishi mumkinmi? Ha, mumkin. Bu berilganlarning saqlanishining ichki tuzilishidan kelib chiqadi. OS berilganlarni effektiv joylashtirish uchun shunga o’xshash holatlarni hisobga olgan holda joylashtiradi. Kompyuter bilan muloqat. OS ning ayrim resurslarida kompyuter bilan muloqat ko’zda tutilgan. Bundan tashqari foydalanuvchi ham o’z dasturiga muloqatni kiritishi mumkin. Muloqat tashabbuskori sistema yoki foydalanuvchi bo’lishi mumkin. Tashabbuskor sistema bo’lganda, sistema hosil bo’lgan holatdan boshqa holatga o’tish yo’lini foydalanuvchi tafsiyasiga asosan bajaradi. Bunday holatlar rejali yoki rejasiz bo’lishi mumkin. Rejali holat sistemada ko’zda tutilgan bo’lib foydalanuvchining javobi sistema unumdorligini oshirishga olib keladi. =-73-= Rejada ko’zda tutilmagan muloqatda esa sistema jarayonni qay tartibda bajarishni "bilmaydi" va tupik holat vujudga kelishi ham mumkin. Masalan, foydalanuvchi dasturi sistemada mavjud bo’lmagan resursni talab qilishi. Muloqat tashabbuskori foydalanuvchi bo’lganda, sistema kutish holatiga o’tadi va foydalanuvchining buyrug’iga asosan ishni davom ettiradi. Masalan, sistema xizmat qilayotgan dasturni vaqtinchalik yoki umuman to’xtatish. Kompyuterning ishonchliligini taminlash. Kompyuterning qurilmalari normal ishlashi uchun ma’lum shart sharoitlar bajarilishi talab qilinadi, bular elektr manbai parametrlari, tashqi muhit temperaturasi va boshqalardir. Bu shart sharoitlardan chetga chiqish kompyuter aparaturasida uzilishga yoki notug’ri ishlashiga olib keladi. OS da apparatura notug’ri ishlashi natijasida paydo bo’ladigan xatolikni inkor qiluvchi dastur mavjud bo’lib zaruriyat tug’ilganda sistema tashabbusi bilan bu dastur ishlaydi va hosil bo’lgan xatolikka ishlov beradi. Bundan tashqari dasturiy resurslar noto’g’ri ishlashi natijasida xatolik vujudga keladi. Bu vaziyatda ishlatilayotgan dasturning to’g’ri yoki noto’g’ri ishlayotganligini aniqlash uchun turli uslublardan faydalaniladi. Bunday uslublardan biri quyidagicha. OS tarkibiga maxsus dastur kiritiladi va bu dastur berilganlarga ishlov berishdan avval va ishlov bergandan so’ng tekshiriladi. Shu dastur kodlari yig’indisi tekshiriladi, agarda hosil bo’lgan kod avvaldan shu dastur uchun aniqlangan kodga teng bo’lsa, u holda dastur tug’ri ishlaydi yoki ishlagan deb talqin qilinadi. Odatda OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar uchun yagona kod tanlanadi, masalan barcha bitlar nolga tenglab olinadi. Buning uchun dasturning oxirgi buyrug’idan keyin nol kodiga to’ldiruvchi bo’lgan kod tanlanadi va bu kodni dastur kodlari bilan yig’indisi nol kodini beradi. Shu bilan dastur ishi natijasining ishonchliligiga erishiladi, chunki dasturdagi bitta bitning qiymati o’zgarishi dastur uchun aniqlangan kontrol yig’indida boshqa kod hosil qiladi. Bu holatlarni aniqlash va uni taxlil qilish uchun OS tarkibiga maxsus dasturlar kiritiladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling