O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


I. Bob. Usmoniylar imperiyasining dunyo tarixida tutgan o’rni


Download 58.34 Kb.
bet3/9
Sana09.06.2023
Hajmi58.34 Kb.
#1466151
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xolboyeva Zulayxo

I. Bob. Usmoniylar imperiyasining dunyo tarixida tutgan o’rni
1.1. Islom dinining tarixiy taraqqiyotga ta’siri
Din va siyosatning yaxlitlik printsipi azaldan islomning xokimiyat to’g’risidagi kontseptsiyasiga xos bo’lgan. Shu jixatdan islom boshqa dinlardan keskin farq qiladi. Masalan, xristian mamlakatlarida davlat xokimiyati xech qachon cherkov tashkilotlari bilan qo’shilib ketmagan. Rim imperiyasida dastlab yangi dinga qarshi xatto qattiq kurash olib borildi va faqat IV asrdagina xristianlik rasmiy dinga aylandi. Ammo shunda xam davlat va cherkov o’zlarining aloxida xokimiyat tizimlariga ega bo’lgan xamda ular tepasida imperator va bosh ruxoniy turgan. Keyinchalik xam masalan, Evropada bu ikki tizim faqat aloxida-aloxida mavjud bo’lmasdan, ba’zi xollarda bir-biriga muxolifatda xam bo’lishgan: Fransiyada kardinallar va qirollar, Rossiyada podsholar va patriarxlar. Umumiy ‘xristiancha’ qoidadan kichginagina teokratik katolik davlati Vatikan istisno xolos, bu erda Rim papasi xam diniy, xam dunyoviy xokimiyatning boshlig’i xisoblanadi. Arab xalifaligida, Usmoniylar imperiyasida, boshqa musulmon davlatlarida butunlay boshqacha xolat edi. Islom bu yerda faqat din emasdi, u musulmonlarning xayotiga to’liq kirib borgan, inson faoliyatining mafkuraviy, xuquqiy-siyosiy, ma’muriy, qidiruv-jazo, xarbiy, sud va maishiy soxalarini to’liq qamrab olgan edi. Musulmonlarda faqat diniy tashkilot va odatlargina bir xil emasdi. Qonunchilik, sud va jazo tizimi, armiya, maktab bularning xammasi islom printsiplari asosida faoliyat yuritardi. Chunki islom boshqa dinlardan farqli o’laroq, paydo bo’lgan paytdan boshlab siyosiy xokimiyat uchun kurash olib bordi. Boshqa dinlarda bo’lgani singari din davlat diniga aylanmasdan (masalan, xristianlik davlat diniga aylanishi uchun paydo bo’lgandan keyin 400 yilga yaqin vaqt kerak bo’ldi), islomda xalifalik ko’rinishidagi davlat to’liq diniy tamoyillar asosida shakllantirildi. Shuning uchun islom Islom ta’limoti yana bir sababga ko’ra ijtimoiy taraqqiyotga to’siq bo’layotgan edi – u fatalizm2 ruxi bilan sug’orilgan. Musulmonlar qismat, taqdir, tavakkul kabi tushunchalarga boshqa dinlar vakillariga nisbatan ko’proq ishonadilar. Islom ta’limotiga ko’ra xar bir kishining taqdiri Olloh tomonidan oldindan belgilab qo’yilgan, tug’ilgandan ‘peshonaga yozib qo’yilgan’ va undan qochib qutilib bo’lmaydi. Insonning xayot yo’li, o’lim vaqti, joyi va sababi belgilab qo’yilgan. Taqdirni o’zgartirishga qanchalik urinmagin bari bir ‘peshonaga yozilgani bo’ladi’. Shu sabali musulmonlar xar bir gapga ‘insholloh’ – ‘xammasi Ollohning ixtiyorida’, deb qo’shib qo’yishadi. Axir ‘islom’ so’zining o’zi xam ‘bo’ysunmoq’ degan ma’noni anglatadi – xudoga, taqdirga bo’ysunmoq, Olloh belgilab bergan yo’lga bo’ysunib ergashmoq. Ollohning xukmiga to’liq havola qilingan shaxsning itoatkorligi va taqdirga bo’ysunishi – bular faqat diniy fatalizm va fidoiylikning emas, o’z davrida Gegel yozganidek, ijtimoiy tuzumning printsipiga aylangan ‘ommaviy qullikning’, bugungi kunda esa diniy ekstremizm va terrorizmning xam manbaidir. Islom aqidaparastligi, uning baxslar va shubxalar uchun yopiqligi islom mamlakatlaridagi ijtimoiy va siyosiy xayotga, bu erdagi xalqlarning mentalitetiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Dunyoning ilg’or qismidagi intellektual integratsiyalashuv, shuningdek, yangi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlar, kishilarning yangi, munosib xayot qurish uchun qilayotgan inqilobiy intilishlari islom dunyosini chetlab o’tdi.
Yagona aqidaning so’zsiz xukmronligi ostida, ‘ommaviy qullikda’ yashashga ko’nikkan jamiyat keyinchalik mustamlakachilarning bosqinini va xatto maxalliy axolini kamsitishga qaratilgan mafkurasini xam, keyin esa partiya yoki bitta shaxsning cheklanmagan xokimiyatini xam katta qarshiliklarsiz qabul qildi. Yangi davrda musulmonlar orasida burjuacha tadbirkorlikning rivojlanishiga xam tashqi iqtisodiy munosabatlarning islomiy kontseptsiyasi to’siq bo’ldi. XVI–XIX asrlarda islom davlatlarida G’arbiy yevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy siyosatga butunlay qarama-qarshi siyosat olib borildi. G’arbiy yevropa davlatlarida ilk kapitalistik munosabatlar rivojlanishi davrida (1500–1750) davlat merkantilizm3 siyosatini olib bordi va bu yangi ishlab chiqarish usullari qaror topishida katta ro’l o’ynadi. Bu siyosatning asosini quyidagilar tashkil qiladi: tashqi aloqalarda faol savdo balansiga ega bo’lishga intilish, ya’ni ko’proq chetga sotish va kamroq sotib olish; protektsionizm4, ya’ni import tovarlariga yuqori boj to’lovlarini joriy qilish orqali o’z sanoatini ximoya qilish xamda maxalliy ishlab chiqaruvchilarni xar tomonlama qo’llab-quvvatlash; va nixoyat o’z savdogarlarining savdo ekspansiyasini, ya’ni ular tomonidan yangi bozorlarning egallab olinishini qo’llab-quvvatlash. Islom mamlakatlarida shu davrda butunlay boshqacha bo’ldi. Masalan, Usmoniylar imperiyasini oladigan bo’lsak, u bu borada shunday siyosat olib bordiki, buni antimerkantilizm deb atashimiz mumkin. Zamonaviy terminlar bilan ataganda, bu ‘ochiq eshiklar’ siyosati, erkin bozor siyosati edi. Islomning ‘savdo muqaddasligi’ to’g’risidagi kontseptsiyasidan kelib chiqib, musulmon ulamolari mamlakat obodligi ichki bozorda iste’mol mollarining ko’pligi bilan belgilanadi, deb xisoblardi. Shu munosabat bilan import rag’batlantirilib, eksport cheklanardi. Xokimiyat mamlakatga xar qanday chet el tovarlarining kiritilishiga xech qanday qarshilik qilmasdi. Bundan xam ajablanarlisi, chet el savdogarlariga, ayniqsa import bilan shug’ullanuvchilariga turli xil imtiyozlar berilgan edi. Ushbu siyosat oqibatida tabiiyki maxalliy sanoat, manufaktura ishlab chiqarishi va xunarmandchilik og’ir axvolga tushib qolgan, chet el ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatda davlatning protektsionistik ximoyasidan maxrum qilingan edi. Raqobat esa, ayniqsa evropaliklar bilan kuchli edi. Ularning fabrika va zavodlarda ishlab chiqarilgan maxsulotlari manufakturalar va xunarmandlarning tovarlariga nisbatan sifatli va arzon edi. Chet el savdosiga bunday munosabat chet el savdogarlari uchun juda katta imtiyozlar tizimining shakllanishiga, chet el ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatda esa taslimchilik kayfiyatiga olib keldi.
Shunday qilib, islom musulmonlar xayoti va faoliyatining barcha soxalariga kirib borgan, musulmon jamiyatining barcha institutlarini qamrab olgan edi. Yangi davrda G’arbiy Evropa mamlakatlarida shakllangan yangicha dunyoqarash, demokratik g’oyalar, insonning tadbirkorligi va tashabbuskorligiga ochilgan keng imkoniyatlarning islom mamlakatlarida qaror topishi uzoq va og’ir jarayon bo’ldi. Ba’zi mamlakatlarda bu jarayon xamon davom etmoqda.

Download 58.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling