O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’limi vazirligi


Download 63.61 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi63.61 Kb.
#1478096
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Murtozayeva F


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI




Himoyaga ruxsat etilsin fakultet dekani


______________________
“___”_____________2023



KURS ISHI
MAVZU: Boshlang’ich sinf matematika darslarida tezlik tushunchasini o’rgatish metodikasi

Himoyaga tavsiya etilsin


Kafedra mudiri
_________________
“____”____2023-yil

Ilmiy rahbar:____________________


Talaba:3-kurs 310-guruh talabasi
Murtozayeva Fotima Murodilla qizi

Toshkent – 2023



Mundarija:
Kirish………………………………………..………………………………3-4
I Bob. Boshlang’ich sinflarda vaqt, tezlik va masofa tushunchalarini o’rgatishning nazariy asoslari
1.Matematika darslarida vaqt, masofa va tezlikka doir tushunchalarni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari………………………………………………..………………...5-8
2. Boshlang`ich sinflarida vaqt, masofa va tezlik haqidagi tushunchalarni o`rgatishning ahamiyati.....................................................................................9-14
II Bob.Boshlang’ich sinflarda tezlik tushunchalarini o’rganish ahamiyati
1.Boshlang`ich sinf o`uvchilariga miqdorlar haqidatushuncha berishning
nazariy asoslari……………………………………………………….…….15-20
2. Matematika darslarida vaqt, masofa va tezlikka doir masalalar
yechish ………………….…………………………..……………......…….21-25
II.Xulosa……………………………………………………….…………..26-27
III.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………..……………………...28


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekiston buyuk kelajagining egalaridir!
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida “ ....mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish ustivor maqsadimiz” degan fikr
mulohazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanadi. Ayniqsa, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchlari ta’lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish bo’yicha qo’yilgan vazifalarda “....ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va Oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash ... samarali tizimini yanada rivojlantirish” ko’zda tutilganligi dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Muammoning o’rganish darajasi. Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G’arbiy Yevropada ta’limni isloh qilinish bilan bog’liq ravishda kirib kelganligi ma’lum.Hozirgacha B. Bluj, J.Koroll, P.Y Galperin, V.I.Davidov,L.I.Zankov,Charlz, Templ va Jenni Stillarning texnologiyalari mashhurdir. O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari B.P.Bespalko, G.S.Suxobskoy,T.V.Kudryavsev,M.I.Maxmutov,T.N.Ballo kabi aksariyat psixolog va didaktikachilar ilmiy tadqiqot ishlarni olib borganliklarini aniqladim.
Kurs ishi ob’yekti. Umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinf matematika darslari.
Kurs ishi maqsadi. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalarda foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
. Pedagogik texnologiyalarni nazariyasining umumiy asoslarini o’rganish.
. Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish.
. Pedagogik texnologiyalarni va ularning turlarini tahlil etish.
. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalarni qo’llash uslubini ishlab chiqish.
. Ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar asosida tajriba-sinov ishlarini o’tkazish.
Kurs ishi metodlari. Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik adabiyotlar hamda me’yoriy, o’quv-dasturiy hujjatlarni tahlil qilish, o’quv jarayonini kuzatish,suhbat,so’rovnoma, testlar o’tkazish, eksperiment uslublari, pedagogik tajriba-sinov natijalari umumlashtirildi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi nazariy o’rganildi.
- pedagogik texnologiyalarning mohiyati uni tashkil etuvchi va mazkur jarayonga oid qismlari o’rganildi.
- boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi ishlab chiqildi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar, taklif etilgan fikr-mulohazalardan yangi avlod darsliklar, metodik qo’llanmalar yaratishda foydalanish mumkin.
Kurs ishi predmeti. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

Download 63.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling