O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta
Xondiza koni haqida qisqacha umumiy ma’lumot
Download 1.55 Mb.
|
xonjiza koni
Xondiza koni haqida qisqacha umumiy ma’lumotXondiza kon boshqarmasining rasmiy ochilish marosimi 2011-yilning 6-may kuni bo’lib o’tgan edi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xondiza va Uchquloch konlarining polimetall rudalari mineral xomashyo bazasidan samarali foydalanish to’g’risidagi”qarori korxonaning rivojlanishiga asos soldi.Bu konlarning polimetall rudalari mineral xomashyo bazasidan samarali,oqilona va kompleks foydalanishni ta’minlash va shu asosda “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish qavvatlari yuklanishini oshirish,rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadlarida Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari,shuningdek”Olmaliq KMK” Ajning Xondiza koni polimetall rudalari zaxiralari bazasida 2009-yilning ikkinchi yarmidan sanoat ishlab chiqarishini tashkil etgan holda ,quvvati yiliga 650 ming tonna rudani tashkil etadigan kon-boyitish kompleksini qurish to’g’risidagi taklif qabul qilindi. Geologlar Xondiza konida polimetall konlari qidiruv ishlarini 1960-yillar boshidayoq boshlab yuborgan edi.1974-yilda kon zaxiralari tasdiqlandi.Qidiruv ishlari bilan bir vaqtda 1970-yildan 2002-yilgacha bo’lgan oraliqda turli vaqtlarda rudalarning boyitiluvchanligi tadqiq etildi va boyitish texnologiyalari ishlab chiqildi.Bu masalalar bilan yetakchi ilmiy-tadqiqot insitutlari shug’ullandi. Ular yarimsanoat sinovlarini ham o’tkazishdi,bu sinovlar vaqtida Xondiza koni rudalarini boyitish texnologiyasi puxta ishlab chiqildi.Korxonaning qidiruv ishlari natijasida aniqlangan,umumiy zaxirasi 1.5 mln tonna rux,700 ming tonna qo’rg’oshin,180 ming tonna mis va 2.3 ming tonna kumushni tashkil etadi. Bugungi kunda Xondiza kon boshqarmasi tarkibiga Xondiza shaxtasi,boyitish fabrikasi,ta’mirlash-qurilish uchastkalari,moddiy-texnika bazasi kiradi.Bu yerda polimetall rudalar qazib chiqariladi va boyitiladi.Natijada ulardan mis,rux va qo’rg’oshin konsentratlari olinadi.Korxona 3 turdagi mahsulot:rux,qo’rg’oshin va mis konsentratlarini ishlab chiqaradi.Rux va mis konsentratlari keying qayta ishlash uchun OKMK rux va mis eritish zavodlariga jo’natiladi.2018-yildan boshlab qo’rg’oshin konsentrati Qozog’istonga eksport qilina boshlandi.2019-yilda 53 ming tonna,2020-yilda esa 24ming 600 tonna qo’rg’oshin konsentrati eksport qilindi.Bu yilda 48 ming tonna konsentrat eksport qilinishi ko’zda tutilgan. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling