Xondiza polimetall ruda koni


Download 39.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.07.2023
Hajmi39.66 Kb.
#1662274
Bog'liq
Xondiza polimetall ruda koni - Vikipediya



Xondiza polimetall
ruda koni
Xondiza polimetall ruda koni —
Surxondaryo viloyatidagi kon. Hisor
togʻlarining jan.gʻarbiy qismida, Denov
shahridan 90 km narida joylashgan.
Vulkanogen jinslardagi
kolchedanpolimetall sanoatgenetik tipga
mansub. Konda 1968—74 yillarda
mufassal razvedka ishlari olib borilgan.
Konni T. Sh. Shoyoqubov ochgan.
Xondiza polimetall ruda konir. k.


vulkanotektonik strukturada joylashgan
boʻlib, asosan, andezitdatsitriolit tarkibli
quyi karbon togʻ jinslaridan tuzilgan.
Intruziv togʻ jinslaridan granitporfir,
gabbrogranit, gabbrodiorit, diabazporfir,
adamelit va lamprofirlar mavjud. Kondagi
eng katga ruda toʻplami vize yarusining
zoy (C,t—V,) va vaxshivar (C,v2S) svita
yotqiziklarida (konglomerat, qumtosh,
alevrolit va riolitli tuflar) joylashgan.
Asosiy rudalashuv zonasi bir-biriga yaqin
joylashgan, 10– 20 m dan 120–150 m
gacha boʻlgan qatlamsimon va
linzasimon tanalardan iborat boʻlib, yalpi
brekchiyasimon hamda xolxolsimon
rudalar majmuasidan iborat. Polimetall
rudalar, asosan, galenit, sfalerit, xalkopirit


minerallaridan tashkil topgan. Oz
miqdorda pirit, kvars, seritsit, dolomit,
xlorid ham uchraydi. Rudada asosiy
elementlar (Zn, Pb, Si) dan tashqari,
sanoat ahamiyatiga ega Ai, Ag, Cd, Se, Fe
va boshqa bor. Xondiza polimetall ruda
konir.k.da qoʻrgʻoshin — 703,8 ming t
(rudadagi tarkibi 2,99%), rux — 1503,8
ming t (6,39%), mis 173,1 ming t (0,85%),
kumush — 2333,3 t (114,3%), oltin —
7064 kg (0,35 g/t), selen — 128 t
(0,00068%), kadmiy, indiy va
boshqalarning zaxiralari aniqlangan.
Xondiza polimetall ruda konir.k.ni
oʻzlashtirish 2005-yildan qoʻshma
korxona tashkil qilish yoʻli bilan amalga
oshirish moʻljallangan.


Bu sahifa oxirgi marta 21-Oktabr 2022, 05:21 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Xondiza_polimetall_ruda_ko
ni&oldid=3104449
" dan olindi

Download 39.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling