Oliy ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribalaridan O‗zbekistonda foydalanish imkoniyatlari
Xalqaro mehnat bozorida kadrlarga bo‘lgan talab mamlakat muassasalaridan jahon standartlariga javob beruvchi mutaxassis kadrlarni tarbiyalashni taqozo etadi. Buning uchun ta‘lim muassasalarida ta‘lim oluvchilarning bilim olishlari va ta‘lim beruvchilarning o‘z bilimlarini yanada oshirishlari hamda ilmiy izlanishlarni olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlarni ta‘minlash zarur hisoblanadi. Bu esa katta mablag‘ talab qiladi. Shu boisdan ham ta‘lim tizimini samarali moliyalashtirish manbalarini ishlab chiqish va amaliyotiga joriy qilish hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bu muammolarni hal etish mamlakat yuqori darajada samara beruvchi ta‘lim tizimini hamda uni moliyalashtirishning samarali usullarini yanada takomillashtirishni talab etadi. Bunda bizga ta‘lim tizimi rivojlangan mamlakatlar tajribasi ma‘lum darajada yordam berishi mumkin
Umuman olganda jahonning rivojlangan mamlakatlar ta‘limni moliyalashtirishning hajmi va usullari bir qancha omillarga bog‘liqdir. Ularning asosiylari 6-rasmda keltirilgan.
32 www.scopus.com ――Financing higher education in Europe: issue and challenges‖ Maria Lung, Ioan Moldavan
―Social and behavioral sciences‖ 2012.
rasm. Ayrim mamlakatlarda oliy ta`lim tizimida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan talabalalar soni.33
Ta‘lim tizimini moliyalashtirishnning milliy modeli shu omillarni inobatga olgan holda shakllantiriladi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ta‘limning uchta asosiy modelini ajratib ko‘rsatish mumkin. Buni quyidagi 7-rasmda ko‘rish mumkin. Osiyo ta‘lim modeli ta‘limni moliyalashtirishda davlatdan tashqari xususiy biznes ham alohida o‘ringa eta. Bu modelda ta‘limni moliyalashtirishda mahalliy manbalar milliy manbalarga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etadi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |