O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta
III BOB. OLIY TA‘LIM MUASSASALARINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Download 0.72 Mb.
|
oliy ta\'lim
III BOB. OLIY TA‘LIM MUASSASALARINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARIOliy ta‘lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish yo‘llariRespublikamizda ta‘limni rivojlantirish va moliyalashtirishning yangi, samarali shakllarni egallash mablag‘ bilan ta‘minlashning ilg‘or usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Bu sohada ilg‘or va rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda kengaytirishga ehtiyoj sezilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning muhim asoslaridan biri - ta‘lim tizimini takomillashtirish, uni islohotlaming ustivor yo‘nalishlardan biri, deb qarash tamoyiliga kiritilganligi bejiz emas. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ta‘limga sarflanayotgan mablagTarning eng ko‘p qismi davlat byudjetidan ajratiladi, shuningdek, mintaqaviy va mahalliy byudjetlar mablag‘lari, sanoat korxonalarining, ijtimoiy fondlaming jamg‘armalari, jismoniy shaxslaming shaxsiy mablag‘lari safarbar etiladi. Ta‘limni moliyalashtirish ham, boshqarish ham bir qancha omillarga bog‘liqdir, xususan, davlatning tuzilishi, milliy ta‘lim tizimi va uni boshqarish tizimi, tarixiy va madaniy an‘analar, xalqning mentaliteti shular jumlasidandir. Boshqaruvning nomarkazlashtirilgan tizimlariga ega bo‘lgan mamlakatlarda ta‘limni moliyalashtirish har xil sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi, ular mamlakatdagi ta‘lim sohasini boshqarish tipiga hamma vaqt ham javob bermaydi va aralash ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, boshlang‘ich tayyorgarlik kurslariga xarajatlar samaraliligining baholash ko‘rsatkichi kasb-hunarga o‘qitish yoki malaka oshirish kurslarining ana shunday ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Bunday tahlil natijalari mablag‘laming yuqoriroq samaraliligiga erishiladigan va kapital qo‘yilmalardan yuqoriroq daromad olinadigan dasturlar foydasiga qayta taqsimlash imkonini beradi. Hozirgi sharoitda iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal qilish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy omili - jami ishchi kuchining to‘liq safarbar etilishi va faolligi ta‘minlanishi zarur. Bunda millatning ma‘naviy va madaniy rivojini, intellektual salohiyatini yuksaltirish omili sifatida qaralayotgan ta‘limning ahamiyati beqiyos. Darhaqiqat, Yurtboshimiz ta‘kidlaganidek, ‘‘Maqsadlarimizga erishish, yangi demokratik jamiyatni qurish, islohotlarning taqdiri qanday intellektual kuchlarga egaligimizga, yoshlarimiz qanday madaniy va professional saviyaga erishganligiga, qanday ideallarga e‘tiqod qilishiga, ma‘naviy jihatdan qanchalik boyishiga bog‘liq. Shu bois aholining ma‘lumot olish imkoniyatini oshirish, milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirish asosiy vazifalarimizdan biridir‖ . Shuning uchun ―ta‘lim‖ - O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish deb e‘lon qilingan. Ta‘lim tizimi rivojlanishining hozirgi holatiga baho berishda mamlakatimiz statistikasida qo‘llanilayotgan ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. Bozor iqtisodiyoti davrida ta‘lim tizimining milliy iqtisodiyotga ta‘sirini uni yalpi ichki mahsulotni yaratishdagi hissasi asosida aniqlash maqsadga muvofiq. Ma‘lumki, yalpi ichki mahsulot xarajatlar yoki daromadlar usulida hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ta‘lim tizimining milliy iqtisodiyotga ta‘sirini (MT) quyidagi ifoda yordamida hisoblash mumkin: Tx Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling