О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta
Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, оperаtiv vа оrаliq xоtirа
Download 98.12 Kb.
|
Axatova U.
1.2. Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, оperаtiv vа оrаliq xоtirа.Xotiraning boshqa xususiyatlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi o’smirlarda aniq, ravshan ustunlik qilayotganligi uchrab turadi. Psi-xologiya fanida klassik (mumtoz) misolga aylanib qolgan ushbu holat-ni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir; bir musiqa ishqibozi mu-siqiy asarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomima tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Turmushda shunday odamlar uchray-diki, ular o‘zlarida harakat xotirasining borligini umuman payqa-maydilar. Mazkur xotira turining g‘oyat katta ahamiyati shundan ibo-ratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qator-da har xil amaliy mehnat malakalari tarkib topishining asosini tashkil qiladi. Agarda insonda harakat xotirasi bo‘lmaganda edi, u bironta harakatni amalga oshirish uchun o‘sha harakatning aynan o‘zini har galda «boshdan boshlar», o‘rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopishdagi xatti- harakatlar, badiiy gim-nastika bilan shug‘ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jis-moniy chaqqonlik, mehnatdagi mahorat, «oltin qo‘llar», ziyrak ko‘zlar, egiluvchanlik va qo‘zg‘atuvchanlikka ega bo‘lish yuksak, barqaror hara-kat xotirasi mavjudligining alomati bo‘lib hisoblanadi. His-tuyg‘u yoki hissiy xotira. Bu xotira his-tuyg‘ular, ruhiy ke-chinmalar, hissiyotlar bizning ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalar ning xususiyatiga nisbatan munosabatlarimiz qay tarzda amalga oshi- rilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shu-ning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi. Voqelikdagi narsa va hodisalardan o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalar-ni esda qoldirish, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xo-tira deb ataladi. Ular biz ruhiyatimizda kechirgan, ma’naviyatimizga ta’sir qiluvchi, xotiramizda saqlanib qolgan his- tuyg‘u, ehtiros, alam, armon kabilar jonlanishiga, harakatga undovchi yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarga ega bo‘lgan harakatlardan saklab turuvchi signal tarzi-da namoyon bo‘ladi. O‘zga kishilarning ruhiy holatiga hamdard (empa-tiya) bo‘lish, bevosita voqelik mohiyatiga oshnolik, kitob, san’at, kino, teatr qahramonlari bilan birgalikda qayg‘urish singari inson tuyg‘ulari hissiy yoki his-tuyg‘u xotirasiga asoslanadi. Hissiy xotira o‘zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dina-mikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har qaysi odamga o‘z turmush tajribasidan ma’lumki, ko‘pincha qachonlardir o‘qigan kitoblardan, tomosha qil-gan kinofilmlardan, spektakllardan faqat «taassurotlar» bog‘la-nishlari zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun hissiy (xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o‘xshashligi iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush ke-chinmalar to‘lqinini barpo etish ehtimoli to‘g‘risida mulohaza yuri- tilayotganligi ayon bo‘lsa kerak) alomati ostida ijtimoiy, guruhiy, jamoaviy barqaror yoki beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi. Om-maviy kayfiyat (shodlik, g‘am- g‘ussa, bezovtalanish kabilar) xuddi shu tarzdagi ehtiros, affekt, stress, shijoat singari kechinmalarni kel-tirib chiqaradi hamda ularni xotirada saqlanishga yordam beradi, zaruriyat tug‘ilganda jonlanishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Obrazli xotira. Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzara-lari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar, shakllar bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb, yaqqol maz-munni, binobarin narsa va hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustah-kamlash hamda zaruriyat tug‘ilganda esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir nechta turlari ajra-tib ko‘rsatiladi, biz ularning ayrimlariga tavsif beramiz. Izchil obrazlar. Sensor xotiraning eng sodda ko‘rinishi yoki shakli izchil obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan tuzilgandir: agar subyekt (shaxs)ga bir necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa, jumladan, 10—15 sek. yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so‘ng tekshiriluvchi oldidan kvadrat olib qo‘yilsa, u qizil kvadrat o‘rnida xuddi shunday geomet-rik shakl izini ko‘rishda davom etadi, asosan, bu shakl ko‘k-yashil rangda tovlanadi. Mazkur iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo bo‘lib, 15 sekunddan to 45—60 sekundgacha o‘sha obyektda sakdanib turadi, shundan so‘ng u asta-sekin oqara boshlaydi; natija-da o‘zining aniq konturini yo‘qotadi, keyinchalik mutlaqo yo‘qolib ketadi, goho butunlay yo‘qolish uchun qaytadan paydo bo‘lishi mum-kin. Odamlarning individual-tipologik xususiyatlariga qarab, iz-chil obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. O‘zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatdan izchil obrazlar sal-biy va ijobiy turlarga bo‘linadi. Agar izchil ravishda odam qizil rangga qarab turib, so‘ngra nigohini oq qog‘ozga ko‘chirsa, u holda obyektda ko‘k-yashil rang paydo bo‘lganday tuyuladi. Izchil obrazlar-ning ushbu turi salbiy izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo‘ladi. Qorong‘i xonada ko‘z oldida bir narsa, masalan, qo‘l yaqinlashtirilsa, so‘ngra qisqa muddatli (0, 5 sek) elektr chirog‘i yoqilsa, bu holda chiroq o‘chgandan keyin odam bir necha daqiqa davo-mida narsalarning aniq obrazlarini ko‘rishda davom etadi. Mazkur obraz o‘z rangida bir qancha muddat saqlanib, so‘ng ko‘zdan yo‘qoladi. Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo‘la oladi. Ushba ruhiy holatni ong bilan boshqarib bo‘lmaydi, chunonchi, xohishlarga qarab uzaytirish, ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mum-kin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihati bilan farq qiladi. Izchil obrazlarni eshitish, teri orqali sezishda kuzatish mum-kin, lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo‘lishi va qisqa muddat davom etishi kuzatiladi. Umumiy psixologiyada izchil obrazlardan eyde-tik obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan («eydos» — yunoncha «obraz» degan ma’noni anglatadi). Xotiraning bu turi, ya’ni eyde-tik obrazlar o‘z vaqtida nemis psixologiya maktabining namoyandala-ri aka-uka Yyenishlar tomonidan ta’riflab berilgan. Ba’zi odam-larda, ayniqsa, bolalik va o‘smirlik, o‘spirinlik davrlarida kuza-tilgan narsa yoki suratlar ko‘z o‘ngidan olib qo‘yilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega. Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarini ku-zatish mumkin. Bu hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tek-shirilib ko‘rilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 daqiqa davomida rasm ko‘rsatilgan va tasvir olib qo‘yilgandan so‘ng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonda ayrim tekshiriluvchilar bironta savolga javob bera olma-gan bo‘lsalar, aniq eydetik obrazga ega bo‘lgan ishtirokchilar esa rasm-ni ko‘rishda davom etayotganday har bir savolga aniq javob berishga erishganlar. Tajribalarning ko‘rsatishiga qaraganda, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning izlari yo‘qo-lib ketgan bo‘lsa ham, lekin hech qanday qiyinchiliksiz uning siy-mosi qayta tiklanishi mumkin. Sobiq sho‘ro psixologiyasi fanida eydetik obrazlarning namoyon bo‘lishi hodisasi (yorqin eydetik xotiraga ega bo‘lgan kishining psi-xologik xususiyatlari) A. R. Luriya tomonidan ko‘p yillar davomida o‘rganilgan. Eydetik xotiraning individual-tipologik xususiyatla-ri chuqur ta’riflab berilgan. Eydetik obrazlar harakatchanlik xusu-siyatiga ega bo‘lib, subyektning oldiga qo‘yilgan vazifa va uning tasavvurlari ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin. Aka-uka Yyenishlar tomonidan o‘tkazilgan oddiy tajribada eyde-tik xotiraga ega bo‘lgan tekshiruvchiga olma va undan sal uzokroqda joylashgan ilgak tasvirlangan rasm ko‘rsatilgan. Rasm o‘rtadan bo‘lib qo‘yilgandan keyin tekshiruvchidan olmani olish istagi kuchayib borayotganligi so‘ralgan. Muayyan yo‘l-yo‘riq berilgandan keyin tekshi-riluvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi: ilgak olmaga yaqin-lashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi. Xullas, eydetik obraz harakatchan bo‘lib, subyektning ruhiy ko‘rsat-masi ta’siri ostida sifat va mikdor o‘zgarishga yuz tutadi. Eydetik obrazlar, ilmiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, bolalik va o‘spi rinlik davrlarida muayyan muddat hukm suradi va vaqtning o‘tishi bilan uning izlari asta-sekin so‘na boradi. Download 98.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling