О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta


II. Bob. О’smirlarda xotiraning xilma xlliklari: Оbrаzli xоtirа. Eydetik xоtirа. Emоtsiоnаl xоtirа. So’z-mаntiq xоtirаsi. Kоgnitiv vа shаxslilik xоtirаsi


Download 98.12 Kb.
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi98.12 Kb.
#1598276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Axatova U.

II. Bob. О’smirlarda xotiraning xilma xlliklari: Оbrаzli xоtirа. Eydetik xоtirа. Emоtsiоnаl xоtirа. So’z-mаntiq xоtirаsi. Kоgnitiv vа shаxslilik xоtirаsi.


Psixofarmokologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, eydetik ob-razlarni kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek, uni kuchsiz-lantiruvchi kalsiy ionlari moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlarda olingan miqdoriy materiallar eydetik obrazlar paydo bo‘lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi. Tasavvur obrazlari. Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murak-kabroqturi bo‘lib hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul to‘g‘risida tasavvurga ega ekanligi shuni ko‘rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari subyekt-ning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushuncha-lar talqin qilinganida tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik tah-lil shuni ko‘rsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farqtasavvur obrazlari-ning polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko‘rish, eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva to‘g‘risidagi tasavvur ob-razi uning tashqi ko‘rinishi (shakli, rangi), mazasi, og‘irligi, vaz-nini o‘zaro birlashtirib aks ettiradi. Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shun-dan iboratki, u o‘z tarkibiga narsa haqidagi tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni kiritadi va jismlarning asosiy xususiyatlarini ajratib, ma’lum bir kategoriyaga birlashtiradi. Inson gul obrazini faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir so‘z yoki tushuncha bilan ataydi, xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi. Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsaning izini sust ravishda saqlabgina qolmay, balki bir qator tasavvurlar bilan boyitadi, narsa mazmuni va mohiyatini tahlil qilib, u haqidagi o‘z bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan
bog‘lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bu-larning barchasi irodaviy sifatlar, aqliy zo‘riqish, asabiy taranglashuv natijasida ro‘yobga chiqadi. Xullas, tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyat mahsu-li hisoblanib, ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan murak-kab psixologik hodisadir. Tasavvur obrazlari xotira izlarining murakkab turi bo‘lib, uning aqliy jarayon bilan yaqinligi inson bilish faoliyatining muhim tarkibiy qismidan biri ekanligidan dalolat beradi.

    1. Download 98.12 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling