Nervdan ta'sirotning o‟tish tezligi. Bundan 100 yildan ko’proq ilgari ta'sirot
nervdan juda tez o’tadi va bu tezlik yorug’likning tarqalish tezligiga baravar
bo’ladi, deb xisoblanar edi. Mashhur nemis fiziologi Gelmgols maxsus asbob-
galvanometr yordamida nervdan ta'sirot o’tish tezligini aniqlashga muvaffaq bo’ldi
va bu tezlik uncha katta emasligini, masalan, baqaning harakatlantiruvchi nervi
uchun sekundiga 27 m ga tengligini isbotladi. Issiq qonli hayvonlarning afferent
tolalari ta'sirotni tezroq o’tkazadi. Jumladan, mielinli nervlarning afferent tolalari
bo’ylab ta'sirot 160 m/sek. tezlik bilan tarqaladi. Mielinsiz nervlar mielinli
nervlarga qaraganda ta'sirotni 100 baravar sekinroq o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |