Nervda moddalar almashinuvi. Nerv tolalarida moddalar almashinuvi ancha
sust o’tadi va juda kam issiqlik hosil bo’ladi. So’nggi yillarda o’tkazilgan
tekshirishlar natijasida nervlarning to’xtovsiz kislorod iste'mol qilib karbonat
angidrid chiqarib turishi isbotlandi. Nerv qo’zg’alganda kislorodni iste'mol qilishi
va karbonat angidrid chiqarishi ko’payadi, shu sababli bu vaqtda issiqlik hosil
bo’lishi ham bir oz ko’payadi. Bitta impuls nerv bo’ylab 1 sm harakat qilganda
nervdan 10-12 kaloriya issiqlik ajralib chiqadi. Lekin nervning faoliyati natijasida
ajraladigan issiqlik muskulnikidan 100 000 baravar kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |