O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
16.4. Aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan
pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning bir turi sifatida moddiy va mulkiy zarar, shuningdek, boy berilgan foyda haqida gap ketsa (masalan, ishonchni suiiste’mol qilish yoki aldash orqali mulkiy zarar yetkazish) chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning belgilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 1) jinoyat natijasida talon-taroj qilingan mulkka o‘xshash mulkni qonuniy egasiga natura tarzida qaytarib berish, yoxud uni tergov organiga ixtiyoriy tarzda qaytarish; 2) jinoyat tufayli ko‘rilgan zararni pul ko‘rinishida qaytarish; 3) jabrlanuvchi jinoyati tufayli zarar yetgan mulkni o‘z kuchi bilan yoki mehnati bilan asl holiga keltirishi (masalan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan transport hodisasi tufayli zarar ko‘rgan avtomobilni ta’mirlash).
Ayblanuvchi ehtiyotsizlikdan jabrlanuvchining sog‘lig‘iga shikast yetkazib, uning davolanishi, oziq-ovqati, unga qarash uchun ketgan xarajatlarni, sanatoriyga yo‘llanma xarajatlarini qoplasa, shuningdek, jabrlanuvchining oila a’zolariga moddiy yordam bergan holda ham chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning belgilari mavjud bo‘ladi. Bunday holatda moddiy zararning, shuningdek, jismoniy va ma’naviy zararning qoplanganligi hisobga olinadi. Aybini bo‘yniga olish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishning shakli sifatida, shaxsning hech qanday majburlashsiz, o‘z xohishi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga (ichki ishlar, boshqa surishtiruv organlari, tergovchi, prokuror va sud)ga og‘zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishidir. Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, aybdorning o‘z aybiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi jinoyat ishini qo‘zg‘atishga xizmat qiladi. Bu surishtiruv va tergov organlariga ma’lum bo‘lmagan jinoyatlarga taalluqlidir. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishda surishtiruv va tergov organlariga jinoyat sodir etgan shaxs ma’lum bo‘lmagan yoki jinoyat ochilmagan bo‘lishi lozim. Agar shaxs qidiruvda bo‘lsa yoki tergov va suddan yashirinib yurgan bo‘lsa, bu uni chin ko‘ngildan o‘z qilmishiga pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga xizmat qilmaydi. Jinoyatni ochishga faol yordam berish, pushaymon bo‘lishning bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda shaxsning o‘z aybiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi va sodir etilgan jinoyatlarning barcha jihatlari va holatlarini belgilab olishga huquq tartibot organlariga ko‘rsatilgan yordami tushuniladi. Bu aybdorning tergov va sudda to‘g‘ri ko‘rsatmalar berishi, tergov harakatlarida faol ishtirok etishida, ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulk va boshqa ashyolarning yashirib qo‘yilgan joy to‘g‘risida xabar berishida va boshqalarda ifodalanadi. Demak, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish tufayli jazodan ozod qilish uchun quyidagi asoslar bo‘lishi lozim: a) shaxsning birinchi marta jinoyat sodir etganligi; b) sodir etilgan jinoyat ijtimoiy xavfi katta yoki uncha og‘ir bo‘lmasligi; d) aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling