O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
«Jinoyat huquqi» fanining boshqa huquqiy fanlar (ma’muriy huquq, jinoyat protsessi, kriminologiya)
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
- Bu sahifa navigatsiya:
- . JINOYAТ QONUNI
1.4. «Jinoyat huquqi» fanining boshqa huquqiy fanlar (ma’muriy huquq, jinoyat protsessi, kriminologiya)
bilan bog‘liqligi. Jinoyat huquqining «Umumiy» va «Maxsus» qismlari
Jinoyat huquqi boshqa huquq sohalaridan o‘zining predmeti, vazifalari va tartibga solish uslublari bilan farq qiladi. Jinoyat huquqining boshqa huquq sohalari — kriminologiya, jinoyat ijroiya huquqi, kriminalistika, jinoyat protsessi, ma’muriy huquq va shu kabi huquq sohalaridan farqli va o‘xshash tomonlari mavjud. Kriminologiya jinoyatchilik, uning sabablari, jinoyatchi shaxsi va jinoyatlarning oldini olishni o‘rganadi. Jinoyat huquqining predmeti jinoyat qonunchiligi hisoblansa, kriminologiyada jinoyatchilik, uning sabablari, vujudga kelish shart-sharoitlari, o‘sish darajasi, jinoyatchining shaxsi va jinoyatlarning oldini olish choralari o‘rganiladi. Kriminologiyada ham jinoyat huquqi singari jinoyat qonunchiligi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi, lekin bunday vaziyatda kriminologiyaning metodi sotsiologik xususiyatga ega bo‘ladi. Kriminologiyaning jinoyat huquqi bilan bog‘liqligi shundaki, latent jinoyatchilik, jinoyatchilikning tarkibiy ko‘rsatkichlari hisoblangan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, retsidiv guruh tomonidan sodir etilgan, zo‘ravonlik bilan sodir etilgan, shuningdek, g‘ayriqonuniy muomala vositalarining qurol-yarog‘ va giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar darajasi haqidagi kriminologik ma’lumotlar jinoyat qonunchiligi, uning tartibga solish mexanizmi ishlash darajasini taqqoslash uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, jinoyatchining shaxsi haqidagi mavjud kriminologik ma’lumotlar, ya’ni ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-psixologik belgilar — jinoiy javobgarlik va jazo tayinlash uchun asos sifatida jinoyat huquqining «jinoyatchining shaxsi», deb nomlangan toifasini to‘ldiruvchi ishonchli statistik ma’lumotlar bo‘lib xizmat qiladi. Jinoyat-ijroiya huquqi – sud hukmlari bo‘yicha jazoni ijro etish tartibini belgilaydi va bu borada vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. «Jinoyat-ijroiya huquqi» fani jinoiy jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini ijro etish jarayonida jazoning maqsadi, uni amalga oshirish va jazoni qo‘llash natijalarini o‘rganadi. Jinoyat-ijroiya huquqi jazo, kriminal retsidivi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar kabi masalalar bo‘yicha jinoyat huquqi bilan bevosita bog‘liqdir.
«Jinoyat huquqi» fani kriminalistika bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, jinoyat huquqi boshqa fanlar, sud psixiatriyasi, sud tibbiyoti, sud psixologiyasi kabilardan foydalanib, qilmish va jinoyatchining ijtimoiy xavflilik darajasini belgilash, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchi shaxsiga baho berish hamda jinoyat tarkibining barcha elementlarini aniqlashda kriminalistikaga tayanadi. Jinoyat protsessi va jinoyat huquqi o‘zaro bog‘liq fanlar bo‘lib, ular birgalikda yurisprudensiyada «moddiy va protsessual jinoyat huquqi», deb ataladi. Jinoyat huquqi jinoyat huquqiy munosabatlarning moddiy asosini belgilab bersa, jinoyat protsessi jinoyat-huquqiy munosabatlarning protsessual tartibini asoslab beradi. Jinoyat huquqi – jinoiy qilmishlar doirasi, javobgarlik asoslari va prinsiрlari, jazo tayinlash, jazo turlari va chegaralarini, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar haqidagi moddiy normalarni belgilab bersa, jinoyat protsessi jinoyat ishlarini yuritish, jinoyatlarni ochish, jinoyat ishlarini ko‘rib chiqib hal qilish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini belgilovchi protsessual normalar majmuyini ifodalaydi. Ma’muriy huquq – ma’muriy huquqbuzarlik, ma’muriy javobgarlikka tortish asoslari va tartibi, ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilab beruvchi hamda o‘rganuvchi fandir. Ma’muriy huquq – ma’muriy huquqbuzarlik bilan jinoyatlar o‘rtasidagi chegarani belgilash, ma’muriy va jinoiy jazo sanksiyalari, jinoiy qilmishning ma’muriy huquqbuzarlikka aylanishi va aksincha, ma’muriy huquqbuzarlikning kriminalizatsiya qilish bo‘yicha jinoyat huquqi bilan bog‘liq. Jinoyat qonunchiligidan kelib chiqib, «Jinoyat huquqi» fani ikki qismdan iboratdir: 1. «Umumiy» qism 2. «Maxsus» qism. «Umumiy» qism jinoyat huquqining umumiy qoidalari va tushunchalarini o‘z ichiga olib, unda jinoyat huquqi tushunchasi, o‘rganish predmeti va metodlari, vazifalari, prinsiрlari, jinoyat va jinoyatchilik tushunchalari, jinoyat tarkibi, jinoiy javobgarlik tushunchasi va asoslari, jazo tayinlash, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar kabi masalalar o‘rganiladi. Jinoyat huquqining «Maxsus» qismida esa, har bir aniq jinoyat, uning tarkibi, ushbu jinoyat uchun javobgarlik hajmi, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar, jazo tayinlash kabi masalalar o‘rganiladi. 1. «Jinoyat huquqi» fani qanday fan? 2. Jinoyat huquqining predmetini bayon eting. 3. Jinoyat huquqining vazifalari nimalardan iborat? 4. Jinoyat huquqining qanday funksiyalari mavjud va uning tartibga solish usullari nimalardan iborat? 5. Jinoyat huquqining manbalarini izohlang. 6. Jinoyat huquqining prinsiрlari deganda nimani tushunasiz? 7. Jinoyat huquqida qanday konstitutsiyaviy prinsiрlar mujassamlangan? 8. Ayb uchun javobgarlik prinsiрini qanday tushunasiz? 9. Odillik prinsiрini qanday tushunasiz? 10. «Jinoyat huquqi» fanining ma’muriy va fuqarolik fanlari bilan bog‘liqligi va farqi nimalarda ifodalanadi?
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling