O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat qonuni tushunchasi va ahamiyati


Download 1.35 Mb.
bet14/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

2.1. Jinoyat qonuni tushunchasi va ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni davlat hokimiyati oliy organining jinoiy javobgarlikning umumiy asoslarini belgilovchi, alohida turdagi jinoyatlar va ularni sodir qilgan shaxslarga qo‘llaniladigan jazolarni ko‘zda tutuvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan huquqiy aktdir.

Umumiy huquq tizimida jinoyat qonuni alohida o‘rin egallaydi. U ijtimoiy munosabatlarni tartibga solibgina qolmasdan, balki ularni huquqqa xilof tajovuzlardan himoya qiladi ham.



O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni – jinoyat huquqining prinsiрlari va umumiy qoidalarini, jinoyat qonun vazifalarini, jinoyat va uning belgilarini, jazoning maqsadi va turlarini jazo tayinlash hamda jazodan ozod qilish asoslarini belgilaydi.

Jinoyat qonun mazmuniy jihatdan biron harakat (masalan, firibgarlik) qilishni man etadi yoki biron-bir harakat qilishga (masalan, xizmat vazifalarini bajarishga) majbur qiladi. Shu bilan birga, qonun tegishli davlat hokimiyati organi va mansabdor shaxsga jinoyat qonuni man etgan ijtimoiy xavfli harakatni sodir qilgan yoki qonun talabini bajarmagan shaxsni aniqlash va javobgarlikka tortish masalasini qo‘yadi. Jinoyat qonuni jamiyatimizda mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni turli jinoiy qilmishlardan himoya qiladi

Qonunlarga, shu jumladan, jinoyat qonuniga amal qilish, ularni og‘ishmay bajarish, fuqarolik huquqiy davlatni qurishda har bir fuqaroning burchidir. Qonun talablaridan ozgina bo‘lsa-da, chetlashish qonunchiligimizning buzilishiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini davlat va jamiyat manfaatlarini buzilishiga olib keladi.

Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari barcha qonunlar uchun huquqiy asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining prinsiрlari, umumiy qoidalari va moddalari asosida tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanligi va inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 53-moddasida esa, xususiy mulkning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan, shuningdek, ba’zi og‘ir jinoyatlarga qarshi kurash nazarda tutilgan yoki jinoyat-huquqiy muhofazaga muhtoj muayyan ijtimoiy munosabatlar jamiyat uchun alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan va muhim shartlarni o‘zida aks ettirgan yana boshqa normalar ularni jinoyat qonuniga kiritish uchun bevosita huquqiy asos hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga asoslanadi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan priinsiрlari davlatning ichki qonunchiligiga nisbatan ustun ekanligi tan olingan.

Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari Jinoyat kodeksining aksariyat bo‘limlari, boblari va muayyan moddalarda bevosita o‘z ifodasini topgan. Chunonchi, kodeksning «Maxsus» qismi ham butun dunyoda e’tirof etilgan qadriyatlar tizimini inobatga olgan holda tuzilgan. Masalan, «Тinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar» deb nomlangan VIII bobda urushni targ‘ib qilish (150-modda), agressiya (151-modda), genotsid (153-mod­­da), yollanish (154-modda) kabi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu esa, Jinoyat kodeksiga hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy prinsiрlari kiritilganligidan dalolat beradi.

Qonun chiqaruvchi organ, ya’ni Oliy Majlisning rasmiy hujjati hisoblanuvchi Jinoyat kodeksiga huquqning mazkur sohasidagi yagona manba maqomini berish, barcha huquqiy normalarni bir qonunda jamlash, ularni tizimlilik prinsiрidan kelib chiqqan holda muayyan ketma-ketlikda joylashtirish, barcha qonunlar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish, huquqni qo‘llovchilarning qonunlardan foydalanishlari uchun barcha qulayliklar yaratish imkonini beradi.

Jinoyat qonuni ushbu huquq sohasining yagona manbayi hisoblanadi. Boshqa hech bir me’yoriy hujjat, sud pretsidenti, sud qarori, urf-odatlar uning manbayi bo‘la olmaydi.

Jinoyat qonuni tarixan o‘zgaruvchan hujjat hisoblanadi, chunki ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanib, o‘zgarib borishi jarayonida jinoyat qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida bu hujjatning tarixan o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksining vazifalari – birinchidan, shaxsni uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza etishdan; ikkinchidan, jinoyatlarning oldini olishdan; uchinchidan, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan iborat.

Jinoyat qonunining asosiy vazifasi shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishdir. Zero, ushbu qonun bilan himoyalanadigan ijtimoiy munosabatlar har qanday demokratik davlatning negizini tashkil etadi. Mazkur vazifa, ya’ni maxsus ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirish muhofaza munosabatlari vositasida amalga oshirilib, bunday munosabatlar taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtdanoq paydo bo‘ladi.

Jinoyat qonunining bu vazifalarni amalga oshirishi uchun unda javobgarlik asoslari va prinsiрlari mustahkamlangan va qaysi ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligi belgilangan.

Jinoyat qonuni jazolash tahdidi asosida jinoyat hisoblanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etilishini taqiqlaydi. Shu bilan bir qatorda, jinoyat qonuni ham taqiqlovchi, ham majburiy hisob­lanadi.

Jinoyat huquqi normalari:


1) ogohlantirish funksiyasi;

2) tarbiyalash funksiyasini bajaradi.


Ogohlantirish funksiyasi jinoyat huquqi normasida belgilab qo‘yilgan sanksiya orqali sodir etilgan qilmish uchun jazo qo‘llash orqali jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan shaxslarni ogohlantiradi.

Jinoyat qonuni shaxslarni qonun talablarini so‘zsiz ravishda bajarish ruhida tarbiyalash, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga yo‘naltirilgandir.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinoyat qonunining asosiy belgilarini ko‘rsatish mumkin. Jumladan:
1. Jinoyat qonuni, bu – O‘zbekiston Respublikasi Konstitut­siyasi va xalqaro huquq normalari va prinsiрlariga asoslangan Oliy qonun chiqaruvchi organning normativ me’yoriy hujjati;

2. Jinoyat qonunining asosiy belgisi uning shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, tabiiy muhitni, mulkni, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishida ifodalanadi;

3. Huquqiy davlatda jinoyat qonuni hokimiyat tomonidan amalga oshirilib, jamiyatni sog‘lomlashtirishga qaratiladi;

4. Jinoyat qonuni jinoyat huquqining yagona manbayi bo‘lib, jinoyat huquqi normalari faqat jinoyat qonunida aks ettiriladi va faqat jinoyat qonunigina qilmishning jinoiyligini hamda jazoga sazovorligini belgilaydi;

5. Jinoyat qonuni javobgarlikning asosiy prisiрlarini o‘zida mujassamlashtiradi;

6. Jinoyat qonunining ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat ekanligini, ushbu qilmishga nisbatan tayinlaydigan jazo chorasini yoki alohida hollarda ularni jazodan ozod qilish shartlarini belgilaydi;

7. Jinoyat qonuni hayotning ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy va mafkuraviy holatiga bog‘liq, bu sharoitning o‘zgarishi bilan jinoyat qonuni yoki uning alohida normasi qonun chiqaruvchi tomonidan o‘zgartiriladi;

8. Jinoyat qonuni ogohlantirish va fuqarolarni qonunga rioya qilish ruhida tarbiyalash funksiyasini bajaradi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling