O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi


Download 1.35 Mb.
bet17/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

2.4. Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi

Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi hududiylik fuqarolik, universal va aniqlik prinsiрlariga asoslanadi.

Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi haqidagi masala muhim siyosiy ahamiyatga egadir, chunki bu masala davlatimizning mustaqilligi va suveren huquqi bilan bevosita bog‘liqdir.

Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi Jinoyat kodek­sining 11–12-moddalarida berilgan. Jinoyat kodeksining 11-mod­dasida O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladigan qoidalar belgilab berilgan. Unga muvofiq qilmish:


1. O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa;

2. O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston Respublikasi hududida yuz bergan bo‘lsa;

3. O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududidan tashqarida yuz bergan bo‘lsa;

4. Bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa, O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat, deb topiladi.


O‘zbekiston bayrog‘i ostida yoki O‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan dengiz yoki havo kemasi O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu kodeksga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Jinoyat kodeksi 11-moddasiga binoan jinoyatga tayyorgarlik yoki suiqasd qilish chet elda amalga oshirilib, O‘zbekiston hududida tugatilsa yoki jinoiy oqibat ro‘y bersa, jinoyat respublika hududida sodir etilgan, deb hisoblanadi. Ushbu moddadagi qoidalarga ko‘ra, agar jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, dalolat qilish, yordamchilik chet el davlatlarida sodir etilsa-yu, bajaruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qilgan bo‘lsa, yoki aksincha, ishtirokchilik O‘zbekiston hududida ro‘y berib, bajaruvchi chet elda harakat qilgan bo‘lsa, jinoyat O‘zbekiston hududida sodir etilgan hisoblanadi.

Agar qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi sudlariga tegishli bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi.

Jinoyat kodeksining 11-moddasida ifodalangan hududiylik prinsiрi shuni anglatadiki, bu prinsiр davlat hokimiyatining suverenitetidan kelib chiqadi va uning huquqda, xususan, jinoyat huquqida ifodalanishi hisoblanadi. Davlat suvereniteti va hududiylik prinsiрi davlat hokimiyatining muayyan hudud doirasida chegaralanganligi va uning qonunlari ushbu hududdagina amal qilishini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan har bir shaxs uning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ekanligidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortiladi. Yer kurasining muayyan bir qismida O‘zbekiston mustaqil hududga ega ekanligi uning suveren davlat bo‘lishini ta’minlaydi. Davlatning hududi deganda, O‘zbekiston suvereniteti ostida bo‘lgan hudud tushuniladi. Bu hudud quruqlik, suv va havo yo‘llari chegarasi bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga diрlomatik va konsulliklar joylashgan chet davlatdagi hududlar ham kiradi. Ular joylashgan hudud xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga ko‘ra eksterritorial, ya’ni ularda jinoyat sodir etilsa, mahalliy qonunga emas, balki ular qaysi davlat fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlatning milliy qonunchiligiga asosan javobgarlik masalasi hal qilinadi. Shuning uchun diрlomatik vakolatxonalar va konsullik muassasa­larida sodir etilgan jinoyatlar O‘zbekiston Respublikasi qonun­chiligi bilan javobgarlikka tortiladi. Respublikada boshqa davlatlarning vakolatxonalari hududida sodir etilgan jinoyatlar ham shunday hal qilinadi. Vakolatxona hududi sifatida, nafaqat, vakolatxona binolari, shuningdek, bu bino joylashgan yer uchastkasi, ushbu davlat hududi yurisdiksiyasida imunitetga ega bo‘lgan vakolatxona boshliqlari, xizmatchilari tomonidan egallangan yashash joylari, ularning mashinalari ham hisoblanadi.

Agar jinoyat vakolatxona hududi yoki uning xizmatchilariga qarshi O‘zbekiston hududida turib sodir etilsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan, boshqa hollarda esa, boshqa davlat hududida sodir etilgan hisoblanadi.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling