O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat qonunini sharhlash


Download 1.35 Mb.
bet20/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

2.6. Jinoyat qonunini sharhlash
Huquq normlarini sharhlash – bu tafakkur jarayoni bo‘lib, u kodeksdagi atamalar va ifodalarning ma’nosini ochib berish asosida jinoyatlar huquqiy normalarni tushuntirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonuni 31-moddasiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan yoki u amaliyotda noto‘g‘ri va mantiqqa zid tarzda qo‘llanilgan hollarda amalga oshiriladi. Sharhlash jarayonida normativ huquqiy hujjatlarga tuzatishlar, qo‘shimchalar va aniqlashtiruvchi normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunlarga Konstitutsiyaviy sud, qonun osti hujjatlariga esa, ularni qabul qilgan organlar rasmiy sharh beradi.

Qonunni sharhlashning maqsadi qonun talabidan kelib chiqqan holda uni aniq tushuntirishdan iboratdir. Jinoyat qonunini sharhlash subyekti, sharhlash usuli va sharhlash hajmiga ko‘ra qator guruhlarga bo‘linadi.



Kodeks sharhlovchi subyektiga ko‘ra: legal sharhlash, sud tomonidan sharhlash, ilmiy (doktrinal) sharhlash turlariga bo‘linadi.

Legal sharhlash qonunda bunday vakolat berilgan davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Bu sharhlash rasmiy bo‘lib, majburiy ahamiyatga egadir. Bu sharhlash autentik sharhlash, deb ham yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi shunday vakolatga ega bo‘lgan organdir. Qonunni sharhlashning bu turi qonuniy kuchga ega bo‘ladi. Bunday sharhlash yangi qonunni vujudga keltirmaydi, balki amaldagi qonunlarni tushuntiradi.

Sud tomonidan yoki kazual sharhlash sud tomonidan aniq bir jinoiy ishni ko‘rishda amalga oshiriladi va shu ish uchun majburiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Sud tomonidan qonunni sharhlashga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi qarorlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Oliy sud plenumi sudlov amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish natijasida, shuningdek, sud idoralari, prokuratura va boshqa qonunni qo‘llaydigan idoralarning so‘rovlariga javob sifatida ham u yoki bu qonuni tushunish va tatbiq etishning to‘g‘riligiga oid tushuntirishlar berishga haqlidir. Bu ko‘rsatmalar ularni qo‘l­lovchi organlar uchun majburiy hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining «Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida», «Kontrabanda va bojxona qoidalarini buzish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida»gi qarorlari ham sud sharhi hisoblanadi. Bu sharhlash normativ sharhlash, deb ham yuritiladi.

Ilmiy yoki doktrinal sharhlash ilmiy muassasalar, huquqshunos olimlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari tomonidan qonunga berilgan sharhlardir. Ushbu sharhlash turini biz ilmiy maqolalarda, monografiyalarda uchratishimiz mumkin. Doktrinal sharhlash majburiy bo‘lmasa-da, lekin jinoyat qonunini to‘g‘ri tushunish va to‘g‘ri qo‘llashda muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga u qonunchilikni takomillashtirish, fanning taraq­qiyotiga xizmat qiladi.

1. Jinoyat qonuni va uning belgilari nimalardan iborat?

2. Jinoyat qonuni kim yoki qaysi davlat organi tomonidan qabul qilinadi?

3. Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi normalari bilan «Maxsus» qismi normalari farqi nimada?

4. Dispozitsiya nima? Ularning turlarini bayon eting.

5. Sanksiya nima? Ularning turlarini izohlang.

6. Jinoyat qonunining amal qilish doirasi deganda, nimani tushunasiz?

7. Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi qanday prinsiрlarga asoslanadi va bunday prinsiрlarning belgilanishidan maqsad nima?

8. Jinoyat qonunlarining vaqt bo‘yicha amal qilish tartibi qanday?

9. Jinoyat qonuni qaysi hollarda orqaga qaytish kuchiga ega? Ularning har biriga alohida to‘xtalib o‘ting.

10. Jinoyat qonunlarini sharhlash deb, nimaga aytiladi va sharhlashning qanday turlaridan ko‘proq foydalaniladi?
3-bob. JINOYAТ ТUSHUNCHASI


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling